08.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
08.10.2026, 08:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 289

Kartoshkachilikda yangi bosqich - Amudaryoda urugʻchilik yoʻlga qoʻyilmoqda

Kartoshkachilikda yangi bosqich - Amudaryoda urugʻchilik yoʻlga qoʻyilmoqda

Soʻnggi yillarda mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasida sifatli va mahalliy iqlimga mos ekin urugʻchiligi tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, aholi tomorqalaridan oqilona va samarali foydalanish yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Amudaryo tumanida ham ijobiy tajribalar yoʻlga qoʻyilmoqda. Jumladan, Xolimbeg ovulida istiqomat qiluvchi ilgʻor tomorqa yer egasi Erkin Qoʻshayev tashabbusi bilan tumanda ilk bor kartoshka urugʻchiligi amaliyotga tatbiq qilina boshladi. Unga Qishloq xoʻjaligi vazirligi va boshqa masʼul tashkilotlar koʻmagida 300 kilogramm “Toshkent” navi kartoshka urugʻligi yetkazib berildi. Ushbu urugʻliklar 10 sotix yer maydoniga ekilib, natijada 3,4 tonnagacha yuqori hosil olindi. Bu esa birgina tomorqada qisqa muddatda yuqori hosildorlikka erishish mumkinligini yana bir bor isbotladi.

Erkin Qoʻshayevning saʼy-harakatlari nafaqat oʻz tomorqasining hosildorligini oshirdi, balki tuman miqyosida yangi yoʻnalishni boshlab berdi. U yaratgan bu tajriba hozirda tuman aholisida katta qiziqish uygʻotmoqda. Bundan ruhlangan mutasaddi tashkilotlar tomonidan endilikda Amudaryo tumani misolida kartoshka urugʻchiligini rivojlantirish boʻyicha maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Xususan, bosqichma-bosqich boshqa mahallalardagi tomorqa yer egalari hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlari ushbu tajribani oʻz faoliyatlariga tatbiq etishlari rejalashtirilmoqda.

Respublika miqyosida esa bu tajriba nafaqat Amudaryo tumanida, balki boshqa hududlarda ham amaliyotga joriy qilinishi moʻljallanmoqda. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, “Toshkent” navli kartoshka urugʻligi iqlim oʻzgarishlariga bardoshli, kasalliklarga chidamli va serhosil boʻlib, Qoraqalpogʻiston iqlim sharoitiga ham mos kelganligi respublika qishloq xoʻjaligida yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.

“Toshkent” navli kartoshka urugʻchiligi yurtimizda istiqbolga ega. U tez pishuvchi, kasalliklarga chidamli boʻlsa-da, unumdorligi yuqori va agrotexnika jihatdan samarali. Ushbu navli kartoshkachilikni yanada rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan tadqiqotlar, infratuzilma, xalqaro tajribalar yordamida kartoshkachilikni ommalashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejalashtirilgan.

Amudaryo tumani hokimligi, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi hamda tajribali agronomlar hamkorligida mazkur tashabbusni kengaytirish, urugʻchilikni ilmiy yondashuv asosida yoʻlga qoʻyish, zarur agrotexnik tadbirlar va oʻquv-seminarlar tashkil etish orqali bu sohada yangi yutuqlarga erishish maqsad qilingan.

Bu kabi tashabbuslar shubhasiz, nafaqat tuman iqtisodiyotiga, balki butun respublika miqyosida oziq-ovqat taʼminoti barqarorligiga ham katta hissa qoʻshadi. Eng muhimi, oddiy tomorqa egasining gʻayrati va mehnatiga asoslangan bunday tajribalar boshqa yurtdoshlarimizga ham ibrat boʻlib xizmat qilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026