14-sonli maktabda qozoq adiblari xotirasiga bağişlab adabiy-badiiy keça ötkazildi
Qardoş qozoq adiblari nafaqat turkiy adabiyotda, balki jahon mumtoz söz sanʼatida ham yorqin iz qoldirişgan. Şular orasida Saken Seyfullin, Beyimbet Maylin, Ilyas Jansugurov kabi yozuvçi-şoirlar qozoq adabiyotining asosçilaridan hisoblanadi.
Joriy yil uşbu ijodkorlarning tavalludiga 130-yil töldi. Şu munosabat bilan 14-sonli maktabda adabiy-badiiy keça ötkazildi. Tadbirga maktabning 11-sinf öquvçilari Yerjan Reymbayev va Larisa Pirjanovalar boşlovçilik qilişdi.
Tadbir avvalida maktab direktori Inoyat Turamurodov sözga çiqib, bu ijodkorlarning umr yöli va adabiy keçaning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Keçada öquv işlari böyiça direktor örinbosari Ilhom Saparbayev, manaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Jasur Sidabullayev hamda maktabning öqituvçilari va yuqori sinf öquvçilari iştirok etişdi.
Adabiy keça maktabning qozoq tili va adabiyoti öqituvçisi Mayra Umirbayeva hamda “Tilaşar” tögaragi aʼzolari tomonidan taşkil etildi.
Maʼlumot uçun, Saken Seyfullin 1894-yil 15-oktyabrda Jezqazğan viloyatining Oqadir tumanidagi Qaraşilik qişloğida tuğilgan. U qozoq adabiyotining rivojlanişiga ulkan hissa qöşgan. Uning “Kökçatov", “Qizil ot” dostonlari va şeʼrlari ötgan asrning 30-yillaridagi qozoq şeʼriyatining eng yaxşi asarlaridan hisoblanadi. Adib “Baxt yölida”, “Qizil şunqorlar” kabi dramalari bilan qozoq sahna sanʼatida yorqin iz qoldirgan. Ötgan asrning 20-30-yillari qozoq şeʼriyatida öziga xos maktab yarata olgan şoir şeʼrlari, yirik dostonlari xalq dilidan joy olib, qozoq adabiyotining nodir namunalariga aylangan.
Qozoq adabiyotining yana bir nomdor vakili Beyimbet Maylin 1894-yil 15-oktyabrda Qöstanay viloyatida tuğilgan. Adib şeʼriyat, nasr va dramaturgiya sohalarida birdek samarali mehnat qilgan yozuvçidir.
U qozoq şeʼriyatida şeʼr janrining kölamini kengaytiriş va uning saviyasini yanada oşirişga katta hissa qöşgan. Beyimbet Maylining isteʼdodi, ayniqsa, nasriy asarlarida yorqin namoyon böldi. Hikoyalari yuksak badiiy sifati, hayot haqiqatiga urğu berilgan mavzularning rang-barangligi bilan ajralib turadi.
Qozoq şoiri, dramaturg, nosir, jurnalist, tarjimon va jamoat arbobi Ilyas Jansugurov 1894-yil 15-mayda Olmaota viloyati Oqsuv tumanida tuğilgan. Adib xalqning boy folklorini töplaş, uning ilğor namunalarini xalq manfaatiga aylantiriş, kitob holida naşr etişda katta hissa qöşdi. Ularning ilğor namunalarini özi yozgan maktab darsliklari va antologiyalariga kiritib, maktab öquvçilarini xalq tarixi va ötmiş hayotidan xabardor qilişga eʼtibor qaratdi. Jansugurov adabiy tanqid bilan ham şuğullangan, adabiy-badiiy tanqid janrining rivojlanişida iştirok etgan. U A.S.Puşkin, M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, Maksim Gorkiy, Henriy Heyne, Viktor Gyugo va şu kabi boşqa adiblarning asarlarini qozoq tiliga tarjima qilib, qozoq adabiyotining jahon adabiyoti bilan aloqasini kengaytirdi.
Adabiy keçada öquvçilar Saken Seyfullin, Ilyas Jansugurov, Beyimbet Maylin ijodidan namunalar öqişdi. Uşbu adiblarning hikoyalari asosida tayyorlangan sahna körinişlarini tayyorlab, namoyiş etişdi. Şoirlarning şeʼrlari bilan kuylangan qöşiqlar keçaga özgaça zavq bağişladi.
Şoir-yozuvçilarning yubileyiga bağişlab taşkil qilingan adabiy keçalar yoşlarda kitobga mehr uyğotişi, ularning böş vaqti mazmunli ötişi bilan ham ahamiyatli hisoblanadi. Zero, adabiyot köngillarga faqat yaxşilik ulaşadi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶