QIŞLOQDAGI NAMUNALI MAKTAB
Bugungi davr har bir insondan yuksak bilim va salohiyatni talab etadi. Ösib kelayotgan yoş avlodning tobora rivojlanib borayotgan ilm-fan asoslarini puxta egallaşga bölgan ehtiyojini qondiriş uçun ilk qadam umumtaʼlim maktablaridan boşlanadi. Öquvçi-yoşlarni iqtidor va qobiliyatlariga muvofiq özlari qiziqqan fanlar böyiça yönaltirib taʼlim-tarbiya beriş esa öqituvçining bilim va mahoratiga, pedagogika jamoasining birdamligiga boğliq. Şu nuqtai nazardan olib qaraydigan bölsak, bugungi pedagog öqitişning eng ilğor uslublarini özida mujassam etiş bilan birga, mamlakatimizda taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan kelib çiqib, darslarini namunali tarzda taşkil etişi talab etiladi.
Öquvçilari turli xil körik-tanlovlarda, umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida ötkaziladigan fanlar olimpiadalarida yutuqlarga erişayotgan maktablar haqida köpçilik: “bu maktab şaharda yoki tuman markazida joylaşgan, ularda imkoniyat köp”, qabilida fikr bildirişadi. Aslida esa muvaffaqiyatlar siri taʼlim muassasasining manzil-makonida emas, balki pedagogika jamoasining ahilligida, bir maqsad yölida birdamlik bilan iş yuritişida. Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli Surayyo Eşboyeva rahbarligidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabi faoliyati bilan tanişiş jarayonida bunga yaqqol guvoh böldik.
Tuman markazidan 14 çaqirim atrofidagi olis masofada, Qipçoq qişloği hududida joylaşgan mazkur taʼlim maskani 1990-yilda bunyod etilgan bölib, 2022-yilda joriy taʼmirlangan. 600 öquvçi-örin quvvatiga ega muassasada ayni paytda 562 nafar öquvçi-yoşlar taʼlim-tarbiya olişmoqda. Maktabda faoliyat olib boruvçi 50 nafar pedagog xodimlarning 5 nafari oliy, 15 nafari 1-toifali öqituvçilar bölib, ulardan 6 nafari öz mutaxassislik fanlari böyiça xalqaro darajadagi S1 sertifikati egalaridir.
Maktabda fan tögaraklari yaxşi yölga qöyilgan. Xususan, oliy toifali ingliz tili fani öqituvçisi Sanʼat Jumamurodovning öquvçilari ingliz tilida bemalol muloqotga kirişsalar, Dilafröz Törayeva hamda Dilfuza Ortiqboyevalar rahbarligidagi ingliz tili tögaragi aʼzolari kiçik hikoya va şeʼrlarni özbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan özbek va qoraqalpoq tillariga qiynalmasdan tarjima qilib berişadi. Xalqaro darajadagi S1 sertifikati sohibalari, oliy toifali rus tili fani öqituvçisi Zebo Xolboyeva, Xolpoşşa Bidaşevalarning tögarak maşğulotlari maktab öquvçilari uçun yanada qiziqarli.
Şuningdek, maktabda oliy toifali matematika fani öqituvçilari Erkin Allamberganov, Nodira Otajonova, tabiiy fanlar öqituvçilari Aziza Saburova, Nilufar Otaboyeva, jismoniy tarbiya fani öqituvçilari Zafar Matsafoyev, Behzod Örozboyevlarning har bir darsi va tögaraklar böyiça maşğulotlari maktab öquvçilari uçun biri-biridan qiziqarli taassurotlarga boy tarzda ötadi.
Aziza Xolmurodova öquvçilarga ona tili va adabiyot fanidan dars beradi. Öz mutaxassislik fanining bilimdoni bölgan Aziza öquvçilari bilan dars jarayonida ham, darsdan taşqari tögarak maşğulotlarida ham soatlab şuğullanişdan, ularning qiziqişlari doirasida qöşimça adabiyotlar asosida maşğulotlar olib borişdan aslo çarçamaydi. Öquvçilarni qiziqtirgan mavzular yuzasidan referatlar, ilmiy-nazariy va uslubiy maʼruzalar tayyorlaş, ularni amalda qöllaş orqali öquvçilarning bilimini boyitib boriş, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantiriş Azizaning doimiy masʼuliyatli işiga aylangan.
Tabiatan intiluvçan va izlanuvçan, doimiy ravişda öz fani böyiça innovatsion uslub va ğoyalarni qöllagan holda dars ötişga bölgan iştiyoqi tufayli uning öquvçilari orasida ona tili va adabiyot faniga mehr qöygan yoşlar talaygina. Joriy öquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida 9-sinf öquvçisi Sevinç Karimova faxrli birinçi, 11-sinf öquvçisi Şodiyona Jabborberganova 2-örinni egallab, mazkur olimpiadaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldilar.
Aniq fanlarni öqitiş böyiça öziga xos malaka va tajribaga ega pedagoglarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli maktabning “THE BEST” zakovatli bolalar jamoasi tumanda ötkaziladigan bilimdonlar bahslarida doimiy ravişda faxrli örinlarni egallab kelişmoqda. 2023-2024 öquv yilida esa 23 nafar bitiruvçilarning 17 nafari mamlakatimizdagi nufuzli OTMlarning talabalari bölişdi.
– Erişilayotgan yutuqlarning barçasi boşlanğiç sinflarda bolalarga yaxşi taʼlim-tarbiya berilganining samarasi, – deydi maktab direktori Surayyo Eşboyeva. – Çunki bolaning qiziqiş va iqtidori qöliga ilk qalam tutgan kunidan boşlanadi. Bu borada biz boşlanğiç sinflar öqituvçilari Nodira Xolimbetova, Dilşoda Yusufova, Xolida Haydarovalardan minnatdormiz. Ular 4-yil davomida bolalarni umumtaʼlim fanlariga muvaffaqiyatli tayyorlaşmoqda.
Biz yuqorida taʼlim sohasida muvaffaqiyatlarga erişiş taʼlim muassasasi joylaşgan manzil va makonga boğliq emasligi haqida söz yuritgan edik va buni tuman markazidan salkam 14 çaqirim olis masofada joylaşgan 18-sonli qişloq maktabi pedagogika jamoasi faoliyati bilan tanişiş asnosida yaqqol his etdik.
Şunday bölsa-da muassasada öz yeçimini kutayotgan muammolar ham yöq emas. Maktab oşxonasi uçun ayni paytda 60-örinli oşxona jihozlari zarur. Jihozlar yetişmovçiligi tufayli, ayniqsa, boşlanğiç sinflar öquvçilarini vaqtida ovqatlantiriş borasida qiyinçiliklarga duç kelişadi. Bundan taşqari, 3ta boşlanğiç va 4ta yuqori sinflarning sinf xonalari yaxşi jihozlanmaganidan dars-maşğulotlarini amalga oşirişda öqituvçilar ham, öquvçilar ham baʼzan noqulay vaziyatlarga tuşib qolişadi.
Umid qilamizki, Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼullari uşbu muammoga eʼtibor berişadi va birdamlik, hamjihatlik bilan iş yuritiş orqali öquvçi-yoşlarga zamon talablari darajasida sifatli taʼlim berayotgan maktab pedagogika jamoasini qiynab kelayotgan mazkur muammoga albatta yeçim topişadi. Zotan, sifatli va namunali taʼlimga faqat va faqat namunali iş şaroitidagina erişiladi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶