Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimi takomillaştirilmoqda
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini qöllab-quvvatlaş, ularning oğir hayotiy vaziyatga yoki kambağallikka tuşib qolişining oldini oliş, munosib turmuş şaroitini yaratiş hamda moliyaviy barqarorligini oşiriş maqsadida yangi tizim joriy etilmoqda. Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralarini taqdim etiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga muvofiq, davlat taʼminotidagi, kambağal va oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan oilalarni aniqlaş hamda ularga yagona tartib asosida ijtimoiy xizmat, yordam va imtiyozlar taqdim etiş tizimi joriy etilmoqda. Şuningdek, davlat ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga mutanosib ravişda belgilanadi. “Teng imkon — inklyuziv bandlik” dasturi orqali 40 ming nafar nogironligi bölgan şaxsning bandligini taʼminlaş vazifasi ham belgilangan.
2026-yil 1-fevraldan boşlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambağal oilalar reyestri negizida yagona Ijtimoiy reyestr yuritilmoqda. U “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida şakllantirilib, davlat ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari taqdim etiladigan oilalar va şaxslarni aniqlaş, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholaşga xizmat qiladi.
Ijtimoiy reyestrda oilalar “davlat taʼminotidagi oila”, “kambağal oila” va “kambağallik çegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi. Bunda oilaning daromadi, mehnatga layoqatli yoki layoqatsiz aʼzolari mavjudligi kabi mezonlar asos qilib olinadi.
Şuningdek, “kambağal oila” toifasiga kiritilgan oilalar aʼzolari hamda I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga davlat xizmatlari körsatilganda 50 foiz, “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar aʼzolariga esa 75 foiz miqdorida çegirma qöllaniladi.
Uşbu islohotlar aholini manzilli qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy himoya samaradorligini oşiriş va fuqarolar uçun munosib hayot şaroitini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Umida Saparbayeva, Amudaryo tumani Adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶