SPORT MAKTABINING OÇIQ BIRINÇILIGI ÖTKAZILDI
14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan va "Soğlom ona va bola yili”ga bağişlab1-sonli bolalar va ösmirlar sport maktabida sportning stol tennisi böyiça sport maktabining oçiq birinçiligi ötkazildi.
Musobaqani sport maktabi direktori vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Rajabov oçdi va iştirokçilarga omad tiladi. Oçiliş marosimida söz olgan trenerlar Hamida Rajabova, Guloyim Maşaripova, Feruza Qobulova va Fozil Eşçonovlar yurtimizda sport, ayniqsa bolalar sportini rivojlantirişga katta eʼtibor qaratilayotgani natijasida sport bilan şuğullanuvçi bolalar safi yil sayin kengayib borayotganini taʼkidladilar. Natijada sportçilarimiz nafaqat mamlakatimiz şarafini işonçli himoya çilişmoqda, balki sportning ommaviyligiga ham erişilib, kelajagimiz egalarining soğlom va barkamol ösib-ulğayişlari uçun zamin yaratilmoqda.
Ayniqsa, bolalar iştirokida turli sport musobaqalari ötkazilayotgani bu borada muhim vosita bölmoqda. Sport maktabi birinçiligi ham stol tennisi bilan şuğullanayotgan yoşlarning kuçlarini sinovdan ötkazişlari va mahoratlarini yanada oşirişlari uçun vosita böldi.
Sport maktabining oçiq birinçiligida 60 nafardan ortiq yoşlar iştirok qildilar. Ular 1-sonli bolalar va ösmirlar sport maktabining tarbiyalanuvçilari, tumanimizdagi 1-, 30-, 36-, 40- va 56-sonli maktablarda taʼlim olayotgan sportsevar yoşlardir.
Keskin va murosasiz bellaşuvlarga boy bölgan musobaqa yakunlariga köra 2002-2002-yillarda tuğilgan ösmirlar örtasida Ilhom Qöziboyev faxrli birinçi örinni, Ixtiyor Baxtiyorov ikkinçi, Doniyor Tluboyev va Asadbek Davletovlar uçinçi örinlarni egalladi.
2003-2005-yillarda tuğilgan ösmirlar örtasida esa Şahzodbek Soliyev birinçi, Hakimjon Ismoilov ikkinçi, Ravşanbek Ollaberganov va Jamşid Jumaniyozovlar uçinçi örinni egalladilar.
Qizlar örtasidagi musobaqalarda birinçi örinni Loçinoy Tozaboyeva, ikkinçi örinni Xurşida Qöçqorova hamda uçinçi örinni Madina Haytboyeva va Asal Şomurodovalar egalladilar.
Musobaqa ğoliblari 1-sonli bolalar va ösmirlar sport maktabi tomonidan tayyorlangan faxriy yorliqlar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶