69-sonli maktabda Afğon uruşi faxriylari bilan uçraşuv va “Zakovat” intelektual öyinining final bosqiçi ötkazildi
Taʼlim maskanlarida Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab ötkazilayotgan uçraşuvlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda. 8-may kuni Amudaryo tumanidagi 69-sonli umumtaʼlim maktabida ham sana munosabati bilan bayram tadbiri va iqtidorli öquvçilar örtasida “Zakovat” intelektual öyinining final bosqiçi bölib ötdi.
Tadbirda Afğoniston uruşi faxriylari, Ayoqçi mahallasida joylaşgan davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qism masʼullari, mahalla faollari, maktab öqituvçi va öquvçilari iştirok etdi.
Tadbirni Ayoqçi MFY raisi Olloyor Qalandarov oçib berdi. Mazkur mahallada joylaşgan davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qism xodimi Abbos Rustamov Afğon uruşi faxriylarini, maktab jamoasi va barça öqituvçilarni Xotira va qadrlaş kuni bilan tabriklab, yurtimizda tinçlik va osoyiştalik bardavom bölişi uçun barça harbiy xizmatçilar, şu jumladan çegaraçilar ham tunu kun öz postlarida huşyor turganini taʼkidlab ötdi.
Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi ham uruşning insoniyat uçun naqadar ayançli oqibatlarga olib kelişini, Ikkinçi jahon uruşida xalqimiz körgan yöqotişlar mislsiz bölgani, bu maşʼum kunlar hamda uruşda jon fido qilgan, muhnat frontida ter tökkan ota-bobolarimiz va momolarimiz xotirasi hamişa avlodlar yodida bölişini taʼkidladi.
Tadbir davomida Afğon uruşi faxriylari Pölat Qutimov, Haytimmat Jumatov, Qöziboy Davletov, Bozorboy Vapoyev, Ozodlar Örazmetovlar uruş haqidagi tasurotlarini öquvçilarga sözlab berişdi. Aytiş joizki, 1979-1989-yillardagi Afğoniston uruşi, Sovet Ittifoqining Afğonistonga qöşin kiritişi va u yerda töqqiz yil davom etgan harbiy amaliyotlar neça-neça zabardast yigitlarni hayotdan barvaqt olib ketgan. Uruş faxriylari yoşlarni tinçlik va osoyiştalikni köz qoraçiğiday asraşga daʼvat etdilar.
Tadbirda maktabning yuqori sinf qizlari ijrosida kuy-qöşiq va raqslar ijro qilindi. Öğil bollar iştirokida esa harbiy jang sanʼati namunalari namoyiş qilinib, sahna körinişlarini taqdim etildi. Tadbir yakunida mahalla fuqarolar yiğini raisi va maktab maʼmuriyati tomondan Afğoniston uruşi faxriylariga esdalik sovğalari topşirildi.
Tadbir yakunlangandan keyin maktab öquvçilari iştirokida “Zakovat” intellektual öyini ötkazildi. Şu paytgaça ötkazilgan saralaş va dastlabki tur öyinlarida ğolib bölgan 4 ta jamoa – 8-d, 9-a, 10-b va 11-b sinflar jamoalari maktabning kimyo fani öqituvçisi Xosiyat Örozboyeva rahbarligida intelektual öyinning final bosqiçida özaro bellaşdilar.
Uşbu intellektual öyin öquvçilarga nafaqat bilimlarini sinovdan ötkaziş, balki ularning dunyoqaraşini kengaytiriş va jamoaviy işlaş könikmalarini rivojlantiriş uçun ham ajoyib imkoniyat yaratdi. Turli fanlarga oid mantiqiy savollar böyiça keçgan bahs-munozaralar, maslahatlaşuvlar va javoblar beriş jarayonida körsatilgan birdamlik hamda öyin davomidagi kötarinki ruh ularning intellektual salohiyatini va jamoaviy işlaş qobiliyati qançalik yuqori darajada ekanini namoyon etdi.
Öquvçilarni intellektual öyinning final bosqiçiga tayyorlaşda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Dilşod Baltayev, biologiya fani öqituvçisi Munavvar Matjanova, ona tili adabiyot fani öqituvçisi Saida Najamatdinova, geografiya fani öqituvçisi Barno Rajapovalar faol qatnaşdilar.
Murosasiz bellaşuvlar yakuniga köra “Zakovat”ning maktab böyiça final bosqiçida 1-örinni 8-d va 9-a sinflar jamoalari, 2-örinni 10-b hamda uçinçi örinni 11-b sinf jamoalari egalladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶