21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 23:25
Jamiyat 👁 441

“BIR NURONIY—OʻN YoShGA MASʼUL” TAMOYILI ASOSIDA FAOLIYaT YuRITAYoTGAN FAOL NURONIYLAR OʻRTASIDA KOʻRIK-TANLOV OʻTKAZILDI

“BIR NURONIY—OʻN YoShGA MASʼUL” TAMOYILI ASOSIDA FAOLIYaT YuRITAYoTGAN FAOL NURONIYLAR OʻRTASIDA KOʻRIK-TANLOV OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tufayli bugun yoshlar jamiyatimizning faol qatlamiga aylangan.

Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Unga koʻra, maʼnaviy koʻmakka muhtoj yoshlar bilan ishlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik ruhida tarbiyalash, nuroniylarning yoshlar oʻrtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirishga eʼtibor qaratilmoqda. “Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻzining faol hissasini qoʻshib kelayotgan, obroʻ-eʼtiborli, ibratli hayotiy tajribaga ega boʻlgan faol nuroniylar va faxriylarga mahallalarda yashovchi tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlar biriktirilib, bevosita ular bilan birgalikda ish yuritayotgani yoshlar hayotini ijobiy tomonga oʻzgartirish imkonini bermoqda.

Bu borada Amudaryo tumanida oʻziga xos tajriba maktabi yaratilgan, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Tumandagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida katta hayotiy tajribaga, oʻzlari yashayotgan hududda yuksak obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan keksa avlod vakillaridan iborat nuroniylar guruhlari tuzilib, ular hududlardagi ijtimoiy va maʼnaviy himoyaga muhtoj, huquqbuzarlikka moyil, uyushmagan yoshlarga biriktirilgan. Ular yoshlarning kasb-hunar oʻrganishlari, shaxsiy tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishlari, ijaraga yer olib, dehqonchilik, chorvachilik va parrandachilik bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratmoqda.

Yoshlar bilan ishlashishdagi samarali faoliyatlari bilan yuqori natijalarga erishayotgan nuroniylarni aniqlash va ularni ragʻbatlantirish maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan koʻrik-tanlov oʻtkazildi.

Madaniyat boʻlimi binosida boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlovning tuman bosqichida “Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida oʻzlariga biriktirilgan oʻn nafar tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarga yaqindan yordam berib kelayotgan nuroniylarning faoliyatiga baho berildi.

Tadbirni “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Tursunboy Abdijabbarov ochdi va mamlakatimizda mahalla institutini yanada xalqchil tuzilmaga aylantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirish orqali ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi davlatimizning izchil siyosati va gʻamxoʻrliklari xususida batafsil soʻz yuritdi va tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Koʻrik-tanlovda “Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida oʻzlariga biriktirilgan oʻn nafar tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarga yaqindan yordam berib kelayotgan 85 nafar nuroniy otaxon hamda onaxonlar, shuningdek, ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari masʼullari, yosh avlod vakillari ishtirok etdilar.

Asosiy uch shart boʻyicha boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlovda Uyshin mahallasidan Bekbergan Qutlimuratov, Boʻston mahallasidan Nina Xoʻjayeva, Qoramon mahallasidan Habibaxon aya Maʼmurova, Durunki mahallasidan Amangul Kayupova va Qilichboy ovulidan Amina Yusupovalar tanlov yakuniga qadar berilgan shartlarni mahorat bilan bajarib, hakamlar hayʼati aʼzolarining eʼtibor va eʼtiroflariga sazovor boʻldilar.

Ayniqsa, ishtirokchilarning “Tanishtiruv”, “Yoshlar – bizning kelajagimiz” deb nomlangan shartlar boʻyicha chiqishlari tomoshabinlar uchun juda qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Shuningdek, ishtirokchilarning hakamlar hayʼatiga taqdim qilgan “Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida yoshlar bilan ishlashish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlaridan hikoya qiluvchi suratli albomlari tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

Koʻrik-tanlovning uchinchi – oxirgi sharti – “Nuroniylar bellashuvi”da ishtirokchilar mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, asosiysi, oʻzlariga biriktirilgan uyushmagan, maʼnaviy koʻmakka muhtoj yoshlar bilan amalga oshirgan ishlari va erishgan natijalari, shuningdek, yoshlarning muammolariga yechim topgan yoki ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirishga qaratilgan ishlari boʻyicha maʼruzalar qilib, bu boradagi hujjatlarini taqdim etishdi.

Koʻrik-tanlov shartiga koʻra, nuroniylar oʻzlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash jarayonlari, ularni ish bilan taʼminlash, biror bir kasbni egallashi uchun kasbga oʻqitish, davlat subsidiya mablagʻlarini jalb qilish orqali bandligini taʼminlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari hamda galdagi rejalari aks ettirilgan suratli-lavhalarini namoyish etishdi.

Koʻrik-tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, Durunki mahalla fuqarolar yigʻini faol nuroniysi Amangul Kayupova 1-oʻrinni egalladi. 2-oʻrin Qoramon mahalla fuqarolar yigʻini faol nuroniysi Habibaxon aya Maʼmurovaga nasib etdi. Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini faol nuroniysi Nina Xoʻjayeva esa 3-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, Uyshin mahalla fuqarolar yigʻini faol nuroniysi Bekbergan Qutlimuratov, Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini faol nuroniysi Amina Yusupovalar oʻz faoliyatlarining fidoyilari sifatida eʼtirof etildilar.

Tanlov gʻoliblari “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan pul mukofotlari hamda diplom bilan taqdirlandi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026