MAHALLA SAYLOVI — MUHIM IJTIMOIY-SIYoSIY JARAYoN
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016-yil 5 martdagi qaroriga köra, joriy yilning may-iyun oylarida yurtimizda fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari saylovi ötkaziladi.
Saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça 2016-yil 5-mart kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining, 2016-yil 15-mart kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining, 2016-yil 16-mart kuni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi.
Mazkur qarorlarga hamda "Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi va "Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunlariga asosan saylovni taşkil etiş va ötkaziş böyiça tayyorgarlik işlari boşlab yuborildi. Jumladan, 14 nafar aʼzodan iborat tarkibda fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi tuzildi.
Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkaziş böyiça işçi guruhlar işlarini kuçaytiriş, muvofiqlaştiriş böyiça fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga tuman kömaklaşuvçi komissiya aʼzolari biriktirildi.
2016-yilning 29-31-mart kunlari fuqarolar vakillari yiğilişlarida saylovni taşkil etiş va ötkaziş böyiça bilim va tajribaga, aholi orasida obrö-hurmatga ega şaxslar orasidan fuqarolar yiğinining, tegişli hududda joylaşgan nodavlat notijorat taşkilotlari va boşqa taşkilotlarning vakillari, şuningdek, xalq deputatlari tuman Kengaşining deputatlaridan iborat tarkibda fuqarolar yiğinlari raislari va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş va ötkaziş böyiça işçi guruhlari tuzildi.
Mazkur işçi guruhlar fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) ötkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaş hamda uni ötkazişdan kamida beş kun oldin bu haqda tegişli hududda yaşovçi fuqarolarni xabardor qiliş, hovlilar, uylar, köçalar hamda şaharçalardagi, qişloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi böyiça umumiy yiğilişlarini taşkil etiş va ötkaziş, hovlilar, uylar, köçalar hamda şaharçalardagi, qişloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisi umumiy yiğilişining iştirokçilarini röyxatga oliş hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi maʼlumotlarni körsatgan holda aholining umumiy yiğilişi bayonnomasini tuziş kabi vakolatlarga ega.
Şuningdek, tegişli hududda doimiy yaşovçi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda tegişli komissiyaga taqdim etiş uçun fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari lavozimiga nomzodlar böyiça takliflar tayyorlaş, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkaziş masalalari yuzasidan aholi örtasida tuşuntiriş işlarini olib boriş, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilarining takroriy saylovi, şuningdek böşab qolgan örinlarga fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovi ötkazilişini taşkil etiş hamda fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkaziş masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş vakolati ham işçi guruhlarga berilgan.
Joriy yilning 2-4-aprel kunlari işçi guruhlarning birinçi majlislari ötkazilib, unda iş rejalar tasdiqlandi, işçi guruh aʼzolari örtasida xizmat vazifalari taqsimlanib, ular aholi punktlari va köçalarga biriktirildi.
Fursatdan foydalanib, hamyurtlarimizni uşbu muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol iştirok etişga çorlab qolamiz.
Azat Almuratov,
fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi aʼzosi.
(Foto - http://namnews.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶