Sektorlar rahbarlarining yoşlar va fuqarolar bilan sayyor qabuli bölib ötdi
Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov hamda sektorlar rahbarlarining 3-sektor hududidagi ovul va mahallalarda yaşovçi fuqarolar va yoşlar iştirokida sayyor qabuli bölib ötdi. Xitoy ovulidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabining faollar zalida bölib ötgan sayyor qabulda hokim örinbosarlari, bölimlar masʼullari, korxona-taşkilotlar rahbarlari hamda hududdagi ovul va mahallalarda yaşovçi aholi vakillari iştirok etdilar.
Sayyor qabul avvalida tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan islohotlar inson qadri, aholi turmuş tarzini, yaşaş şaroitlarini tubdan yaxşilaş, xalqni rozi qiliş kabi ustuvor maqsadlarga qaratilganligi xususida söz yuritdi. Yiğilganlarga davlatimiz rahbarining, ayniqsa, Qoraqalpoğiston Respublikasida yaşovçi aholi farovonligini taʼminlaşga qaratayotgan eʼtibori alohida ekani, hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş uçun berilayotgan imkoniyat va yaratilayotgan şaroitlar mislsizligi taʼkidlandi.
Sayyor qabul mobaynida fuqarolardan turli masalalar yuzasidan köplab murojaatlar kelib tuşdi. Xususan, Xitoy ovulida yaşovçi Talğat Sarsenbayev ovul aholisiga maktabgaça taʼlim taşkiloti zarurligi, şu maqsadda eski boğça binosini ijara asosida olib, uning negizida yangi muassasa faoliyatini yölga qöyişda amaliy yordam sörab murojaat qildi. Fuqaro Rajabboy Sobirov esa maktab çegarasini ajratuvçi devor yölda piyodalar va haydovçilar harakatlanişi uçun qiyinçilik tuğdirayotganini aytib, xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida devorni qisman olib taşlab, panjara örnatişda amaliy yordam sörab murojaat qildi.
Şuningdek, fuqarolar Nurlan Sarsenboyev farzandining oliy taʼlim muassasasida öqişni davom ettirişi uçun şartnoma pullarini tölaşda, Zarif Xolmenov farzandining safarbarlik rezervi pulini qoplab berişda, Zamira Kamolova köçasiga toş yotqizib berişda, Olim Sultanov esa Xitoy ovuli markaziga bankomat örnatişda amaliy yordam sörab murojaat qildilar.
Ovul fuqarolarining murojaatlari qayd etilib, atrofliça örganiş hamda ijobiy hal etiş yuzasidan tegişli masʼullarga topşiriqlar berildi.
Söngra Bözyop ovulidan kelgan aholining murojaatlari qabul qilindi. Bözyoplik Öskin Aliyev köçasiga yöl çiqarişda qöşnisi bilan kelişmovçiliklar kelib çiqayotgani sababli yangi köçib borgan uyi joylaşgan köçaga yöl çiqarib berişda amaliy yordam sörab, Abdulla Örazimbetov Quruvçilar köçasidagi elektr simlari va ustunlarini yangilaş masalasida, Oybek Isçanov bolalarning 68-sonli maktabga qatnaşlarida qiyinçilik tuğilayotgani sababli Sadriddin Ayniy köçasining 1500 km qismiga toş-şağal aralaşmasini yotqiziş hamda yangi elektr simlari va ustunlarini örnatiş böyiça, Qalandar Bobojonov esa hududdagi Arslonbop, Ozodalik, Barçinoy köçalariga oqova suv yetib borişi uçun Yangi yop kanalining öng tomonidagi Sityop kanalini qazişda amaliy yordam beriş masalasida murojaat qildilar.
Şundan söng Bobur nomli hamda Kuyuk köpir ovullari, Qizilçoli, Özbekiston, Tor yop, Namuna mahallalaridan kelgan fuqarolar hamda yoşlar içki yöllarni taʼmirlaş, oliy taʼlim muassasalarining şartnoma pullarini tölaşda amaliy yordam beriş, mutaxassisligi asosida işga joylaşiş kabi masalalar yuzasidan masʼullarga murojaatlar yölladilar.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yöllangan barça murojaatlar qayd etib borildi. Murojaatlarning aksariyati qabul jarayonida öz yeçimini topdi. Qolgan murojaatlarni ham belgilangan tartibda ijobiy hal etiş uçun masʼullar bilan kelişib olindi hamda tegişli topşiriqlar berildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶