16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:52
Iqtisodiyot 👁 742

Xitoylik ishbilarmonlar Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Xitoylik ishbilarmonlar Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasidan ishbilarmonlar delegatsiyasi Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, hududning iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari bilan tanishdi. Mazkur tashrif tumanda yangi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, tumanning turistik salohiyatini rivojlantirish va sanoat tarmoqlarini kengaytirish uchun muhim asos yaratib, keng imkoniyatlar eshigini ochishi koʻzda tutilmoqda.

Tashrif davomida mehmonlar tuman hokimi Sobir Xoʻjametov hamrohligida “Chilpiq” tarixiy yodgorligiga borib, sayyohlik imkoniyatlarini oʻrgandi. Shuningdek, obʼekt atrofida zamonaviy mehmonxonalar, turistik xizmatlar markazlari va infratuzilma obʼektlarini barpo etish boʻyicha takliflar bildirildi. 

Turizm nafaqat madaniy, balki iqtisodiy rivojlanishda ham muhim ahamiyatga ega. Jahonda koʻplab davlatlar ushbu soha orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etib, yangi ish oʻrinlari yaratmoqda. Amudaryo tumani boy tarixiy va madaniy merosi bilan bu yoʻnalishda ulkan salohiyatga ega. 

Ishbilarmonlar tashrif davomida Beshtom mahallasida joylashgan “VORIS CHINA” MChJ faoliyati va korxonada kaolin qazib olishni kengaytirish loyihalari bilan ham tanishdi. 

Kaolin – yuqori sifatli oq gil boʻlib, keramika, qogʻoz, kosmetika, farmatsevtika va qurilish materiallari sanoatida keng qoʻllaniladi. Ushbu mineraldan tayyorlangan mahsulotlar qurilish va sanoatda muhim resurs sanaladi. Kaolin ishlab chiqarish hajmini oshirish tuman iqtisodiyotiga salmoqli hissa qoʻshib, eksport hajmini kengaytirishga ham xizmat qiladi. 

Soʻnggi yillarda Amudaryo tumani iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga kirib, xorijiy sarmoyadorlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. 2024-yil davomida qiymati 2,2 trln soʻmlik 37 investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 811 ta ish oʻrni yaratildi. 2025-yilda esa 317,8 mlrd soʻmlik 39 loyiha doirasida 732 ta yangi ish oʻrni tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

Prezidentimizning tegishli Farmoni doirasida 2022-2025-yillarda umumiy qiymati 120,3 mlrd soʻmlik 40 ta loyiha amalga oshirilishi va 267 ta ish oʻrni yaratilishi belgilangan. Hozirgacha 85,1 mlrd soʻmlik 34 ta loyiha amaliyotga tatbiq etilib, 201 ta ish oʻrni tashkil etildi. 

2025-yilda 24,2 mln dollarlik eksport prognoz qilingan boʻlib, shundan 18,8 mln dollari sanoat mahsulotlari, 5,4 mln dollari esa meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar doirasida 25 mln dollarlik 4 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Prezidentimizning “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida 920,7 mlrd soʻmlik 25 ta loyiha uchun toʻgʻridan-toʻgʻri yer ajratilib, 976 ta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan. Jumladan, 2025-yilda 493,3 mlrd soʻmlik 16 ta, 2026-2029-yillarda 402,3 mlrd soʻmlik 6 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. 

Xitoylik ishbilarmonlarning tashrifi tumanning iqtisodiy rivoji va investitsiya muhitini yanada jozibador qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm va sanoat sohalaridagi hamkorlik, kaolin ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi mehmonxonalar va infratuzilma obʼektlarini barpo etish loyihalari esa hududning investitsiya salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026