Qumyop MFYda aholi çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi
Jamiyat farovonligi va barqaror taraqqiyoti, avvalo, aholi salomatligini muhofaza qiliş, kasalliklarni barvaqt aniqlaş va oldini oliş bilan çambarças boğliq. Ayniqsa, joylardagi tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, soğlom turmuş tarzi madaniyatini keng tarğib etiş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar aholi örtasida salomatlikka bölgan eʼtiborni yanada oşirmoqda. Şu maqsadda 7-may kuni Qangli oilaviy şifokorlik punktiga qaraşli Qumyop mahalla tibbiyot punktida “Soğlomlaştiriş oyligi” doirasida çuqurlaştirilgan tibbiy körik taşkil etildi.
Mazkur tadbir Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasining Köp tarmoqli markaziy poliklinikasi mutaxassislari — kardiolog, endokrinolog va terapevtlar, şuningdek, Qangli oilaviy şifokorlik punkti şifokorlari, patronaj hamşiralar, doyalar, laboratoriya hamşiralari hamkorligida amalga oşirildi. Körik davomida aholi UZI, EKG va klinik laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazilib, ularning umumiy salomatlik holati örganildi.
Jami 212 nafar aholi vakillari tibbiy körikdan ötkazilib, 18 nafar şaxsda turli salomatlik muammolari aniqlandi va ularga ambulator tartibda davolaniş uçun yöllanmalar berildi. Şu bilan birga, töşakka mixlanib qolgan 5 nafar bemor şifokorlar tomonidan uy şaroitida körikdan ötkazildi. Kasalliklar böyiça davolaş jarayonlarini samarali taşkil etiş maqsadida 12 turdagi dori vositalarga ehtiyoj aniqlanib, şundan 18 nafar bemorga bepul dori-darmon tarqatildi.
Tadbir doirasida tibbiy körikdan taşqari aholini soğlom turmuş tarziga yönaltirişga qaratilgan taşabbuslar ham amalga oşirildi. Jumladan, “Töğri ovqatlaniş va soğlom turmuş tarzi” umummilliy harakati doirasida “Soğlom ovqatlaniş yarmarkalari” hamda “Salomatlik maydonçalari” taşkil etildi. Maxsus tayyorlangan savolnoma orqali 48 nafar fuqaroning ovqatlaniş odatlari örganilib, ularga ekspert xulosalari berildi.
Şuningdek, Qumyop mahalla fuqarolar yiğini hududidagi “Salomatlik maktabi” aʼzolari va hamkor taşkilotlar bilan hamjihatlikda “Soğlom hayot uçun 5000 qadam” şiori ostida ommaviy piyoda yuriş tadbiri ötkazildi. Bu taşabbus nafaqat jismoniy faollikni ommalaştiriş, balki aholi orasida faol va soğlom hayot tarziga qiziqişni kuçaytirişga xizmat qildi.
Bundan taşqari, “Issiq iqlimda töğri ovqatlaniş va töğri kiyiniş”, “Jismoniy faollik — bu salomatlik”, “Zararli odatlarning oldini oliş” kabi mavzularda soğlomlaştiruvçi suhbatlar taşkil etildi. Mavsumiy va yuqumli bölmagan kasalliklarning oldini oliş maqsadida aholiga 62 dan ziyod tarqatma materiallar ulaşildi.
Qangli oilaviy şifokorlik punktida taşkil etilgan mazkur tadbir joylarda tibbiy xizmat sifatini oşiriş, aholining salomatlik holatini muntazam monitoring qiliş, kasalliklarni erta aniqlaş va ularning oldini olişga xizmat qildi. Eng muhimi, bunday amaliy çoralar orqali aholi turmuş tarzida tibbiy madaniyatni şakllantiriş, profilaktikaga oid bilimlarni mustahkamlaş imkoni yaratildi.
Z. Saparova, Qangli OŞP mudirasi.
S. Muratboyeva, katta hamşira.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶