12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:53
Siyosat 👁 539

Xalq deputatlari tuman Kengaşining birinçi sessiyasi bölib ötdi

Xalq deputatlari tuman Kengaşining birinçi sessiyasi bölib ötdi

2024-yil 8-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida yettinçi çaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengaşining birinçi sessiyasi bölib ötdi.

Sessiyada tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga tumandan saylangan deputatlar, tuman hokimining örinbosarlari, muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari, OAV vakillari va tuman faollari taklif etildi.

Sessiyani tuman saylov komissiyasi raisi Yalğoş Şomurodov oçdi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga 2024-yil 27-oktyabrda bölib ötgan saylov natijalari töğrisida axborot berdi.

Axborotda qayd qilinganidek, saylovlarga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş bilan boğliq barça tadbirlar Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga qatʼiy amal qilingan holda oçiq va oşkora tarzda amalga oşirilgan. Xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylov ötkazuvçi 64 ta saylov uçastkalarida ötkazilgan ovoz beriş yakunlariga köra 125 nafar nomzoddan okruglar böyiça saylovçilarning eng köp ovozini olgan 25 nafari deputat qilib saylangan va röyxatga olingan. Ularning 11 nafari ayollar, 12 nafari esa birinçi marta deputatlikka saylangan nomzodlardir.

Deputatlar orasida muhandis-mexaniklar 3 nafarni, öqituvçilar 10 nafarni, şifokorlar 3 nafarni, agronomlar 5 nafarni va boşqa soha mutaxassislari 4 nafarni taşkil qiladi.

Sohalar böyiça esa qişloq xöjaligi xodimlari 2 nafar, sanoat xodimlari 2 nafar, siyosiy partiyalar va jamoat taşkilotlari vakillari 3 nafar, xalq taʼlimi sohasi xodimlari 8 nafar, soğliqni saqlaş sohasi xodimlari 2 nafar, hokimlik xodimlari 2 nafar va fuqarolar yiğinlari xodimlari 6 nafarni taşkil qiladi.

Saylanganlarning barçasi oliy maʼlumotli mutaxassislardir. Deputatlar orasida 30 yoşgaça bölganlar 1 nafarni, 30-40 yoşgaça bölganlar 4 nafarni, 40-50 yoşgaça bölganlar 5 nafarni, 50-60 yoşgaça bölganlar 11 nafarni va 60 yoşdan oşganlar 4 nafarni taşkil qiladi.

Şundan keyin “Xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini röyxatga oliş töğrisida”gi masala muhokama qilindi. Kengaş qarori bilan Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan 7 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 6 nafar, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan saylangan 3 nafar, Xalq demokratik partiyasidan saylangan 6 nafar va Ekologik partiyadan saylangan 3 nafar deputatdan iborat partiya guruhlari röyxatga olindi.

Deputatlar şuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining Reglamenti va doimiy komissiyalar töğrisidagi Nizomni ham tasdiqladilar.

Sessiyada keyin “Amudaryo tumani hokimini tayinlaş töğrisida”gi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining farmoyişini tasdiqlaş haqida”gi masala körib çiqildi.

Deputatlar eʼtiboriga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining 2024-yil 6-noyabrda qabul qilingan “Xöjametov Sobir Jabbarberganoviçni Amudaryo tumani hokimi etib tayinlaş töğrisida”gi farmoyişi taqdim qilindi. Söngra nomzod böyiça deputatlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Sözga çiqqanlar Sobir Xöjametovning köp yillar davomida Amudaryo tumani va Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida turli taşkilotlarda, vazirlik va idoralarda samarali faoliyat yuritgan katta tajribaga ega rahbar ekanligini qayd qilib, uning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

“Xöjametov Sobir Jabbarberganoviçni Amudaryo tumani hokimi etib tayinlaş töğrisida”gi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining farmoyişi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Şundan keyin Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov tumanni kelgusi 5-yil davomida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş böyiça dasturini taqdim qildi.

Taqdimotda taʼkidlanganidek, 2024–2029-yillarda tumanni har tomonlama rivojlantiriş uçun qabul qilingan dasturning asosiy maqsadi aholi farovonligini oşiriş va barqaror iqtisodiy rivojlanişni taʼminlaşdir. Tuman hokimi öz maʼruzasida asosiy eʼtiborni iqtisodiyot, sanoat, qişloq xöjaligi, tadbirkorlik, taʼlim va tibbiyot sohalarini rivojlantiriş masalalariga qaratdi.

Dasturda tumanning iqtisodiy ösişini yanada yaxşilaş maqsadida sanoat, qişloq xöjaligi va xizmatlar sohalarini rivojlantiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilangan. Masalan, sanoat hajmi 2024-yil yakuni böyiça 1,6 trln. sömni taşkil qilişi kutilayotgan bölsa, 2029-yilga kelib bu körsatkiçni 2,9 trln sömga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, qişloq xöjaligini yanada rivojlantiriş maqsadida yerdan samarali foydalaniş, hosildorlikni oşiriş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş, intensiv boğ va tokzorlar barpo qiliş közda tutilmoqda.

2025-2029-yillar davomida tumanda umumiy qiymati 130 mln dollarga teng bölgan 345ta yangi investitsion loyihalarni işga tuşiriş va 2 684ta yangi iş örinlari taşkil etiş, 250 mln dollar miqdorida töğridan-töğri xorijiy investitsiya va kreditlarni özlaştiriş, şu bilan birga tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini 83,9 mln dollarga yetkaziş, bunda, eksportçi korxonalar sonini 20taga yetkazib, eksport geografiyasini 10ta davlatga, eksport qilinadigan yangi mahsulotlar turlarini esa 20taga yetkaziş reja qilinmoqda.

Ijtimoiy yönalişda esa işsizlikni 4,4 foizga tuşiriş, taʼlim tizimini takomillaştiriş va maktabgaça taʼlim bilan qamrab oliş darajasini 82,2 foizga yetkaziş, tibbiyot sohasini yanada rivojlantiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilangan. 2025-2029-yillarda tuman hududida qöşimça 2ta yangi umumtaʼlim maktabi quriş, 5ta umumtaʼlim maktablarini mukammal taʼmirlaş hamda 2ta maktabda rekonstruktsiya işlarini amalga oşiriş orqali qöşimça 1 880 nafar yangi öquvçi örni yaratilişi közda tutilgan.

Şuningdek, aholiga qulayliklar yaratiş maqsadida infratuzilmani yaxşilaş, aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, yöl va köpriklarni taʼmirlaş, yaşil maydonlar yaratiş va boşqa yönalişlarda ham tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilişi közda tutilgan.

Dastur kelgusi 5-yil davomida tumanning iqtisodiy rivojlanişini taʼminlaşga, aholining turmuş darajasini yanada oşirişga qaratilgan aniq va manzilli çora-tadbirlarni öz içiga olgan.

Taqdimotdan keyin sessiyani tuman hokimi – xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisi Sobir Xöjametov olib bordi.

Sessiya kun tartibidagi sönggi masala muhokamasidan keyin Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari tuman va şahar Kengaşlarining Qöşma majlisi Maslahat kengaşiga 21-Çoyköl saylov okrugidan tuman Kengaşi deputati Yaxşimurat Axmedovning nomzodi tavsiya etildi.

Kun tartibiga kiritilgan barça masalalar böyiça Kengaş qarorlari qabul qilinib, şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.

amunews.uz veb-sayti tahririyati

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026