MUSTAQILLIK - ÇEKSIZ IMKONIMIZ
Prezidentimizning "Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma tört yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarorida şu davr mobaynida bosib ötgan oğir va maşaqqatli, ayni vaqtda şarafli yölimiz, keng kölamli islohotlarimiz, qölga kiritgan ulkan yutuqlarimizning tub mohiyati hamda ahamiyatini yurtimiz va jahon jamoatçiligiga yetkaziş, biz keça kim edigu bugun kim bölganimizni anglaş, vatandoşlarimizni yangi marralar sari ruhlantiriş, eng uluğ, eng aziz ayyomimiz bölmiş Mustaqillik bayramini yuksak darajada ötkaziş böyiça bir qator vazifalar belgilab berildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erişganiga 24-yil töldi. Ana şu qisqa muddat içida Özbekiston mustaqil davlat sifatida dunyo xaritasidan mustahkam örnini topdi, barça sohalarda ulkan yutuqlarga erişdi, xalqaro hamjamiyat eʼtirofiga sazovor böldi. Bunday keng kölamli islohotlar inson manfaatlarini taʼminlaş, huquq va erkinliklarini himoya qilişga qaratilgan bölib, bu avvalo, yurtdoşlarimizning ertangi kunga işonçi tobora ortib, ayniqsa, yoşlarning Vatan taqdiriga, taraqqiyotiga daxldorlik tuyğusi kuçayib borayotganida yanada yaqqol namoyon bölmoqda. Albatta, bu Istiqlol şarofati, yaratib berilayotgan şart-şaroit hamda amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar samarasi, desak, aslo mubolağa bölmaydi.
Şu nuqtai nazardan aytganda, mustaqillikning ilk yillaridanoq aholi, birinçi navbatda, keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoşlarga alohida eʼtibor hamda ğamxörlik körsatiş, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, oila, onalik hamda bolalikni himoya qiliş mamlakat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Binobarin, davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy muhofaza qilişga sarflanayotgan mablağ ham yildan-yilga oşib borayotgani eʼtiborga molik.
Bugungi kunda davlat byudjetining 60 foizidan köpi aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga yönaltirilayotgani sotsial sohani mustahkamlaş, pirovardida xalqimizning turmuş farovonligini yanada yuksaltirişda katta örin tutmoqda.
Farovonlik haqida söz ketganda, taʼkidlaş joizki, davlatimiz rahbarining bevosita taşabbusi bilan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini yaxşilaş masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Har bir oila daromadini oşiriş, unda farzandlarni barkamol voyaga yetkaziş, ularning intilişlarini qöllab-quvvatlaş, puxta bilim hamda kasb-hunarga ega bölişlarini taʼminlaş hayotiy zaruratga aylandi. Ötgan davr mobaynida bu borada qabul qilingan bir qator qonunlar uşbu yönalişdagi işlarni izçil davom ettirişda huquqiy asos bölayotir.
Bugun aholining aksariyat qismi kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik, uy mehnati bilan samarali şuğullanib kelmoqda. Bu kabi faoliyat bilan şuğullaniş istagidagi oilalarga respublikamizdagi tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilayotgani, ularning taşabbuslari har tomonlama qöllab-quvvatlanayotgani esa diqqatga sazovordir.
Bugun mamlakatimiz yalpi içki mahsulotining 56 foizi kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga töğri kelmoqda. Bunga albatta, öz-özidan erişilgani yöq. Mustaqillik yillari davomida Özbekiston iqtisodiyoti va xususiy sektorning har tomonlama rivojlanişini taʼminlovçi mustahkam qonunçilik bazasi yaratildi.
Joriy yilning 15-may kuni mamlakatimiz Prezidenti tomonidan xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş böyiça qabul qilingan Farmon iqtisodiyotimizni rivojlantiriş tizimli ravişda mustahkam yölga qöyilganligidan dalolatdir.
Umuman aytganda, mamlakatimizda mustaqillik yillarida barça sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga tuşuntirişda biz, Oliy Maj-lis Qonunçilik palatasi deputatlari ham faollik körsatişimiz maqsadga muvofiqdir. Fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini taʼminlaşga oid qonunlar, ayniqsa, Prezidentimizning mazkur Farmoni ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş, bu böyiça joylarda uçraşuvlar, jonli muloqotlar taşkil etiş ayni muddaodir. Zero, mazkur saʼy-harakatlar jamiyatda soğlom va barqaror muhitni qaror toptirişga, mamlakatimizning yanada taraqqiy etişiga xizmat qiladi.
Joldasbay Abdijamilov,
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶