Amudaryoda «Kasb va mehnat kuni» keng nişonlandi: 3-sonli texnikum yoşlarga öz eşiklarini oçdi
Har bir jamiyatning iqtisodiy qudrati, uning ijtimoiy barqarorligi va porloq kelajagi mehnatsevar xalqi va öz işining haqiqiy ustasi bölgan yetuk mutaxassislar qölidadir. Bugungi şiddat bilan rivojlanayotgan davrda yoşlarni töğri kasbga yönaltiriş, ularning qalbida mehnatga bölgan muhabbatni uyğotiş muhim ustuvor yönalişlaridan biriga aylanib ulgurgan.
Mamlakatimizda kasb-hunar taʼlimi tizimini mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqiş, kadrlar tayyorlaş sifatini xalqaro standartlar darajasiga kötariş hamda sohaning moddiy-texnik bazasini tubdan mustahkamlaş maqsadida tizimli islohotlar jadal amalga oşirilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi «Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bu boradagi işlarni yangi poğonaga olib çiqdi.
Mazkur hujjatga asosan iş beruvçilar bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş, eng muhimi, jamoatçilik va yoşlar orasida turli kasblarning jozibadorligini oşiriş hamda kasbiy taʼlimni ommalaştiriş maqsadida 2026-yildan boşlab yurtimizda 5-may sanasi “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nişonlanişi belgilandi. Bu bayram şunçaki kalendardagi sana emas, balki butun jamiyat eʼtiborini halol mehnat va zamonaviy kasblarni egallaşga qaratuvçi ulkan maʼrifiy harakatga aylanmoqda.
Aynan mana şu ezgu maqsadlar yölida Amudaryo tumanida joylaşgan 3-sonli texnikumda maxsus tadbir taşkil etildi. Uşbu kasb-hunar maskani öz bağriga Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarining 9- va 11-sinf bitiruvçilarini — kelajakning yoş avlodini aziz mehmon sifatida çorladi. Tantanali tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov hamda tegişli masʼullar bevosita iştirok etib, texnikum öquvçilari va maktablardan taşrif buyurgan barça mehmonlarni yurtimizda nişonlanayotgan Kasb va mehnat kuni bilan samimiy tabrikladilar.
Tadbirga taşrif buyurgan maktab öquvçilarining baʼzilari 9-sinfni muvaffaqiyatli tamomlab, endilikda bundan keyingi hayot yöli haqida öylayotgan bölsa, yana boşqalari 11-sinfni tugatib, katta hayotga qadam qöyayotgan yoşlardir. Har ikkala toifadagi bitiruvçilar uçun ham bunday oçiq muloqot va tanişuv tadbiri katta imkoniyatlar eşiklarini oçdi. Çunki zamonaviy şaroitda mehnat bozorida öz örniga ega böliş, munosib va raqobatbardoş kasbni tanlaş muhim masala bölib, bu har bir yoşning ertangi farovonligining asosiy kaliti hisoblanadi.
Bugungi kunda mazkur kasb-hunar taʼlimi maskani yoşlar uçun barça şaroitlarga ega bölgan zamonaviy komplekslardan biri sanaladi. Texnikum binosi 936-örinli ulkan quvvatga ega. Taʼlim dargohida barça qulayliklarga ega bölgan 100-örinli zamonaviy yotoqxona hamda xuddi şunça öringa möljallangan oşxona uzoq hududlardan kelib tahsil oluvçi yoşlar ixtiyorida.
Hozirda muassasada jami 586 nafar öquvçi kunduzgi, sirtqi va dual taʼlim şakllari böyiça çuqurlaştirilgan bilim egallab kelmoqda. Eʼtiborli jihati şundaki, bilim olayotgan yoşlarning 426 nafari davlat granti asosida bepul tahsil olayotgan bölsa, 160 nafari esa tölov-kontrakt asosida öqişni davom ettirmoqda. Şuningdek, 86 nafar öquvçi şartnoma asosida şinam yotoqxonaga joylaştirilgan bölib, ularning 54 nafarini qizlar va 32 nafarini öğil bolalar taşkil etadi.
Albatta, sifatli taʼlim va yetuk kadrlar tayyorlaşda jonkuyar pedagoglarning örni beqiyosdir. Texnikumda öz kasbining fidoyisi bölgan jami 48 nafar öqituvçi va yoşlarga kasb sir-asrorlarini örgatuvçi 6 nafar işlab çiqariş taʼlimi ustasi faoliyat yuritadi. Uşbu ustozlarning malakasiga eʼtibor qaratadigan bölsak, ularning 1 nafari oliy toifali, 12 nafari yetakçi va 14 nafari esa katta öqituvçilardir. Bunday salohiyatli jamoaning mehnati natijasi ölaroq, joriy öquv yilida texnikumni 196 nafar öquvçi muvaffaqiyatli tamomlamoqda.
Kelgusi, 2026-2027 öquv yili uçun esa muassasaning qabul rejalari yanada keng qamrovli. Jumladan, 9-sinfni tamomlagan öquvçilar uçun 330 ta, 11-sinf bitiruvçilari uçun esa 300 ta örin ajratilişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, nazariya va amaliyotni birlaştiruvçi dual taʼlimga ham 150 nafar öquvçini qabul qiliş rejalaştirilmoqda.
Tantanali tadbir davomida maktablarning 9 va 11-sinf bitiruvçilari texnikumda mavjud bölgan barça yönalişlar va uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanişib, öqituvçilardan öz savollariga batafsil javoblar oldilar. Uşbu tadbirdan keyin öquvçi-yoşlarning aksariyati kelgusida mazkur kasb-hunar taʼlimi maskanida tahsil olib, öz kasbining yetuk mutaxassisi bölişni köngliga tukkan bölsa ajab emas. Zero, bugun töğri tanlangan kasb va egallangan puxta bilim porloq kelajakning mustahkam poydevoridir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶