XUSUSIY MULK HUQUQINI MUSTAHKAMLAŞ, UNI IŞONÇLI HIMOYa QILIŞ TIZIMINI YaRATIŞ – USTUVOR VAZIFAMIZ
Mustaqillik yillarida Konstitutsiyamizda xususiy mulk va uning daxlsizligini taʼminlaşga qaratilgan qoidalar belgilab qöyildi va şu asosda qator tarixiy qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bugungi kunda ular nafaqat mamlakatimizda xususiy mulkçilikka asoslangan xöjalik yuritiş mexanizmini takomillaştiriş, iqtisodiyot raqobatdoşligini taʼminlaşning, balki yurtimizda mulkdorlar sinfini şakllantiriş va rivojlantirişning kuçli huquqiy asosini taşkil etadi.
Jumladan, oxirgi beş yilda xususiy mulk mavqeini mustahkamlaş, uning daxlsizligini taʼminlaş, biznes yuritiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan "Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi, "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi (yangi tahrirda), "Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat beriş tartib-taomillari töğrisida”gi, "Raqobat töğrisida”gi, "Oilaviy tadbirkorlik töğrisida”gi va boşqa öndan ortiq qonunlar qabul qilinganligi bu borada amalga oşirilayotgan işlarning kölamidan dalolat beradi.
Bugun mavjud xöjalik subʼektlarining 90 foizdan ortiğini kiçik biznes korxonalari taşkil etayotgani quvonarli holdir. Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi içki mahsulotdagi uluşi 56 foizga yetganligi, ayni paytda iş bilan band aholining 77 foizi uşbu sohada mehnat qilayotganligining özi xususiy sektorning iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanişi, aholi turmuş darajasini rivojlantirişdagi ulkan ahamiyatga egaligidan dalolat beradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni hamda 2015-yil 28-apreldagi "Iqtisodiyotda xususiy mulkning uluşi va ahamiyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi tomonidan "Özbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subʼektlarini işonçli himoya qilişni yanada kuçaytirişga, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonuni qabul qilindi.
Uşbu Qonun amaldagi 40 gayaqin Qonun va beşta Kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritişni közda tutadi. Qonunning maqsadi - xususiy mulk, biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqiy himoyasini yanada kuçaytiriş, şuningdek, davlat, huquqni muhofaza qiliş, nazorat qiluvçi organlarning tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga noqonuniy aralaşganlik uçun javobgarligini kuçaytirişdan iboratdir.
Qonunda mikrofirmalar, kiçik korxonalar va fermer xöjaliklari faoliyatiga oid barça tekşiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan tört yilda bir martadan köp bölmagan tartibda amalga oşirilişi;
moliya-xöjalik faoliyati bilan boğliq bölmagan rejali tekşiruvlar ötkaziş muddati 10 kalendar kunidan oşmasligi;
tadbirkorlik subʼektlarining moliya-xöjalik faoliyatini rejali tekşirişlar faqat sönggi tekşiruvdan keyingi davrni qamrab olişi hamda qözğatilgan jinoiy işlar munosabati bilan xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan xöjalik yurituvçi subʼekt jalb etgan advokatlar iştirokida amalga oşirilişining belgilab qöyilişi, yurtimizda qulay biznes muhitini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, Qonun asosida Jinoyat Kodeksi va maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodekslarga tadbirkorlik subʼektlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiliş bilan boğliq barça huquqbuzarliklar uçun javobgarlikni kuçaytiruvçi özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Soliq Kodeksiga kiritilgan özgartişlarga muvofiq, tadbirkorning moddiy ahvoli va soliqqa oid huquqbuzarlik qiliş şaroitini inobatga olib, sud moliyaviy sanktsiyani eng kam qismidan ham kamroq, biroq belgilangan eng kam miqdorning 25 foizidan kam bölmagan miqdorda qöllaşga haqli ekanligi belgilandi.
Özbekiston Respublikasi Xöjalik protsessual Kodeksiga sudya daʼvo arizasini qabul qiliş töğrisida ajrim çiqariş va işni sudda körişga tayyorlaş muddatlari ön kundan beş kunga qisqartirilişiga oid özgartiş hamda qöşimçalar kiritildi.
Uşbu Qonunning qabul qilinişi tadbirkorlarga, fermerlarga va kiçik biznes vakillariga bildirilgan katta işonç namunasi bölib, ularga yanada katta imkoniyatlar yaratilib, pirovardida şu orqali mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlaş, aholi turmuş farovonligini oşirişga xizmat qiladi.
Joldasbay Abdijamilov,
Oliy Majlis Qonunçilik Palatasi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶