IŞONÇ - MASʼULIYaT DEMAKDIR
Bugungi kunda ilğor, ijodkor, isteʼdodli, taʼlim beriş jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanuvçi, yuksak kasb mahoratiga ega pedagoglar tajribasini ommalaştiriş xalq taʼlimi tizimining asosiy vazifalaridandir.
Amalga oşirilayotgan "Dars muqaddas”, "Örgan, örgat”, "Ustoz va şogird maktabi”, "Murakkab fan örganaman”, "Soğlom muhit – soğlom jamoa”, "Bilimlar bellaşuvi”, "Puxta işlangan reja - samarali natija”, "Mahorat maktabi” kabi tadbirlar ayniqsa öqituvçilarning malakasi va kasbiy mahoratini oşirişga yönaltirilgan.
Uşbu innovatsiyalarni maktabda amaliyotga tadbiq etiş jarayonida biz taʼlim sifatini oşirişga oid takliflarni jamlaş, öqituvçilarning ehtiyojlarini örganiş va taʼlim mazmunidagi yangiliklar hamda dars beriş metodikasiga doir sönggi yutuqlarni özlaştiriş imkoniyatiga ega bölmoqdamiz. Çunki dars jarayonida eskiça usullardan voz keçib, zamonaviy uslub va vositalarni qöllay biladigan, salohiyatli, öz fanini puxta biladigan mahoratli öqituvçilargina şogirdlarini hozirgi tezkor va şiddat bilan rivojlanayotgan davrda öz örnini topa oladigan, mustaqil fikrga ega, intellektual salohiyatli qilib tarbiyalay oladi.
Mamlakatimizda bolalarga taʼlim-tarbiya beriş davr talablaridan kelib çiqqan holda taşkil etilgani bois, öquvçilarimiz turli körik-tanlovlarda, bilimlar bellaşuvi va fanlar olimpiadalarida yuqori örinlarni egallab kelişmoqda.
Öquvçilar qalbida öz tuğilgan makoniga, Vataniga, yaqinlariga muhabbat hissini tarbiyalaş – taʼlim-tarbiya jarayonining eng muhim yönalişlaridandir. Bunga erişiş uçun nazariy bilim beriş kifoya qilmaydi. Jamoa bölib özgalar kömagiga muhtoj kişilarga yordam berib, yolğiz keksa, nogiron kişilar holidan xabar olib, yo oilasida biror muammo tuğilgan sinfdoşining muammosi hal bölişiga kömaklaşib, maktabimiz atrofini kökalamzorlaştiriş va obodonlaştirişda birgalikda mehnat qilib va şu jarayonning özida buning ahamiyatini tuşuntiriş orqali bunga erişişga intilayapmiz.
Öqituvçilarimiz, öquvçilarimiz saʼy-harakatlari natijasida maktabimiz atrofi yam-yaşil daraxtlarga burkangan. Yoz böyi qulf urib oçilib turadigan anvoyi gullar barçaga zavq bağişlaydi.
Menga 2014-yil 21-dekabrda bölib ötgan saylovda Boyovul saylov okrugi saylovçilari işonç bildirişib, xalq deputatlari tuman Kengaşiga deputat qilib saylaşdi. Kengaşning Mahalliy byudjetni şakllantiriş, uni ijro etiş, iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça doimiy komissiyasi kotibi böldim.
Saylovçilar işonçini oqlaşga, özimga topşirilgan vazifani sidqidildan bajarişga intilayapman. Çunki işonç - masʼuliyat demakdir.
Nilufar DAVLETOVA, 31-sonli maktab direktori, xalq deputatlari tuman Kengaşi
deputati.
(Foto - http://img.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶