MAQSADIMIZ – XALQIMIZGA XIZMAT QILIŞ
Yaqin ötmişda qoloq va agrar respublika bölgan, iqtisodiyotining asosini faqat paxta xomaşyosini yetiştiriş va qayta işlaş korxonalari taşkil etgan Özbekistonimizda istiqlol yillarida barça sohalarda ulkan yuksalişlarga erişildi. Umuman yangi soha – kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yöl oçilib, ayni kunda işlab çiqarilayotgan yalpi içki mahsulotning 60 foizdan ziyodi şu tarmoq hissasiga töğri kelayapti. Mamlakatimizdagi jami iş bilan band aholining 80 foizga yaqini aynan şu sohada mehnat qilişmoqda. Tadbirkorlar jamiyatimizning tayançiga, suyançiga aylanişmoqda. Xotin-qizlarga doimiy eʼtibor berilib, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşirişga, öz iqtidorlarini töla röyobga çiqarişlariga şart-şaroitlar yaratildi.
Şu boisdan men ham 2004-yilda tumanimiz aholisiga transport xizmati körsatuvçi "Gözaloy Mahmud qizi” masʼuliyati çeklangan jamiyatini tuzib, faoliyatimni boşlagan edim. Imtiyozli kreditlar evaziga yölovçi taşişga möljallangan avtobuslar sotib oldik va belgilangan yönalişlar böyiça xizmat körsata boşladik.
Davr bilan hamnafas bölib, öz korxonamda xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş, mijozlar uçun yaxşi şaroitlar yaratiş maqsadida 2010 yilda Manğit şahrining buyum bozori yonida yangi, zamonaviy uslubda xususiy avtoşohbekat qurdik.
Şuningdek, avtoşohbekat yonida yölovçilar uçun kutiş joyi, avtomaşinalarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasi hamda salqin içimliklar bilan savdo qiluvçi dökon ham xalqimizga xizmat körsatmoqda.
Ayni kunda ham ikkita avtobusimiz, mikroavtobuslarimiz xalqimizga namunali transport xizmati körsatmoqda.
Tadbirkorlarning öz biznesini rivojlantirişlari, faoliyatini kengaytirişlari uçun yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli joriy yilda kredit hisobiga yana beş dona "Gazel” rusumli yölovçi taşişga möljallangan maşina sotib oldik va xizmat körsatişni boşladi. Yana 12 ta yengil maşina oliş arafasidamiz.
Yurtdoşlarimiz dasturxoni tökin bölişiga hissa qöşiş maqsadida 5 gektarerda boğ yaratib, bu yil ilk hosilini davlatimizga topşirdik.
Bizga bunday imkoniyatlar mamlakatimiz mustaqilligi tufayli yaratildi. Har gal tumanimizning, respublikamizning turli hududlariga yöl olayotgan avtomaşinalarimizdagi yölovçilarning nigohidagi minnatdorçilikni körganimda öz faoliyatimdan mamnun bölib ketaman.
Maqsadimiz xalqimizga namunali xizmat qilişdir. Bizni bugungiday dorilomon va farovon kunlarga yetkazgan mustaqilligimizning 25 yilligi bilan tumanimizning barça xalqini qizğin tabriklayman. Doimo safari bexatar bölişini tilab qolaman.
Gulbahor QURBONBEKOVA,
"Gözaloy Mahmud qizi” MÇJ raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶