16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:15
Adabiyot 👁 368

Axborot-kutubxona markazida jadidlar ijodi va faoliyatiga bagʻishlangan tadbir hamda “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil qilindi

Axborot-kutubxona markazida jadidlar ijodi va faoliyatiga bagʻishlangan tadbir hamda “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil qilindi

Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida joylarda turli tadbirlar, adabiy-badiiy kechalar, maʼnaviy-marifiy davra suhbatlari hamda intellektual oʻyinlar tashkil qilinmoqda.

Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida ham yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilib, keng ommalashtirish maqsadida jadidlar ijodi va faoliyatiga bagʻishlangan tadbir hamda bilimdonlar bellashuvi – “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil qilindi.

Axborot-kutubxona markazidagi jadid adabiyoti namoyondalari asarlaridan tayyorlangan maxsus koʻrgazma tadbirga tashrif buyurgan oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Tadbirda tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutaxassisi Zarifa Soatboyeva, 3-sonli umumtaʼlim maktabi kutubxonasi xodimi Tazaxan Qidirniyazova, shu maktabning yuqori sinf oʻquvchilari hamda Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida markaz mutaxassislari Roxatoy Ramanova, Sohiba Bozorboyeva va Munojat Safarboyevalar soʻzga chiqib, vatanimiz ozodligi va obodligi, xalq maʼrifati va soadati uchun umrini bagʻishlagan jadid bobolarimiz, ularning hayot yoʻli, milliy uygʻonish gʻoyalari haqida fikrlarini aytib oʻtdi.

Shundan keyin “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan uchinchi Renessans sari” shiori ostida tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi bilan hamkorlikda 3-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari orasida bilimdonlar bellashuvi – “Zakovat” intellektual oʻyiniga satart berildi.

Intellektual oʻyinda “Bilimdonlar” va “Ayazbiy” guruhlari oʻzaro kuch sinashdi. Jarayon davomida oʻquvchilar bilimini tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimi Zarifa Soatboyeva, 3-sonli umumtaʼlim maktabi kutubxonasi xodimi Tazaxon Qidirniyazova hamda Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Roxatoy Ramanova hamda Gulasal Qoʻchqarovalardan iborat hakamlar hayʼati baholab bordi. Oʻyinni Axborot-kutubxona markazi xodimi Sohiba Bozorboyeva boshqardi. Intellektual oʻyinda oʻquvchilar bilimini sinovdan oʻtkazib, ular yangi maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Tadbir davomida oʻquvchilar jadid bobolarimiz va qoroqalpoq shoirlari ijodidan yod olgan sheʼrlarni ifodali oʻqishdi. Bu sheʼrlarda vatanparvarlik tuygʻulari va ilm – yagona najot degan gʻoya targʻib qilingani yigʻilganlarga nihoyatda manzur boʻldi.

3-sonli umumtalim maktabining 5-sinf oʻquvchisi Nurbek Amanbayev dutor xalq cholgʻu asbobini chalib ijro qilgan qoʻshiqlari barchaga xush kayfiyat bagʻishladi. Yurtga muhabbat va sadoqat aks etgan musiqa sadolari barchani taʼsirlantirdi.

Oʻquvchi qizlar tamonidan tayyorlanib, ijro qilingan raqs esa kechaga yanada fayz kiritdi. Raqqosaning nafis harakatlari begʻubor yoshlikning goʻzal damlarini, unitilmas xotiralarni eslatdi, goʻyo.

Tadbir yakunida faol oʻquvchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovgʻalari topshirildi. Tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari yoshlardan doimiy ravishda kutubxonaga kelishlarini soʻrab, ishtirok uchun samimiy minnatdorchilik izhor qilishdi.

Mana shunday ommaviy kitobxonlik targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlar qalbida kitoblarga mehr va ehtirom tuygʻularini yanada kuchaytirishi shubhasiz. Bu esa jamiyatda kitobxonlarning, ilm-maʼrifat egalarining mavqayeini yanada oshiradi.

Ilm ziyosi tafakkurimizni teranlashtirib, ezgu gʻoyalarga chorlar ekan, har doim ham kitob va kutubxonalarga ehtiyojimiz ortaveradi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026