Bayram munosabati bilan sport musobaqalari taşkil etildi
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni ayol-qizlarga hurmat bajo keltiriş va ularning jamiyatdagi beqiyos örnini eʼtirof etiş uçun muhim sana hisoblanadi. Bu kun munosabati bilan turli tadbirlar ötkazilib, bayramona kayfiyat ulaşiladi. Ayniqsa, sport musobaqalari ayol-qizlar örtasida döstlik va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlaş, soğlom turmuş tarzini tarğib etişda muhim örin tutadi.
Şu maqsadda, 6-7-mart kunlari Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabida ayol pedagoglar va taʼlim sohasi xodimlari örtasida sport musobaqalari taşkil etildi. Bellaşuvlar şaxmat, şaşka, stol tennisi, nişonga otiş va voleybol kabi sport turlari böyiça ötkazildi.
Şaxmat bahslarida iştirokçilar strategik fikrlaş va puxta öylangan yurişlar orqali ğalaba qozonişga intilişdi. Şaşka musobaqasida tezkor tafakkur muhim rol öynagan bölsa, stol tennisining jadal öyinlari iştirokçilarning epçilligi va tezkorligini sinovdan ötkazdi. Nişonga otişda diqqat, barqarorlik va aniq möljal oliş mahoratlari sinovdan ötdi. Voleybol esa eng şiddatli keçgan musobaqalardan biri bölib, jamoalar ğalaba uçun astoydil kuraş olib bordi.
Musobaqalar yakunida ğoliblar aniqlanib, Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Bahslar jarayonida iştirokçilar özaro tajriba almaşib, yangi döstlar orttirişdi.
Bu kabi tadbirlar sportni ommalaştiriş, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş va jamoaviy birdamlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Bayram kayfiyatini ulaşgan musobaqalar iştirokçilarda unutilmas taassurot qoldirdi va ularning kelgusi yutuqlari uçun kuç-ğayrat bağişladi.
Barça aziz ayollarni yana bir bor 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etamiz!
U.Abduraxmanov, Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶