36-sonli umumtaʼlim maktabida “Kasbiy rivojlaniş soati” maşğulotlari yuqori saviyada taşkil etilyapti
Öqituvçilarning bilim va mahoratini doimiy ravişda oşiriş, ularni zamonaviy pedagogik yondaşuvlar asosida qayta tayyorlaş — taʼlim sifati yuksalişining muhim omili hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda taʼlim sohasini isloh qiliş, pedagoglar malakasini rivojlantirişga qaratilgan qator amaliy çora-tadbirlar izçil tatbiq etilmoqda.
Jumladan, Prezidentimizning 2024-yil 21-iyun kungi “Maktabgaça va maktab taʼlimi taşkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantiriş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga muvofiq, umumiy örta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlaniş soati” va “Kasbiy rivojlaniş kuni” amaliyoti joriy etildi.
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida ham uşbu jarayon samarali yölga qöyilgan. Har haftaning şanba kuni taşkil etilayotgan “Kasbiy rivojlaniş soati” maşğulotlari boşlanğiç sinf öqituvçilari uçun zamonaviy pedagogik bilim va könikmalarni oşirişga xizmat qiluvçi foydali platformaga aylandi. Uşbu maşğulotlarga maktabning yetakçi öqituvçisi, oliy toifali pedagog Saragul Yusupova rahbarlik qilmoqda.
Saragul Yusupova 1993-yildan buyon pedagogik faoliyat yuritib kelmoqda. Uning 32 yillik boy tajribasi va yuqori saviyadagi bilimlari bugungi yoş öqituvçilar uçun amaliyotga asoslangan namuna sifatida xizmat qilmoqda. Jonkuyar ustozning oçiq darslari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari nafaqat öquvçilar, balki hamkasblari uçun ham ibrat maktabiga aylangan. U öz bilim va tajribasini yoş pedagoglar bilan doimiy ravişda örtoqlaşib kelmoqda.
“Kasbiy rivojlaniş soati” doirasidagi maşğulotlar boşlanğiç sinf öqituvçilariga zamonaviy pedagogik yondaşuvlar, yangi metodlar bilan tanişiş, tajriba almaşiş va şaxsiy pedagogik mahoratni rivojlantiriş imkoniyatini yaratadi.
Yaqinda taşkil etilgan maşğulotlarda maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Sarvar Qutlimurodov, metod birlaşma rahbari Nasiba Bobojonova hamda boşlanğiç sinf öqituvçilari faol iştirok etdi. Maşğulotlarda amaliy dars tahlili, metodik kömak, dars kuzatuvi va refleksiya, şuningdek, malaka oşiriş kabi faoliyatlar ustuvor ahamiyat kasb etdi.
Ustozning mehnat samaralari öquvçilarining yutuqlarida ham yaqqol közga taşlanmoqda. Xususan, mental arifmetika böyiça ötkazilgan xalqaro tanlovlarda yuqori natijalar qölga kiritildi. Saragul Yusupovaning eng bilimdon öquvçilari Turkiya va Birlaşgan Arab amirliklari kabi davlatlarida bölib ötgan nufuzli bellaşuvlarda muvaffaqiyatli iştirok etişdi. Bu esa ustozning bilimga bölgan intilişi, zamonaviy yondaşuvlari va öz kasbiga bölgan yuksak masʼuliyati samarasidir.
Jonkuyar ustoz Saragul Yusupova fidoyi xizmatlari va yuqori pedagogik salohiyati uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Faxriy yorliği” hamda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining “Taşakkurnoma”lari bilan taqdirlangan.
Öqituvçilarning kasbiy rivojlanişi — taʼlim sifati va samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi. “Kasbiy rivojlaniş soati” va “Kasbiy rivojlaniş kuni” amaliyoti esa bu boradagi yutuqlarning mustahkam asosiga aylanmoqda. Mazkur jarayonda bilimdon, taşabbuskor va fidoyi pedagoglarning iştiroki ayniqsa muhim.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶