May oyi — “Dala chetlarini tozalash oyligi”: Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy murojaati
Yurtimizda bahor fasli — tabiat uygʻonib, atrof-muhit yashillikka burkanadigan, mehnat va baraka faslidir. Ayni shu kunlarda dalalarda ish qizgʻin tus olgan. Bobodehqonlar, tajribali fermerlar va fidoyi yurtdoshlarimiz yurtimiz dasturxoni toʻkinligi, xonadonlarimiz farovonligi hamda mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida sidqidildan mehnat qilmoqda.
Biroq soʻnggi vaqtlarda koʻngilni xira qiladigan ayrim holatlar ham kuzatilmoqda. Jumladan, katta yoʻllar yoqasidagi dalalar chetlarida, shuningdek, mahallalar ichidagi ekin maydonlari atrofida turli plastik chiqindilar, oziq-ovqat qadoqlari, qogʻozlar hamda yaroqsiz holga kelgan tomchilatib sugʻorish shlanglari tashlab ketilayotgani achinarli holdir.
Bu kabi holatlar nafaqat atrof-muhitga, balki yetishtirilayotgan mahsulot sifatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Zero, ozodalik bor joyda baraka boʻladi, yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifatli va raqobatbardosh boʻlishi esa bevosita ekin maydonlari va dalalar ozodaligiga bogʻliqdir.
Shu munosabat bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi joriy yilning may oyini “Dala chetlarini tozalash oyligi” deb eʼlon qiladi.
Hurmatli agroklasterlar rahbarlari, fermerlar, dehqonlar va barcha yurtdoshlar!
Sizlarni ushbu tashabbusda faol ishtirok etishga, dalalar, yoʻl yoqalari va yashash hududlarimizni turli chiqindilardan tozalashga chaqiramiz. Atrof-muhitni asrash — har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Keling, birgalikda yurtimizni yanada obod, tabiatimizni musaffo va dalalarimizni namunaviy holatga keltiraylik!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶