14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 09:42
Siyosat 👁 282

JOʻQORGʻI KENGES RAISI A.ORINBAYeV AMUDARYo TUMANIDA BOʻLIB, YoShLAR, TADBIRKORLAR VA TUMAN FAOLLARI BILAN UChRAShDI

JOʻQORGʻI KENGES RAISI A.ORINBAYeV  AMUDARYo TUMANIDA BOʻLIB, YoShLAR, TADBIRKORLAR VA TUMAN FAOLLARI BILAN UChRAShDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev joylarda yoshlar bilan uchrashib, ularning xohish-istaklari, tashabbus va muammolarini tinglamoqda. Shunday navbatdagi uchrashuv 19-iyun kuni Amudaryo tumanida oʻtkazildi.

Uchrashuvdan oldin boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng IT sohasi, Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) jalb qilish va donorlar bilan ishlash boʻlimi, tijorat banklari rahbarlari tomonidan seminarlar tashkil etilib, yoshlar tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish, ularning oʻz tashabbuslarini amalga oshirishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Oʻtkazilgan uchrashuvda dastlab Joʻqorgʻi Kenges Raisi hurmatli Prezidentimizning alohida eʼtibori bilan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida keng turda toʻxtalib oʻtdi. Shu bilan birga, bunday imkoniyatlardan oʻrinli foydalanib, yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar soni ortib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻz navbatida, yoshlar davlatimiz rahbarining bunday yuksak ishonchi va yoshlarga koʻrsatayotgan otalarcha gʻamxoʻrligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Oʻtkazilgan uchrashuv davomida yoshlar bilan yaqindan muloqot qilinib, ularning xohish-istaklari, shuningdek, takliflari tinglandi. Unda bir qator muhim tashabbuslar va masalalar ilgari surildi. Oʻz navbatida har bir tashabbus va taklif Joʻqorgʻi Kenges Raisi tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, ularni hayotga tatbiq etish boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shundan soʻng bir guruh yoshlar faolligi va tengdoshlari orasida alohida yutuqlarga erishib, koʻpchilikka namuna boʻlayotgani uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumi qarori bilan taqdirlandi.

***

Shu kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanida yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdi.

Dastlab, Olmazor mahallasida “Sulton Kumush” MChJ tomonidan ochilish marosimi oʻtkazilayotgan “Bolalar oʻyingohi” loyihasi koʻzdan kechirildi. Shundan soʻng, har birida 10 ish oʻrni yaratilgan “Botir Xonqa” MChJ va “Al Kafil Biznes Plast” MChJga qarashli korxonalarning plastmassa idishlari ishlab chiqarish loyihalari, 2 mlrd. soʻmlik mablagʻlar hisobidan 20 ish oʻrni yaratilishiga erishilgan “Ravshanbek-Yulduzxon” xususiy korxonasining qandolat, non mahsulotlari ishlab chiqarish va sutni qayta ishlash tsexi, “Jayxun motors” MChJning motorollerlar ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishildi. Yangi ish oʻrni yaratgan har bir tadbirkor doimo qoʻllab-quvvatlanishi, ularning oʻz faoliyatini yanada kengaytirishi uchun barcha yordamlar koʻrsatilishi taʼkidlandi.

Uyshin mahallasida “Jamoliddin Jayxun” MChJ tomonidan 1 mlrd. soʻm mablagʻ asosida yangidan ishga tushirilgan baliqchilik loyihasi, shuningdek, “Qoraqalpoq mahsulotlari” MChJ tomonidan 1,3 mlrd. soʻm mablagʻ asosida ishga tushirilgan parrandachilik loyihasi ham mehmonlarning eʼtirofiga sazovor boʻldi. Xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash borasidagi bunday tashabbuslarni koʻpaytirishda yanada jonbozlik bilan ishlash kerakligi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shundan keyin Doʻstlik mahallasi hududidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida qad rostlayotgan koʻp qavatli uylarning qurilish jarayoni ham koʻzdan kechirildi.  Taʼkidlash joizki, 2024-2025-yillarda jami 18,5 gektar yer maydonida 26 ta koʻp qavatli uylar qurilishi belgilangan. Hozirgi vaqtda ishlar yuqori surʼatlarda davom ettirilmoqda.

Joʻqorgʻi Kenges Raisi qurilish ishlarini sifatli qilib, oʻz vaqtida yakunlash boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.

***

Tashrif soʻngida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev tuman hokimligi binosida Amudaryo tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalariga bagʻishlangan majlis oʻtkazdi.

Unda dastlab joriy yilgi oʻrim-yigʻim mavsumini muvaffaqiyatli yakunlab, respublikamizda birinchilardan boʻlib kontraktatsiya shartnomalari shartlarini bajargan tuman gʻallakorlari, bir guruh mehnat ilgʻorlarini Joʻqorgʻi Kengesning koʻkrak nishonlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Shundan soʻng tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha oʻrganishlar natijalari muhokama qilinib, tumandagi investitsiya loyihalari, yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, obodonlashtirish ishlari va iqtisodiy koʻrsatkichlar muhokama qilinib, yoʻllarni taʼmirlash, ijtimoiy obʼektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish boʻyicha mavjud muammolar oʻrtaga tashlanib, ularni hal etish boʻyicha aniq tavsiya va topshiriqlar berildi.

Majlisda aholi hayotida uchrayotgan muammolarga yechim topish, xalqni rozi qilish va farovonligini taʼminlash borasidagi muhim ishlar tanqidiy koʻrib chiqildi.

Majlis davomida Joʻqorgʻi Kenges Raisi tomonidan taʼkidlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019