Öquv-seminarda umumtaʼlim maktablarini attestatsiyadan ötkazişning yangi tartiblari haqida maʼlumot berildi
Söngi yillarda mamlakatimizda maktab taʼlimini rivojlantiriş va maktab taʼlimi muassasalarining xalqaro standartlariga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etiş maqsadida sohaga doir qonunçilik tizimi takomillaştirilib, qator işlar amalga oşirildi. Amaldagi qonunçilikka köra, umumtaʼlim maktablarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan ötkazişning yangi tartibi belgilandi.
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tomonidan “Umumiy örta taʼlim taşkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan ötkazişning yangi tartibi” mavzusida öquv-seminar taşkil etildi. Seminarga tumandagi barça umumtaʼlim maktablarining öquv işlari böyiça dirertor örinbosarlari va maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi mutaxassislari taklif qilindi.
Tadbirni tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi rahbari Ibrahim Radjapov oçdi va seminarda belgilangan mavzular bugungi kunda taʼlim sifatini oşirişda dolzarbligini taʼkidlab ötdi.
Şundan keyin Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi metodisti Rayhon Yakubova umumtaʼlim maktablarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan ötkazişning yangi tartiblari va bu jarayonning taʼlim sifatini oşiriş hamda maktab reytingini belgilaşdagi ahamiyati töğrisida maʼruza qildi.
Tegişli hujjatlar bilan maktablarni majburiy attestatsiyadan ötkaziş davriyligi 5-yildan 11-yilgaça uzaytirildi va öz taʼlim sifatini biliş istagida bölgan maktablarga ixtiyoriy ravişda muddatdan oldin şartnoma asosida attestatsiyadan ötişga ruxsat berildi. Şuningdek, umutaʼlim maktablarini attestatsiyadan ötkaziş jarayoni soddalaştirilib, 63 ta mezondan 13 ta mezonga qisqartirildi. Attestatsiya jarayonlariga jalb qilingan ekspertlarga vazirlik jamğarmasi mablağlari hisobidan iş haqi tölanişi belgilandi.
Bundan taşqari, attestatsiyadan ötkaziş jarayonlari qisqartirilişi natijasida attestatsiyadan ötiş töğrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar soni ham qisqartirildi. Attestatsiyaning asosiy printsiplari esa mustaqillik, xolislik, oşkoralik, şaffoflik, davriylik majburiylik qilib belgilandi.
Attestatsiya Nizomda belgilangan talablar asosida Vazirlik tomonidan taşkil etiladi. Attestatsiya taʼlim taşkilotlarining faoliyatini içki va taşqi baholaşdan iborat bosqiçda ötkaziladi. Umumiy örta maktablarning faoliyati 6 ta soha, 13 ta mezon va 48 ta körsatkiç orqali amalga oşirilib, 1000 ballik tizimida baholanadi. Şu bilan birga, bitiruvçi sinf öquvçilaridan olinadigan nazorat işlari alohida 100 ballik tizimda baholandi.
Umumiy örta taʼlim maktabi faoliyatini içki baholaş jarayonida barça sinf öquvçilaridan nazorat işi olinadi. Içki baholaş jarayonlari umumiy örta taʼlim maktabi rahbariyati tomonidan har yili ötkazilib, platformaga kiritib boriladi.
Seminar qizğin muhokamalarga boy böldi. Tadbir davomida 28-sonli maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosari Bahodir Yuldaşev va 62-sonli maktab direktorining maʼnaviy-marifiy işlar böyiça örinbosari Zokir Atayevlar mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirişdi.
Seminar iştirokçilarining barça savollariga mutaxassislar tomonidan töliq javob berildi.
Rayhon Yakubova, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi metodisti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶