Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 81-sessiyasi töğrisida axborot
2024-yil 16-oktyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining 81-sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada deputatlar, tegişli taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani Kengaş raisining örinbosari Ğulomjon Eşniyozov oçdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 10-Toş yop saylov okrugidan deputat Ilhom Polvonov saylandi.
Kun tartibidagi birinçi masala böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Anvar Orazbayev sözga çiqib, Xalq qabulxonasi, sektorlar va hududdagi taşkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan işlaşiş holati hamda hududlardagi hokim yordamçilarining faoliyati yuzasidan axborotlar berdi.
Taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2024-yilning uçinçi çoragi davomida tuman aholisi tomonidan jami 3 ming 627ta masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşgan. Şundan 3 ming 589ta murojaatlar körib çiqilgan bölib, 2 ming 649tasi qanoatlantirilgan, 1 ming 403tasi murojaatçilar foydasiga ijobiy hal qilingan. Murojaatlarning 2 ming 626tasi tumandagi davlat organlari, idora va taşkilotlar tomonidan, qolganlari esa Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri hamda Respublikaning boşqa tuman va şaharlaridagi davlat organlari, vazirlik va boşqarmalar tomonidan örganib çiqilgan.
Ötgan 9 oy davomida hokim yordamçilari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida 3 ming 672 nafar fuqaroga 52,8 mlrd. söm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Hisobot davrida 184 nafar fuqaroga jami 1,76 mlrd. sömlik subsidiya ajratilgan. 819 nafar şaxs kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitilib, 3 ming 726 nafar şaxsning bandligi taʼminlangan. Jumladan, 2 ming 235 nafar fuqaro doimiy iş bilan taʼminlangan bölsa, 1 ming 495 nafari özini-özi band qilgan.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Amudaryo tumani Içki işlar bölimi boşliği Muxammetali Xojamurotov hisobot berdi. Hisobotda qayd qilinganidek, tuman hududida jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini oliş maqsadida “Profilaktika kuni” tadbirlari davomida 146 ta jinoyatlar muxokama qilingan, 38 ming 76ta xonadon örganilib, huquqbuzarlik sodir etiş yoki undan jabrlaniş ehtimoli yuqori bölgan 1 ming 572 nafar şaxslar bilan ijtimoiy profilaktik tadbirlarni amalga oşiriş böyiça “Mahalla yettiliklari”ga xulosalar taqdim etilgan. Mahalla faollari tomonidan 1 ming 218 nafar ijtimoiy profilaktika obʼekti bölgan şaxslarning muammolarini ijobiy hal etiş çoralari körilib, 1 ming 239 nafar şaxslar profilaktik hisobga olingan. 6 ming 679 nafar şaxslarga huquqbuzarlik sodir qilganligi uçun maʼmuriy çoralar körilgan. Hisobot davrida içkilikga ruju qöygan 96 nafar şaxs va 1 ming 78 nafar ruhiy kasallar majburiy davolaşga yotqizilgan hamda bosim va zöravonlikka uçragan 243 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan.
Kun tartibidagi barça masalalar böyiça faol muhokamalardan keyin Xalq deputatlari tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi.
Sessiyadan keyin tuman hokimi Sobir Xöjametov masʼullar bilan birgalikda 5-yil davomida Amudaryo tamanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga qöşgan hissasi, tuman miqyosida ötkazilgan tadbirlarda faol iştiroki, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning muammolarini hal qiliş borasidagi faolligi hamda homiylik işlari bilan boşqalarga namuna bölgani uçun xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining barça deputatlariga tuman hokimligining taşakkurnomasi va esdalik sovğalarini topşirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶