USTOZNING ŞUKRONASI
Har bir hunarning, har bir kasbning hayotimizda tutgan örni beqiyos, ana şunday kasblarning içida eng ahamiyatlisi, insondan fidoyilikni talab qiladigani bu – öqituvçilik kasbi.
Mana şunday fidoyi kasb sohiblaridan biri – el ardoğidagi inson, köplab şogirdlar yetiştirgan Mingturğan oğa Kaziyevdir.
Mingturğan Kaziyev 1936 yilda Kuyuk köpir ovulida dunyoga kelgan. Avval öz ovulidagi boşlanğiç maktabda, keyinçalik ovuldan ança yiroq bölgan Xitoy ovulidagi hozirgi 2-sonli maktabda öqişni davom ettiradi. U maktabda barça fanlardan aʼlo baholarga öqidi, ayniqsa matematika faniga boşqaça mehr qöydi. 1954-yilda maktabni tugatgan Mingturğan oğa Nukus Davlat pedagogika institutinining fizika-matematika fakultetiga öqişga kirib, bu ilm dargohini 1959-yilda tugatdi. Şu yili 2-sonli maktabga fizika-matematika fani öqituvçisi bölib işga kirdi. Jonkuyar öqituvçi 1961-yildan ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari lavozimida xizmat qildi. 1963-yilda 19-sonli maktab direktori qilib tayinlandi. 1965-yilgaça direktor lavozimida xizmat qildi. 1965-yildan 1992-yilgaça şu maktabda öquv işlari böyiça direktor örinbosari lavozimida işlab, to 1994-yili, nafaqaga çiqquniga qadar öquvçilarga fizika-matematika fanidan saboq berdi.
Mingturğan oğa Kaziyevning oilasida tarbiya topgan 7 nafar farzandlari ham öqimişli, kasb-korli, el-yurt xizmatiga kamarbasta insonlar bölib voyaga yetdilar. Farzandlarining 4 nafari oliy maʼlumotli, nabiralari ilmga intiluvçan, odobli.
- Zamonamizga şukur, - deydi. Mingturğan oğa, - Şunday dorilomon, farovon kunlarga yetkazganiga şukur. Öğil-qizlarim, nabiralarim yayrab öqişayotir. Maktab va kollejlardagi şaroitlarni aytmaysizmi? Öquv xonalari, darsliklar, zamonaviy taʼlim jihozlari – bularni biz tuşimizda ham körmaganmiz. Maktab va kollej, akademik litsey öqituvçisining bugungi taʼlim tizimi taraqqiyotidan nolişiga aslo haqqi yöq. Biz bir zamonlar oylab maoşsiz ham işlaganmiz. Bugungi muallim el ardoğida, maktab va kollej, akademik litsey töliq davlat nazoratida va himoyasida. Ana şunday ezguliklar davrida işlayotgan yoşlarga havasim keladi.
Mingturğan oğa Kaziyevning yuzlab şogirdlari taʼlim tizimi, soğlikni saqlaş, madaniyat va agrar sohaning fidoyilari bölib yetişdilar. Şogirdlari kamolidan köksi toğday yuksalgan ustozning tilidan aslo şukronalar tuşmaydi.
Yulduz YuSUPOVA, Amudaryo melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kolleji
öquvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶