2013 - 2015-yillarda Amudaryo tumanini kompleks rivojlantiriş dasturi
Tumanni kompleks rivojlantiriş dasturini işlab çiqişda 5 ta yönalişda işlar olib borildi.
Birinçidan.
Tumanda sanoat salohiyatini 2013-2015-yillarda rivojlantiriş investitsiya loyihalari işlab çiqilib, bu Dasturga jami qiymati 32 mln. 672,8 ming AQŞ dollari ekvivalentidagi 20 ta loyihalar kiritilib, ularda 478 ta yangi iş örinlari taşkil qiliş belgilab olindi.
Amalga oşiriladigan loyihalarni tarmoqlar kesimida qarab çiqadigan bölsak, oziq-ovqat sanoatida 5 ta, quriliş materiallari işlab çiqarişda 9 ta, yengil sanoatni rivojlantirişda 4 ta va boşqa sohalarda (kir yuviş vositasi, briket) 2 ta loyihani taşkil qiladi.
Dasturdagi jami 20 ta loyihadan 18 ta loyihaga 12287,3 ming AQŞ dollari ekvivalentida bank krediti rejalaştirilgan.
Joriy yilning birinçi yarim yilligida amalga oşiriladigan 14 ta loyiha qiymati 1212,6 ming AQŞ dollari ekvivalentiga teng bölib, şundan 12 ta loyihaga 797,1 ming dollar ekvivalentida bank kreditlari talab qilinadi, 2 ta loyiha öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi. Kredit mablaği ajratilişi talab qilinadigan 12 ta loyihadan 1-çorakda 8 ta loyihaga 417,1 ming dollar ekvivalentida kredit mablağlari ajratilib, işga tuşirilişi taʼminlandi. Qolgan loyihalarning 6 tasi 2-çorakda, 5ta loyiha 3-çorakda va 1 ta loyiha 4-çorakda işga tuşirilişi taʼminlanadi.
Ikkinçidan.
Mavjud sanoat korxonalarini töliq quvvatda işlatiş, böş turgan bino va inşootlarda işlab çiqarişni taşkil etiş hamda tijorat banklar balansidagi korxonalarning işlab çiqariş hajmlarini oşiriş tadbirlari asosida tumanda kam quvvatli, iqtisodiy noçor korxonalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş Dasturiga 2 ta korxona kiritilib, ularga jami 28,7 mlrd. söm investitsiya kiritilişi va 104 ta yangi iş örinlari yaratilişi belgilab olinib, bugungi kunda 1 ta loyiha ("Jumurtau” MÇJ da şağal işlab çiqarişni kengaytiriş loyihasi) işga tuşirilib, unga 100,0 mln. söm investitsiya kiritilib, yangidan 4 ta işçi örni yaratildi.
Ikkinçi loyiha - "Amudaryo tekstil” xorijiy korxonasida ip-kalava işlab çiqariş loyihasi böyiça 28,6 mlrd. söm miqdorida investitsiya kiritilişi belgilangan bölsa, amalda 41,9 mln. AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritilib, hozirgi kunda quriliş işlari davom qildirilmoqda.
Uçinçidan
Xizmat körsatiş va servis sohalarini rivojlantirişga eʼtibor qaratilib, tumanda "2012-2016-yillarda xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş” Dasturi işlab çiqildi.
Dasturga asosan joriy yil uçun belgilangan xizmat körsatiş va servisni rivojlantiriş parametrlarida jami 68 ta xizmat körsatiş va servis obʼektlari taşkil qiliş, xizmatlar hajmini 99,6 mlrd. sömga, ösim surʼatini 116,3 foizga yetkaziş nazarda tutilgan.
Joriy yil 1-çorakda Dasturdagi 19 ta örniga 21 ta xizmat körsatiş va servis obʼektlari taşkil qilinib, jami 324 mln. söm investitsiya kiritildi, şundan 40,0 mln. söm tijorat bank kreditlari, 284,5 mln. söm tadbirkorlarning öz mablağlari hisobidan amalga oşirilgan. Xizmat körsatiş obʼektlarini işga tuşiriş natijasida 24 ta yangi iş örinlari yaratildi.
Joriy yil Dasturidagi "UZTRANSGAZ” tomonidan taşkil qilinadigan "Aholiga maişiy xizmat körsatiş majmuasi” smeta bahosi 469,0 mln. sömni taşkil qilib, pudratçi taşkilot "Amudaryo quriliş materiallari” MÇJ tomonidan quriliş işlari olib borilmoqda.
Törtinçidan
Qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqarişni, yaʼni çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik, asalariçilikni rivojlantiriş Dasturi işlab çiqilib, mazkur Dasturga jami qiymati 3 mlrd. 306,0 mln. sömlik 43 ta loyiha kiritilgan bölib, şundan 2 mlrd. 557 mln. sömni bank kreditlari taşkil qiladi va mazkur loyihalarning amalga oşirilişi natijasida 112 ta yangi iş örinlari yaratiladi.
Bu yönalişda olib borilgan işlarimiz natijasida jami 2 mlrd 970 mln. sömlik investitsiyalar özlaştirilib, 40 ta loyiha töliq amalga oşirilib, ularda 98 ta yangi iş örni yaratildi. Qolgan 3 ta loyihani 1-iyulga qadar yakuniga yetkaziş böyiça işlar olib borilmoqda.
Oziq-ovqat Dasturidagi "Qoraqalpoq mahsulotlari” MÇJning göşt yetiştiriş yönalişidagi loyihasi böyiça uskunalar olib kelinib, örnatiş işlari olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining selektor yiğilişida Boş Vazir tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş loyihalarini 2 barobar oşiriş böyiça bergan topşiriği asosida qöşimça Dastur işlab çiqildi. Qöşimça Dasturga jami 1 mlrd. 800 mln. sömlik 40 ta loyiha kiritildi.
Bu Dasturga kiritilgan loyihalar böyiça tegişli işlar olib borilmoqda va ular joriy yilning oktyabr oyiga qadar töliq amalga oşirilişi va ularda 54 ta yangi iş örinlari yaratilişi nazoratga olingan.
Beşinçidan
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22 oktyabrdagi "Özbekistonda fermerlik faoliyatini taşkil qilişni yanada takomillaştiriş va uni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-4478-sonli Farmoniga asosan köp tormoqli fermer xöjaliklarini taşkil qiliş maqsadida tumandagi jami 278 ta fermer xöjaliklaridan 197 tasini (71 foizi) köp tarmoqli fermer xöjaliklariga aylantiriş böyiça tuman Dasturi işlab çiqildi.
Dasturga asosan 8 ta yunaliş böyiça jami loyiha qiymati 3124.5 mln. sömlik 207 ta loyiha rejalaştirilib, ularning amalga oşirilişi natijasida 881 ta yangi iş örinlari yaratiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶