12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:54
Siyosat 👁 3,232

Tuman aholisiga MUROJAAT

Tuman aholisiga MUROJAAT

 

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi va hokimligi,

tuman xotin-qizlar qömitasi va Fermerlar Kengaşi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Nuroniy» jamğarmasi, «Kamolot» YoIH tuman bölimlarining tuman aholisiga

MUROJAATI

 

 

 Qadrli yurtdoşlar!

Xalqimiz öz oldiga ezgu va uluğ maqsadlar qöyib, tinç va osoyişta hayot keçirayotgan, öz kuç va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati quriş yölida ulkan natijalarga erişayotgan tarixiy bir davrda yaşamoqdamiz. Buni mamlakatimiz obrösining jahon hamjamiyatida kun sayin oşib, xalqimizning hayot darajasi yuksalib, turmuşimizning yanada obod bölib borayotganidan ham körişimiz mumkin.

Dunyoning turli hududlarida uruş va nizolar, notinçlik va qarama-qarşiliklar hukm surayotgan, kimlardir tonglarning osuda otişini orzu qilib, osoyiştalik umidi bilan yaşayotgan bir vaqtda, şukurki, bizning yurtimizda tinçlik-osoyiştalik hukmron.

Har bir davrning odamlar yelkasiga yuklaydigan masʼuliyati böladi. Biz köz öngimizda amalga oşirilayotgan obodlik, yaratuvçanlik va bunyodkorlik işlariga hissa qöşiş imkoniyatiga ega baxtiyor insonlarmiz. «Obod turmuş yili» har bir fuqaroga yurt oldidagi masʼuliyatini bajariş uçun imkoniyatlar eşigini oçmoqda.

       Xöş, bizga berilgan şu imkoniyatdan qay birimiz qanday darajada foydalanayapmiz?

       Xalqimizda «Yerni boqsang, yer seni boqar» degan naql bor. Bizning rizq-nasibamizni beminnat undirib berayotgan ona zaminimizga qanday munosabatda bölyapmiz? Uning imkoniyatlaridan hamma ham samarali foydalanayaptimi?

Aholi ixtiyoridagi tomorqa yerlaridan foydalaniş haqida gap ketganda, afsuski, bu savolga hammadan ham ijobiy javob oliş qiyin. Kimlarningdir hovlisi oldidagi yerlar egasining befarqligi tufayli yil böyi böş yotsa, kimlardir unga xaşakbop ekinlar ekib, yana kimlardir xafsalasizlik tufayli ança kam hosil olmoqda. Vaholanki, hovlisi oldidagi kaftdek tomorqasidan oilasini boqib, ehtiyojidan ortiğini bozorga sotiş orqali daromad topayotganlar ham aynan ular bilan yonma-yon yaşamoqda. Ayrim oilalar özlariga tegişli bölgan 15-20 sotix yeri böla turib, tomorqa yerini böş qoldirib, daromad izlab çet elga ketib sargardon bölmoqdalar. Axir möl daromad topişning manbasi – xonadonimiz ostonasidagi tomorqa yerimiz emasmi?

Umuman, bu işlarda faqat moddiy emas, maʼnaviy manfaat ham bor. Sababi, mehnat insonni tarbiyalaydi, tanini soğlom, ruhini tetik qiladi, ertanggi kunga umid bilan qaraşga undaydi. Tomorqadagi oila aʼzolarining birdamlikdagi mehnati mehr-oqibatni mustahkamlaydi, insonni halol yaşaşga, mehnati bilan kun körişga örgatadi. Şuning özi farzand tarbiyasidagi muhim omillardan biri emasmi?

 

Aziz yurtdoşlar!

Biz işonamizki, har bir inson ertanggi kun umidi, farzandlar baxti-saodati uçun yaşaydi, mehnat qiladi. Keling, eşigimiz oldidagi tomorqa yerimizga ongli munosabatda bölaylik. Uning har bir qariçidan unumli foydalanib, oilamiz iqtisodini kötarişga harakat qilaylik.

Turmuş obodligining muhim şartlaridan biri - oilaning iqtisodiy mustahkamligidir. Bu borada tadbirkorlikning alohida örni bor. "Işbilarmon, mardlik va şijoat sohibi, azmi qatʼiy, tadbirkor va huşyor bir kişi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kişilardan yaxşidir”, - degan edi Sohibqiron bobomiz. Darhaqiqat, hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirişga aholi farovonligini taʼminlaşning muhim omili sifatida alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Aziz hamyurtlar!

Siz ham bugungi kun talabidan kelib çiqqan holda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib, dasturxoningiz tökinligi va turmuşingiz faravonligini taʼminlang, yurtimiz iqtisodiyoti rivojiga öz hissangizni qöşing.

   Faxr bilan aytiş mumkinki, tumanimizda 2000 dan ziyod tadbirkorlik subʼektlari faoliyat olib bormoqda. Tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça birgina 2013-yilda 380 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Şu örinda allaqaçon tadbirkorlik faoliyatini boşlab, öz biznesini yölga qöyib olgan, barqaror daromad manbasiga ega bölgan tadbirkorlarimizning işlariga rivoj tilagan holda, bir fikr aytmoqçimiz. Tadbirkor eng avvalo özi yaşayotgan jamiyat oldidagi ijtimoiy masʼullikni heç qaçon unutmasligi kerak, özi yaşayotgan mahallaning, özi mehnat qilib, daromad topayotgan hududning fidoyisi, ezgu işlardagi taşabbuskori bölişi kerak. Kam taʼminlangan, boquvçisini yöqotgan oilalarga xayriyalar qiliş, hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştirişga hissa qöşiş kabi savobli işlarda qatnaşiş har bir tadbirkorning maqsadiga aylanişi lozim.

Tadbirkorlik haqida söz yuritganda istiqlolning bizga bergan imkoniyati – fermerlik sohasini tilga olmay ötolmaymiz. Bugun fermer qişloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga bevosita taʼsir körsatuvçi, odamlarning yerga, mehnatga va yaşaşga bölgan munosabatlarini tubdan özgartirişga qodir kuç sifatida tan olinmoqda. Çunki, fermerlar mulkçilikning ilk kunlaridan boşlab öz saʼy-harakatlari, yangilikka intilişlari, izlanuvçanliklari bilan qişloqdagi boqimandalik kayfiyatiga zarba berdi. Bugungi fermer nafaqat dehqon, balki iqtisodçi, agronom, sanoatçi sifatida iş yuritmoqda, köp tarmoqli xöjalikka aylanmoqda, öz oilasi va atrofdagilarini iş bilan taʼminlamoqda.

Yil yilga öxşamaydi, dehqonçilikda har yilning öziga xos qiyinçiliklari böladi. Bu yilgi mavsumda tabiat dehqonlarimizning irodasini yana bir bor sinovdan ötkazmoqda. Yoğingarçilikning meʼyoridan ortiq bölişi çigit ekilgan dalalardan töliq nihol olişni qiyinlaştirmoqda. Unib çiqqan nihollarning qatqaloq tufayli rivojlanişi orqada qolmoqda. Bularni bartaraf etiş fidoyi mehnatni, birdamlik va uyuşqoqlikni talab qilmoqda.

Qadrli muassasa, korxona va taşkilotlarning işçi-xizmatçilari!

Dehqonlarimiz qiyin-qistovli kunlarda doimo Sizning beğaraz kömagingiz va beminnat yordamingizga suyanib keladi. Uyuşqoqlik va birdamlikdagi mehnatlar natijasida amudaryolik paxtakorlar mamlakatimiz miqyosida oldingilar safida kelmoqda. Tumanimizning paxtaçilikdagi bu nufuzini saqlab qolişda dehqonlarimizga yelkadoş bölib, tabiatning bu sinovini ham mardonavor yengişda öz hissangizni qöşişingizga işonamiz!

Qadrli fermerlar!

Non – rizq-rözimiz, dasturxonimiz körki. Bu aziz neʼmatning serobligi yurt boyligining nişonasi. Demak, yurtimiz faravonligi köp jihatdan Sizning mehnatingizga boğliq. Qişning qattiq kelişi dalalarda buğdoy maysalarining siyraklab qolişiga olib keldi. Endilikda mavjud imkoniyatlarni töliq işga solib, buğdoyzorlardan közlanganidan ham ziyod hosil oliş vazifasi Sizning zimmangizda turibdi.

Öz tadbirkorligingiz va omilkorligingiz, neça yillik hayot tajribangiz va boy bilimingiz, fidoyiligingiz bilan bu işlarning uddasidan çiqib, yuksak xirmon bunyod etişingizga işonamiz!

Qadrli pillakorlar!

Yetti xazinaning biri, deya taʼriflanuvçi ipak qurtini parvarişlab, kunni tunga ulab mehnat qilayotganingiz har qança tahsinga loyiq. Ipak qurti boqiş, pilla yetiştiriş zahmatli iş. Umid qilamizki, bu yil ham qişloq xöjaligidagi dastlabki xirmonni yuksak kötarib, ğallakor va paxtakorlarimizga örnak bölasiz.

Şuni unutmangki, Siz yetiştirgan pilla tumanimizda qayta işlanadi, önlab yoşlarimiz iş bilan band böladi, daromad topadi. Ular tayyorlagan ipak kalavalari xorij davlatlariga eksport qilinib, Sizning mehnatingizdan dunyoning qaysidir burçagidagi inson foydalanadi, buning natijasida davlatimiz byudjetiga mablağ kelib tuşadi. Sizning fidokorona mehnatlaringiz samarasi yurt taraqqiyotiga katta hissa bölib qöşilsin!

Aziz otaxon-u onaxonlar, oila sohib va sohi­balari!

Yurt, mahalla, xonadon obodligi, tozalik va ozodalik avvalo köngildan boşlanadi. Ötmişidan kuç olib, bugungi kun nafasi bilan yaşayotgan, ertanggi kunidan köngli xotirjam inson öz uyini, mahallasini obod maskanga aylantiradi. Obod göşalarda soğlom avlodlar dunyoga keladi, komil farzandlar voyaga yetadi, pokiza niyatli insonlar yaşaydi.

Tumanimiz aholisining turmuşi yanada faravon bölişi uçun yaratilayotgan qulayliklar - tabiiy gaz, elektr energiyasi, içimlik suvi, siqilgan gaz kabi resurslardan oqilona va tejamli foydalanib, haqlarini öz vaqtida tölab borişga va bu xizmatlardan kelgusida ham uzluksiz foydalanişga erişaylik.

Aziz hamyurtlar!

Köz öngimizda keng miqyosdagi yaratuvçanlik, obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Birgina joriy yilning özida tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş uçun barça manbalar hisobidan 130-140 milliard söm miqdorida sarmoyalar işlatiladi, kasb-hunar kolleji, maktablar, soğlikni saqlaş muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktabi, bolalar markazi, sport zallari, namunaviy uy-joylar, içimlik suvi tarmoqlari, yöllar yangidan quriladi, rekonstruktsiya qilinadi va kapital taʼmirlanadi.

Aytiş joizki, amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlarining qadri faqat quriliş hajmi bilan emas, undan odamlarimizning qay darajada naf körişi, şu obʼektlarning qança uzoq muddat xizmat qilişi bilan ham ölçanadi.

Keling, barça jamoat taşkilotlari, mahalla oqsoqollari, xalq deputatlari va faollar, yoşu qari, erkagu ayol – hammamiz bir yoqadan boş çiqarib, tumanimizda amalga oşirilayotgan bunyodkorliklar surʼatini va sifatini, işlar boşida turgan rahbarlarning ğayratini va layoqatini xolisona örganib, xolisona nazorat qilib, ularning yutuqlarini eʼtirof etib, kamçiliklarini röy-rost aytib, amalga oşirilayotgan ezgu işlarning sifatiga, bardavomligiga hissa qöşaylik.

Aziz amudaryoliklar!

Mavjlanib oqayotgan Amudaryo böyidagi bu obod göşa fidoyi odamlar yurti, deya taʼriflanadi. Ming yillik azim daryoning şiddatu şijoatiga xos jöşib işlaş, jöşib yaşaş har birimizning hayot tarzimizga aylansin. Öz oldimizga qöygan uluğvor maqsadlar sari intilişdan, mehnat qilib, yurtimizni obod maskanga aylantirişdan, bunyodkorlik va yaratuvçanlikdan aslo töxtamaylik.

Keling, könglimizni, hovlimizni, mahallamizni, tumanimizni, yurtimizni OBOD MASKANga aylantirişga har birimiz hissa qöşaylik!

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026