16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 321

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali foydalanish boʻyicha tushuntirish-targʻibot ishlari oʻtkazilmoqda

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali foydalanish boʻyicha tushuntirish-targʻibot ishlari oʻtkazilmoqda

Keyingi yillarda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hajmlarini oshirish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish imkoniyatlarini kengaytirish, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish muhim masalalardan hisoblanadi.

Shu maqsadda qabul qilingan tegishli hujjatlar bilan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida hamda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga maqbul ekinlar ekilishi yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Soha masʼullari tomonidan tumanimizdagi ovul va mahallalarda fermer xoʻjaliklari raislari bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan unumli foydalanishga doir muhim tavsiyalar berilmoqda. Oq oltin ovulida tashkil qilingan tadbirda fermer xoʻjaliklari raislariga shu kabi masalalar bilan bir qatorda soha qonunchiligiga doir yangiliklar haqida ham axborot berildi.

Mazkur tadbirda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Sarvar Matyoqubov, inspektsiyaning tuman boʻlimi bosh mutaxassisi Akrom Erdashev, Oq oltin ovuli qishloq xoʻjaligi agronomi Anvar Xalimbetov va fermer xoʻjaliklari raislari ishtirok etishdi.

Dastlab inspektsiyaning Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Sarvar Matyoqubov soʻzga chiqib, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida maqbul ekinlar ekilishi yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishining ahamiyati toʻgʻrisida fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, endilikda fermer xoʻjaliklari ushbu vazifalarni bajarmasdan, belgilangan oʻrinlarni oʻz holiga tashlab qoʻygan taqdirda taqdimnomalar kiritilib, yer ijara shartnomalari bir taraflama bekor qilinishi maʼlum qilindi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Yer Kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga maydoni 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkalari ajratilishi mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 40-moddasi hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga koʻra, yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini taʼminlash, asosiy ekinlarning rivojlanishiga salbiy taʼsiri boʻlmagan hollarda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga daromad keltirishi mumkin boʻlgan maqbul ekinlar ekilishini taʼminlash yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarga alohida majburiyat qilib belgilangan. Ushbu vazifalarni bajarish fermer xoʻjaliklarining asosiy majburiyatlaridan hisoblanadi.

Bundan tashqari, tadbir davomida fermer xoʻjaliklari raislariga ushbu yer maydonlariga belgilangan ekinlarni ekish boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijara sifatida 10-yilgacha ijaraga berish huquqi mavjudligi ham tushuntirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mazkur masalalar boʻyicha murojaatlariga mutaxassislar tomonidan javob va tavsiyalar berildi.

Sarvar Matyoqubov, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026