11-sonli maktabda “Hamma kasblar kerak, barça kasblar muhim” mavzusida psixologlar uçun öquv-seminari ötkazildi
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 11-sonli maktabda ötkazilgan tuman psixologlarining navbatdagi öquv-seminaridan közlangan asosiy maqsad – öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş işlarini yanada takomillaştiriş, maktab psixologlarining bir-biri bilan tajriba, yangi ğoya va fikrlar almaşişlari uçun şaroit yaratişdir.
Seminarda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri Yalğoş Şomuratov hamda bölimning bolalarni ijtimoiy-psixologik qöllab-quvvatlaş va inklyuziv taʼlim böyiça psixolog-metodisti, 11-sonli maktab direktori va umumtaʼlim maktablarining psixologlari iştirok etdi.
Tumandagi ilğor maktab psixologlari tomonidan taşkillaştirilgan öquv-seminariga taşrif buyurgan mehmonlar “Oltin soat”, “Pozitiv sözlar”, “Kim mergan” kabi interaktiv maşğulotlar hamda gullar bilan kutib olindi.
11-sonli maktab psixologlari hamda maktabning texnologiya fani öqituvçilari tomonidan taşkillaştirilgan körgazmalari zalida öquvçilarning qöl mehnatlari bilan işlangan milliy hunarmandçilik mahsulotlari – kaştalar, qölda tayyorlangan kiyimlar, quroqlar va qöğirçoqlar hamda zamonaviy uslubda tikilgan dasturxonlar, öquvçi yigitlar tomonidan karton qoğozlaridan işlangan issiqxona va maktab maketi, mexanik robotlar namoyiş qilindi.
Maktabga kirişdan boşlab to öquv-seminari ötkaziladigan zalgaça yölakça devorlari öquvçilarni kasb-hunar örganişga çorlovçi çaqiriqlar bilan bezatilgani iştirokçilarda katta taassurotlar qoldirdi.
Öquv-seminarini tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri Yalğoş Şomuratov oçib berdi. “Har bir öquvçiga bilimdan taşqari bitta hunar egallaşi uçun yordam beriş biz va Siz aziz ustozlarning asosiy vazifamizdir” – deya taʼkidladi u öz sözida. Qayd etilganidek, bolalarni maktabdanoq kasb-hunarga yönaltiriş, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli karerasi uçun muhim asos yaratadi. Şu sababli öquvçilarning kasbiy qiziqişlarini aniqlaş va ularning qobiliyatlariga mos kasblarni tanlaşda yordam beriş muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon taʼlim muassasalari, sinf rahbarlari va maktab psixologlari örtasidagi hamkorlikni kuçaytirib, öquvçining öziga bölgan işonçini yanada oşiradi.
11-sonli maktab psixologi Dilnoza Şomurotova iştirokçilarga “Kasblar paraşyuti” maşğulotini ötkazdi. Uşbu maşğulotdan közlangan maqsad – kim qaysi kasbni egallaşidan qatʼiy nazar, jamiyat uçun barça kasblar muhim ekanligini taʼkidlaşdan iboratdir.
Maşğulotdan söng 11-sonli maktab öquvçilari tomonidan “Gilamdöz” ertagi asosida tayyorlangan sahna körinişi namoyiş qilindi. Öquvçilarning hunarga bölgan qiziqişini kuçaytiriş maqsadida taşkil qilingan uşbu sahna körinişi zamirida “Har bir yigit-qiz uçun 40 hunar ham oz” degan hayotiy hikmat mujassam.
Söngra 29- va 67-sonli maktablar psixologlari tomonidan kasb-hunarga oid “Şarq bozori” nomli, 11-sonli maktab psixologlari tomonidan “Poyezd va quvnoq şarçalar” nomli, 33-sonli maktab psixologi tomonidan esa “Qöl soati” metodikasi asosida maşğulotlar ötkazildi.
Çindan ham, maktab psixologlari uçun ötkaziladigan bu kabi seminarlar öquvçilarning kasbiy yönalişlarini aniqlaş va ularning şaxsiy rivojlanişlariga kömaklaşişda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlar psixologlarga özaro tajriba almaşiş va yangi usullarni joriy etiş imkonini beradi, bu esa öquvçilarning kasb-hunarga bölgan qiziqişlarini yanada kuçaytirib, ularning kelajakdagi tanlovlariga ijobiy taʼsir körsatadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶