53-sonli maktabda “Oxiratingiz obod bölsin, aziz ustozlarim” şiori ostida xotira keçasi ötkazildi
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 53-sonli maktabda şu maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi Malohat Matsafoyeva taşabbusi bilan 4-A sinf öquvçilari va maktab jamosi hamkorligida 9-may – Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab tadbir uyuştirildi.
“Oxiratingiz obod bölsin, aziz ustozlarim” şiori ostida ötkazilgan xotira keçasi Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boşlandi.
Bayram tadbirini maktab Kasaba uyuşma taşkiloti raisi Bahrom Jiyanov kiriş nutqi bilan oçib berdi va maktabda uzoq yillar mehnat qilgan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari Jumot Böranov, Rahimboy Jiyanov va mazkur maktabda işlab, öz faoliyati bilan öçmas iz qoldirgan marhum ustozlar Sodiqboy Matsafoyev, Karimboy Örazov, Ibragim Eşnazrov, Gulimmat Jiyanov, Şomurot Pirimov, Omonboy Şomurotov, Begmurot Pirimov, Sultonpoşşa Jumaniyazova kabi ustozlar haqidagi öçmas xotiralarni yodga oldi.
Çindan ham, xotira, insoniyatning madaniy va tarixiy merosini saqlab qolişning asosiy omili sifatida qadrlidir. U ötmişdagi voqealarni, şaxslarni va ularning qahramonliklarini esda saqlaş orqali, kelajak avlodlarga ularning hayotiy tajribalarini yetkaziş imkonini beradi.
Ayniqsa, Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan va el yurt tinçligi uçun jon bergan yurtdoşlarimizning xotirasi, ularning fidoyiligi va matonatini avlodlar heç qaçon unutmaydi. Bu xotira har safar yodga olinganida nafaqat ularning jasoratini, balki uruşning dahşatlarini va tinçlikning qadrini ham eslatib turadi.
Şu bilan birga, xotira insonlarni birlaştiruvçi kuç sifatida, milliy birdamlik va jamiyatdagi özaro hurmatni mustahkamlovçi vosita sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ötgan marhum ustozlarni xotirlaş va ayni paytda nafaqada keksalik gaştini surayotgan faxriy öqituvçilarni qadrlaş hamda eʼzozlaş maktab jamoasi orasidagi ahillik va birdamlikni taʼminlaydi, avlodlar örtasidagi özaro aloqalarni mustahkamlaydi.
Şu sababli tadbirga 53-sonli maktabda işlab, ayni kunda keksalik gaştini surayotgan bir guruh faxriy ustozlar ham taklif qilindi. Uzoq yillar taʼlim sohasida, aynan uşbu maktabda faoliyat yuritgan faxriy ustozlar Davlatboy Boltayev, Örazgul Pirimova, Sotimboy Rajabov, Rahatoy Qurbonova, Şermat Jiyanov, Bahrom Erimmatov, Tilavoy Bekçanov va boşqa elda aziz ustozlar, bugungi kunda ham şogirdlari, nevara-çevaralari ardoğida yurgan nuroniylar marhum ustozlarini çuqur hurmat bilan eslab, özlariga hurmat körsatayotgan şogirdlariga minnatdorçilik izhor qildilar.
Faxriy ustozlar taʼkidlaganlaridek, taʼlim sohasida işlagan öqituvçi va murabbiylar tajribasi, hayot yöli şogirdlar uçun çinakam ibrat maktabidir. Ularning bilim va tarbiya berişdagi beqiyos hissasini qadrlaş hamda boy ilmiy, maʼnaviy merosini davom ettiriş har bir yoş pedagog uçun şaraf hamda çinakam masʼuliyatli vazifadir.
Tadbirda maktab direktorining maʼnaviy-marifiy işlar böyiça örinbosari Izzatbek Yusufov ham sözga çiqib, Ikkinçi jahon uruşida qatnaşib, xalq tinçligi va osoyiştaligi uçun jonini fido qilgan, uruşdan omon qaytib, turli sohalarda fidokorona mehnat qilgan ajdodlar xotirasi avlodlar qalbida mangu saqlanajagini taʼkidladi.
Ustozlarning xotirasini, ularning taʼlim va tarbiyadagi fidoyiliklarini tan oliş, eʼtirof etiş, ularning nurli yöllarini davom ettiriş haqiqiy insoniy fazilatdir. Tadbirda iştirok etgan öquvçilarning ota-onalari yoş avlodga taʼlim berayotgan ustozlarning bu kabi hamjihatligi va totuvligidan köngillari tölib, ulardan taʼlim olayotgan farzandlarining ham ota-onasiga, ustozlariga, yoşi kattalarga itoatli bölib voyaga yetişlariga işonç bildirdilar.
Tadbirda maktabning 4-A sinf öquvçilari Vatanni, tinçlik va döstlikni, insoniylikni madh etuvçi kuy-qöşiqlarni kuylab, raqsga tuşdilar.
Xotira keçasi yakunida tadbir taşkilotçisi Malohat Matsafoyeva sözga çiqib, barça iştirokçilarni 9-may – Xotira va qadrlaş kuni bilan çin qalbdan tabrikladi va taşrif uçun minnatdorçilik bildirdi.
Uzoq yillar davomida şu maktabda mehnat qilib, ayni kunlarda pensiyada keksalik gaştini surayotgan faxriy ustozlar va mehmonlarga esdalik sovğalari topşirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶