Bayram arafasida taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan ayol pedagoglar va umumtaʼlim muassasalari xodimlari örtasida sport musobaqalari ötkazildi
Amudaryo tumanida 8-mart – Xalqaro ayol qizlar kuni munosabati bilan taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan ayol pedagoglar va umumtaʼlim muassasalari xodimlari örtasida sport musobaqalari ötkazildi. Tuman ixtisoslaştirilgan maktabi binosi va sport zalida taşkil etilgan musobaqalar şaxmat, şaşka, stol tennisi, darts va voleybol sport turlari böyiça ötkazilib, taʼlim tizimidagi ayollarning jismoniy faolligini oşiriş, bayram munosabati bilan hamkorlik va raqobat ruhini kuçaytiriş, şuningdek, soğlom turmuş tarzini tarğib qilişga qaratildi. Tadbir taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan taşkil qilinib, unda tumandagi turli umumtaʼlim maktablaridan öqituvçilar va boşqa taʼlim xodimlari faol iştirok etdilar.
Qizğin va murosasiz ötgan bellaşuvlar natijalariga köra hakamlar hayʼati tomonidan ğoliblar aniqlandi. Şaxmat musobaqasida 1-örinni 11-sonli maktab öqituvçisi Nazokat Gaipova egalladi. 2-örin 80-sonli maktab öqituvçisi Gözal Kenjabayevaga, 3-örin esa 45-sonli maktab öqituvçisi Tozagul Norboyeva hamda 64-sonli maktab öqituvçisi Gulçehra Allamovalarga nasib etdi. Bu musobaqa ayol pedagoglarning intellektual qobiliyatlarini namoyiş etiş uçun muhim platforma vazifasini ötadi.
Şaşka musobaqalarida ham qizğin bahslar kuzatildi. 1-örinni 85-sonli maktab öqituvçisi Sanobar Şarifboyeva qölga kiritdi. 2-örin 16-sonli ixtisoslaşgan davlat umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Oygul Jumabayevaga, 3-örin esa 29-sonli maktab öqituvçisi Gulnora Xudaybergenova hamda 75-sonli maktab öqituvçisi Ardax Saymaxanovalarga nasib qildi. Şaşka öyini pedagoglar örtasida mantiqiy fikrlaş va taktik qobiliyatlarni rivojlantirişga xizmat qildi.
Stol tennisi böyiça musobaqalarda harakatçanlik va reaktsiya tezligi hal qiluvçi omil böldi. 1-örinni 64-sonli maktab öqituvçisi Fotima Şomuratova egalladi, uning hujumkor öyin uslubi raqiblaridan ustunligini taʼminladi. 2-örin 75-sonli maktab öqituvçisi Nafosat Bobojonovaga, 3-örin esa 36-sonli maktab öqituvçisi Eʼtibor Bobojonova hamda 45-sonli maktab öqituvçisi Muhayyo Karimovalarga nasib etdi. Bu sport turi ayollar örtasida jismoniy tayyorgarlik va çaqqonlikni oşirişga muhim hissa qöşdi.
Darts musobaqalari yakunlariga köra 1-örinni “Kelajak markazi” tögarak rahbari Şukurjon Jumamuratova qölga kiritdi. 2-örin 80-sonli maktab öqituvçisi Nasiba Kamalovaga, 3-örin esa 29-sonli maktab öqituvçisi Ozoda Dösmanova va 7-sonli maktab öqituvçisi Nilufar Kazakovalarga nasib qildi.
Voleybol musobaqasi ayollar örtasida jamoaviy ruh va hamkorlikning eng yorqin namunasi böldi. Musobaqalar yakunlariga köra 28-sonli maktab jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi. 2-örin 22-sonli, 3-örin esa 19- va 12-sonli maktablar jamoalariga nasib etdi.
Musobaqa ğoliblari va faol iştirokçilar taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Bu tadbir şunçaki musobaqa emas, balki ayol pedagoglarning mehnatiga yuqori baho beriş, ularning jismoniy faolligini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil qilindi. Ayollarning sport bilan şuğullanişi ularning soğlom va stressdan holi, eng muhimi esa kasbiy faoliyatda yanada faol bölişlariga yordam beradi. Bunday tadbirlar tumandagi maktablar jamoalarini yanada jipslaştirib, soğlom turmuş tarzini ommalaştirişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶