13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 02:28
Jamiyat 👁 477

QATAĞON QURBONLARI: ULAR ERK VA ADOLAT UÇUN KURAŞGAN HAZRATI INSON EDILAR

QATAĞON QURBONLARI: ULAR ERK VA ADOLAT UÇUN KURAŞGAN HAZRATI INSON EDILAR

Millatlar – şunçaki oddiy olomon yoki oddiy xalqlar emas, ular HAZRATI INSONLARDIR. HAZRATI INSON – u tabiatning eng oliy möʼjizasi, gözallikni, ezgulikni, baxtni tölaqonli his qiliş qudratiga egaligi uçun ham buyuk HAZRAT! Döstlikning, tinçlik va totuvlikning qadr-qimmatini uluğlab, boşiga kötarguvçi ham faqat Udir. Şuning uçun ham jadid bobolarimiz yuz yillar davomida Markaziy Osiyo mintaqasida yaşovçi barça millatlarni yagona xalq sifatida, yagona Vatan – mulki Turon farzandlari bölib yaşaşga daʼvat etib kelişgan. Ana şu daʼvatkor ruhdagi xatti-harakatlari tufayli mus­tabid tuzumning qatağon siyosati qurbonlariga aylanişgan.

Markaziy Osiyo hududida mustabid tuzum tomonidan milliy çegaralaniş siyosati olib borilgan 1924-yil nafaqat mintaqa xalqlari örtasida ayirmaçilikka, balki yagona xalq sifatidagi birlikka, ahillik va totuvlik tuyğularining yemirilişiga sababçi birdan-bir ğarazli omil böldi. Natijada mintaqa xalqlari sovetlar qatağon siyosatidan eng köp jabr kördilar. Ming-ming afsus va nadomatlar bölsinki, bu jabrdiydalarning deyarli barçasi oqni qoradan ajrata oladigan bilimdon, tadbirkor, elim, yurtim, degan millat fidoyilari, mustaqillik uçun kuraş maydoniga kirgan yalovbardorlar — HAZRATI INSONLAR edilar... 

MAʼLUMOT UÇUN: 1937-yilning iyul oyidan 1938-yilning noyabr oyigaça sovet imperiyasi hududidan 1,5 mlndan ziyod odam qamalgan, 700ming kişi otib öldirilgan. Tarixda “Katta terror” nomini olgan malʼun qonli siyosat tufayli birgina Özbekistonda 1937-yilning 10-avgustidan 1938-yilning 1-yanvarigaça, 5 oy davomida 10700 nafar kişi qamoqqa taşlangan. Ulardan 3613 kişi otişga hukm qilingan va bu qonli hukm şu kuniyoq ado etilgan. 7087 nafar millatning asl farzandlari esa 8-yildan 10-yilgaça bölgan muddatlarga qamalgan. Qamalganlarning aksariyat qismi olis Sibir örmonlarida oçlik, xörlik va qahraton sovuq tufayli özga yurtlar tuproğida jon berdilar.

Taʼbir joiz bölsa, qatağon qurbonlari – beayb qamalgan HAZRATI INSONlar – xalqimizning ERK va ADOLAT yölidagi bemavrid qirqilgan qanotlari edilar.

Men uzoq yillardan beri Amudaryo tumanining turli hududlarida yaşagan va mustabid sovet tuzumining qatağon siyosati qurboni bölgan insonlar haqida izlanişlar olib borayotgan oddiy ijodkor sifatida bilganim şuki, eng avval aqlli va bilimdon insonlar otuvga hukm qilingan.

Birgina 1938-yilning 10-fevral sanasida faqat Manğit tumanining özidan ilm-u maʼrifatli, işbilarmon va tadbirkor bölgan 30 nafarga yaqin insonlar ölim jazosiga hukm etilib, bu qonli hukm şu kunning özida ijro etilgan.
Ular orasida dörmanlik tadbirkor Dösimmat Matniyozov, manğitlik maʼrifatparvar ziyoli, rus, fors, arab tillarining bilimdoni, Xiva xonining muhrdori Matniyoz mufti Yusuf öğli, jumurtovlik (hozirgi Bobur nomli qişloq) Bobooxun (asl ismi Muhammad oxun) Salimov, dörmanlik Amat Yusupov, Raimjon Erniyoz öğli,..., yana 13 nafar xolimbeglik bilimdon, tadbirkor insonlar bor edilar. Kökragiga qatağon töpponçasi tiralib, nari borsa 25-30, 40 yoşida otilib ketgan bu kabi qatağon qurbonlarining biridan keyinçalik “xalq duşmanining farzandi” degan tamğa bilan yaşaşga mahkum, umri azoblar girdobida keçgan avlodlar qolsa, aksariyatidan faqat aççiq, armonli xotiralar qoldi.
Ular tom maʼnoda HAZRATI INSONlar edilar va yaşaşga, özlari tuğilib-ösgan zaminni gullab-yaşnatişga qodir bölgan Vatanning haqiqiy jonkuyarlari – azamat öğlonlari edilar. Ularning tirik qolişi sobiq sovet tuzumining makkor siyosati uçun xavf sanalardi va Markaziy Osiyo mintaqasini sotsializm ğoya­lari asosida boşqarişga jiddiy tösiq edi. Qolaversa, özbek, qozoq, qirğiz, tojik, turkman, qoraqalpoq va mintaqadagi boşqa etnik ozçiliklarning yaxlit bir makonda ahil-inoq yaşaşi sovetlar uçun xavf tuğdirişidan taşqari, til-u dini bir, anʼana va qadriyatlari ming yilliklarga borib taqaladigan, et bilan tirnoq kabi ahil xalqlarning jipsligi keyinçalik juda katta muammolarni keltirib çiqarişi mumkin, degan qörquv bor edi. Ana şu qörquv bois, Markaziy Osiyo makkor sovet tuzumi tomonidan parçalanib taşlandi, bu bilan ham qoniqmay, eng aqlli, bilimdon, vatanparvar, xalqparvar insonlar qatağonga giriftor böldilar.

Özbekiston ana şu parçalangan Markaziy Osiyoning kuçli bir bölagi edi. Mustaqillik – xalqimiz uçun oppoq, oydin yöllar oçdi, nainki xalq, balki bu zaminda yaşovçi barça millat va elatlarning, har bir insonning qadr-qimmatini joyiga qöydi! Tili, dini taʼqiqlar iskanjasida qolib, sözlamoqqa çoğlangan lablari qulflangan, erk va adolat istab qöyilgan qadamlari, parvozga şaylangan qanotlari qirqilgan xalq zakosi yuksaklarga kötarildi.
Ayniqsa, 2024-yil 19-iyuldagi “Siyosiy qatağon qurboni bölgan yurtdoşlarimiz hayoti va faoliyatini örganiş, tarğib etiş hamda ularning xotirasini abadiylaştiriş borasidagi işlarni kengaytiriş töğrisida”gi Prezident Qarori xalqimiz qalbidagi oğriqli çandiqlarga haqiqiy malham böldi.

Qatağon qurbonlarining ruhlari mangu makon topgan ommaviy qabrlar joylaşgan hududlar obodonlaştirilib, xalq uçun muqaddas ziyoratgohlarga aylantirildi. Millat farzandlarining qahramonona hayoti va fao­liyati haqida badiiy asarlar çop etilib, hujjatli filmlar tas­virga olindi.

Bir vaqtlar: “Ey uluğ Turon, Arslonlar ölkasi! Senga ne böldi? Ey, Çingizlarning, Temurlarning, Öğuzlarning,... şonli beşik­lari! Qani u çiqdiğing yuksak örinlar?!...” deb baralla hay­qirgan Abdu­rauf Fitrat bobomizning orzusi uşaldi – nainki Özbekistonda, balki Markaziy Osiyoda haqiqiy Arslonlar uyğondi! Qatağon qurbonlari bölgan mard-u maydon insonlarning nomlari oqlandi. Ularning ezgu orzularini röyobga çiqariş sari işonç va dadillik bilan qadam qöyişga daʼvatkor çaqiriq sifatida har bir insonga maʼnaviy kuç bağişladi.

Bugungi Davlatboşilarining uzoqni közlab olib borayotgan siyo­satlarining mazmun-mohiyati ham jadid bobolarimizning orzulari, “Temurlarning, Öğuzlarning şonli beşiklari”ni asraş, yagona xalq, yagona Vatan sifatidagi uluğ maqom bilan Markaziy Osiyo mintaqasida tenglik, tinçlik, totuvlik va abadiy döstlik qörğonini bunyod etişdir.

Mohiyatan olib qaraydigan bölsak, siyosiy qatağon qurbonlari bölgan ota-bobolarimizning mustaqillik, erk va adolat yölidagi xatti-harakatlari ham aynan ana şu maqsadlar yölidagi kuraşlardan iborat edi va bu içki hamda taşqi taʼsirlar natijasida mahv etilib, Istiqlol fidoyilarini dor ostiga olib borgandi.

Nazarimda, sobiq sovetlar tuzu­mining qatağon siyosati bu bilan tugamadi. Ikkinçi jahon uruşida tengsiz qahramonliklar körsatgan jafokaş xalq boşiga yana malomatlar, böhtonlar yoğildi. “Paxta işi” deb “qama-qama”lar boşlangan alğov-dalğovli yillarda yana yuzlab millat fidoyilari qatağonga uçradi.

Ming şukurki, mustaqillik tufayli xalq çekkan azob-uqubatlar ortda qoldi. Xalqimiz bugun öz fidoyi farzandlarini yuksak ehtirom bilan xotirlab, ularning tengsiz matonat va jasoratlari haqida iftixor bilan sözlaydilar.
Har yili 31-avgust sanasida Toşkent şahridagi şahidlar xotirasi majmuasini ziyorat qiladilar, mamlakatimizning barça hududlaridagi qatağon qurbonlarining nomlari bitilgan ramziy xotira kitoblari qoşida tiz çökib, Qurʼon oyatlaridan tilovatlar öqib, xalqlar mustaqilligi uçun jon fido etgan Vatan farzandlarini ehtirom bilan yodga oladilar. Çunki biz bugungi avlod erki, ozodligi va tinçligi, baxt-saodati yölida qurbon bölgan HAZRATI INSONlarni unutişga haqqimiz yöq! 

Robiya Yöldoşeva.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026