👁 5,354
Eng yaxşi kontsert dasturlari egalari aniqlandi
Qaysi xonandaning kontsertini ustun qöyasiz? Darakçi.uz aynan mana şunday savol bilan sizlarga murojaat qilgandi.
Sörovnomada Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov kabi xalq artistlari qatorida bugungi yoşlarning sevimli xonandalari Rayhon, Şahzoda, milliy qöşiqlari bilan xalq oğziga tuşib borayotgan Botir Qodirov va Alişer Fayz hamda faqat jonli ijroni olqişlaydigan Jahongir Otajonov nomzodi iştirok etdi.
Sörovnomada qatnaşganlarning 33,3%i Yulduz Usmonovaning kontsertini ustun qöyişini maʼlum qilgan. Uşbu körsatkiç bilan Usmonova birinçi örinni egallagan bölsa, bugungi kunda kontsertining davomiyligi böyiça birinçilikda borayotgan Ozodbek Nazarbekov 16,7% ovoz bilan ikkinçi böldi.
Uçinçi örin esa kutilmaganda Şahzodaga nasib etdi. Garçi bir neça yillik tanaffusdan keyin endi-endi oyoqqa turayotgan bölsada unga 68 kişi ovoz bergan.
Mos ravişda 11,8% va 11,2% ovoz töplagan Botir Qodirov va Jahongir Otajonovlar 4 va 5-örinlarni egallaşdi.
Bugungi kunda yoşlarning eng suyukli xonandasi, kontsertlarini şou darajasiga olib çiqayotgan Özbekistonda xizmat körsatgan artist unvoni sohibasi Rayhon esa barçani ajablantirib 6-poğonaga joylaşdi. Uning uçun bor-yöği 38 kişi (7,4%) ovoz bergan. Oxirgi poğonada esa Alişer Turdiyev (Fayz) örin egalladi.
Demak, natijalar tomoşabin baribir haqiqiy sanʼatni yoqlaşini körsatdi. Qariyb 6-yildan beri kontsert bermayotgan, kliplar teleekranlarda aylanmayotgan Yulduz Usmonovaning hali ham muxlislar tomonidan olqişlanişi şundan dalolat bermoqda. Ötgan asrning 80 - yillari ikkinçi yarmida ommaviy ijodini boşlagan Yulduz Usmonova 2007-yilgaça Toşkentdagi "Istiqlol" sanʼat saroyida kontsert dasturini taqdim etgan. Eng köp 21 kungaça kontsert bergan sanʼatkor öşa yili jonli ijro uçun ikki haftadan ortiq davom etadigan kontsert oğirlik qilişini taʼkidlagani holda, keyinçalik dasturlarini 14 kundan oşirmagan edi.
(Manba: http://darakchi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶