21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:47
Madaniyat 👁 5,259

QALBLARGA JOʻShQINLIK BAXSh ETGAN UChRAShUV

QALBLARGA  JOʻShQINLIK  BAXSh  ETGAN  UChRAShUV

Sanʼat shunday dorilomon olamki, uning sehr-sinoati qoshida hamisha lol qolamiz. Beshikdagi goʻdakdan tortib, nuroniy yoshdagi insongacha ana shu goʻzal olam  sehriga oshno. Bu oshnolik – dillarga orom baxsh etadi, koʻngil dardiga misli moʻmiyoi-shifo, taskin beradi.

Shu yilning 6-aprel kuni tumanimizdagi 9-sonli bolalar musiqa  va sanʼat maktabining tantanalar saroyida boʻlib oʻtgan, el-yurt sevgan qoraqalpoq sanʼati ustalari va maʼnaviyat fidoyilari bilan uchrashuv tadbirida ishtirok etgan tumanimiz faollari, keksa otaxon va onaxonlar hamda yoshlar sanʼatning sehrli, qalblarga joʻshqinlik baxsh etuvchi qudratini yana bir bor dildan his etdilar.

Qoraqalpoq sanʼatini jahonga tanitgan, oʻz ijro mahoratlari bilan xalqimiz yuragidan munosib joy olgan hamda har biri oʻziga xos ijod va ibrat maktabini yaratgan sanʼatkorlar bilan "Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida oʻtkazilgan uchrashuv tadbirini tuman hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ochdi va uchrashuv tumanimiz xalqi maʼnaviy hayotida muhim ahamiyat kasb etishini alohida eʼtirof etdi.

Shundan soʻng sanʼatkorlar guruhi rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Obodon Saparova, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston sanʼatini dunyo mamlakatlari sahnalarida namoyish etib, oʻzbek va qoraqalpoq anʼanaviy ashulachilik yoʻnalishida katta yutuqlarga erishgan sanʼat ustalari, shoir va jurnalistlarni sahnaga taklif etdi. Tomoshabinlarning samimiy olqishlari ostida davraga kirib kelgan Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston hamda Boshqirdiston Respublikalari xalq artisti Gulparshin Sirimbetova, Qoraqalpogʻiston xalq artisti Bibirobiya Oʻtepbergenova, Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston xalq artisti Tamara Doshumova, sohirnafas suxandon Rayxon Saparova, Xonzoda Polvonova, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulnigor Sapayeva, xushovoz baxshi qiz Gʻumshagul Bekturgʻanova, jirov Salomat Ayapov, Oʻzbekiston xalq baxshisi, xorazmlik Qalandar baxshi Normatov, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Abulqosim Oʻtepberganov, shoira Gulnora Nurlepesovalar birin-ketin sahnaga koʻtarilib, oʻz sanʼatlarini namoyish etdilar.

Gulparshin Sirimbetovaning jarangdor ovozi, Bibirobiya Oʻtepbergenovaning  hamon xalq dilida ardoqlanayotgan diltortar qoʻshiqlari, Xonzoda Polvonova, baxshi qiz Gʻumshagul Bekturgʻanova, jirov Salomat Ayapovning termalari, Gulnigor Sapayevaning va Tamara Doshumovaning ashulalari tomoshabinlar qalbiga xushnudlik baxsh etdi.

Dastur mehmoni, xorazmlik Qalandar baxshi Normatov oʻzbek va qoraqalpoq dostonlaridan parchalar kuylab, bir-biriga doʻst va qadrdon, ildizlari teran ikki millatning  qalban bir-birlariga talpinib, bir-birlarining koʻngillaridan suv ichib yashaguvchi totuv oila ekanligini soz-u suhbat orqali maromiga yetkazib ifoda etganidan tomoshabinlar qalbi zavq-shavqqa toʻldi.

Shoir Abulqosim Oʻtepbergenov, shoira va jurnalist Gulnora Nurlepesovalarning sheʼrlari koʻngillarga ajib bir taskin, samimiyat bagʻishladi.

Uchrashuv yakunida tumanimiz nuroniylaridan Gulmirza Nurmatov, Tursunboy Abdullayev hamda "Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Xonimjon Rajabovalar sanʼatkorlarga tumanimiz xalqi nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Koʻngillar koʻngillardan suv ichib, bir-birlarini sogʻingan qalblar orom topgan ushbu uchrashuv barchada shirin taassurotlar qoldirdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026