12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:25
👁 5,206

FAQAT OLDINGA INTILIB…

FAQAT OLDINGA INTILIB…

Istiqbolga intilgan yoşlar

Şogirdlari bilan xalqaro turnirda iştirok etiş uçun Çirçiq şahriga kelgan Jasurbek ertalab musobaqa bölib ötadigan maydonda odatdagi badantarbiya maşqlarini bajarmoqçi böldi. U sport liboslarini kiyib, maydonga tuşganida bu yerda viloyatlardan, qöşni Respublikalardan kelgan sportçilar allaqaçon maşğulotlarni boşlab yuborişgan edi. Ular orasida öz şogirdlarini körib quvonib ketdi. Ayniqsa, Jaloliddin Aminov bilan Jasur Pölatovlarning turnikka tortiliş, turnikda aylangan holda oyoqlarini tikka kötarib turiş maşqlarini juda oson va çaqqonlik bilan bajarişlarini körib, ularning intilişlaridan köngli töldi va:

- Ertaga musobaqalar boşlanadi. Musobaqa oldidan muskullarni ortiqça zöriqtiriş yaramaydi, -dedi u şogirdlarining harakatlarini sinçkovlik bilan kuzatarkan. Söng ular bilan birgalikda boks sporti maşğulotlari uçun möljallangan ring maydonçasiga ötib, şogirdlarining musobaqaga tayyorgarlik holatlarini sinovdan ötkazdi. Ayniqsa, Jaloliddinning dadil harakatlari, raqibiga çap beriş, ortiqça kuç işlatmay jang qiliş uslubidan quvondi. Şunday bölsa-da, şogirdlariga:

– Yaxşi boksçi heç qaçon qizişmasligi kerak, -dedi bosiqlik bilan. –Ayniqsa, jang paytida boksçi qançalik kuçli bölmasin, salgina qiziqqonlik qilsa, nafaqat pand yeydi, balki özi erişişi mumkin bölgan imkoniyatni boy berib qöyadi. Bosiqlik – boks sportining eng muhim qoidasi.

Hamişa ustozining maslahatlariga amal qilib örgangan şogirdlari köplab musobaqalarda vazminlik va bosiqlik xislati özlariga ğalaba keltirganini yaxşi bilganlari uçun murabbiyning har bir ögit va maslahatiga amal qilişga intilişadi. Buni Jasurbek Nurimbetovning özi ham yaxşi bilgani uçun şogirdlariga musobaqadan oldin qanday ovqatlaniş zarurligini tuşuntirdi.

Jasurbek şogirdlari bilan nonuştaga kirganlarida köpçilik sportçilar allaqaçon tamaddi qilib bölişgandi.

– Şoşilmasdan, madaniyatli tarzda yeb-içiş ham badanga quvvat beradi, ham kayfiyatni kötaradi, qani, oş bölsin, bolalar,-dedi u kulib.

Jasurbek Nurimbetov 12-yildirki, şogirdlari bilan şunday tarzda şuğullanadi. Ularning yeb-içişi, yuriş-turişi, özlarini qaysi davrada qanday tutişlarigaça eʼtibor beradi.

– Boksçi degani ringga çiqib, raqibi bilan olişiş degani emas, -deydi u. –Boks sporti ham öziga xos sanʼat. Bu sanʼatni egallaş uçun sportçida kuç va qobiliyatdan taşqari sabr-toqat va madaniyat ham bölişi kerak. Boksçi şerday olişişning uddasidan çiqsa-yu, unda gözal xulq-atvor, muomala madaniyati, sabr-toqat bölmasa, befoyda. Şuning uçun ham Jasurbek şogirdlarini har gal musobaqalarga tayyorlaganida ana şu talablardan kelib çiqib iş tutadi. Natijalari esa hamişa kutilganidan ziyoda böladi. Şogirdlari ğoliblik şohsupasiga kötarilgan paytda buni yurak-yuragidan his qiladi u.

Jasurbek Nurimbetov öz hayo-tini boks sporti bilan boğlaganida hali juda yoş-14 yaşar ösmir edi. Esida, ilk musobaqada iştirok etib, yuz-közi kökarib kelganida rahmatlik onasi yiğlab yuborgandi. Otasi Jumamurod aka Yerimbetov:

– Qöyaver, onasi, boks ­­­­­- eng kuçlilar va çidamlilar sporti, Jasurbek töpolonçi bola bölib emas, sportçi bölib jarohat olgan. Çidasin, toblansin, -dedi öğliga dalda bölib.

Otasi aytganiday, Jasurbek yillar davomida çiniqiş maşqlarida, turli hil musobaqalarda qatnaşib, toblandi. Goh yengdi, goh yengildi. Lekin heç qaçon ortga qaytmadi, oldinga intildi. Boks sporti uni öta mulohazakorlik bilan iş tutişga, çidamli va irodali bölişga örgatdi. Öziga nisbatan talabçanlikni, bosiqlikni, har qanday vaziyatda ham özini madaniyatli tutişni örgatdi unga boks sporti. Öz ustida tinimsiz işlaş, izlaniş uning doimiy şioriga aylandi. Örta maktabni tugatgunça u öz vazn toifasida Qoraqalpoğiston miqyosidagi eng kuçli boksçiga aylandi. Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetini tugatgaç esa tumandagi 1-sonli BÖSMda murabbiy sifatida yoş boksçi şogirdlari bilan maşğulotlar ötkaza boşladi. U öz murabbiylik faoliyati davomida tumanimiz boks sporti sohasini rivojlantirişga katta hissa qöşdi. Uning şogirdlari orasida boks sporti böyiça Özbekiston terma jamoasi aʼzolari, Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionlari, xalqaro turnirlar ğoliblari, sport ustalari va sport ustaligiga nomzodlar bor. Özbekiston çempioni va sport ustasi Obid Usmonov, sport ustaligiga nomzod, köplab nufuzli muobaqalar sovrindorlari Nurbek Oçilov, Çinor Örozboyev, Bobur Ismoilov, Ramazon Qöçqorov, Ruslan Eşimbetov hamda eng kuçlilar turniri finalçisi, xalqaro turnir ğolibi Jasur Pölatov hamda bir neça xalqaro turnirlar ğolibi Jaloliddin Aminovlarning nomi bugungi kunda mamlakatimizdagi boks sporti muxlislariga juda yaxşi taniş.

Ayniqsa, Jasurbek Pölatov bilan Jaloliddin Aminovdan Jasurbekning umidi katta. Ertaga böladigan xalqaro turnirda ularning ğolib bölişiga işonib bu yerga kelgan. Jasurbek şogirdlari bilan şu kuni jismoniy maşqlardan köra köproq maʼnaviy maşğulotlar bilan şuğullandi. Ularning ruhiyatini kötaradigan suhbatlar ötkazdi. Çirçiq şahrining bahavo joylarini sayr qilişdi.

Ertasiga xalqaro turnir ötkaziladigan maydonga barvaqt kelib, şogirdlarining irodasini sinovdan ötkazdi. Ring maydonçasi muxlislar bilan gavjum. Musobaqalar boşlangan. Navbat qoraqalpoğistonlik sportçilarga yetganida Jasurbek Nurimbetov biroz hayajonlandi. Şogirdi Jasur Pölatovning mohirona jangidan quvonib turganida Jaloliddin Aminovning nomi sport arenasida qayta-qayta jaranglay boşladi. 2014-yilning noyabr oyida Çirçiq şahrida bölib ötgan, beş kun davom etgan uşbu nufuzli xalqaro turnirda Jaloliddin Aminov faxrli 2-örinni, Jasurbek Pölatov esa 3-örinni egallaşdi. Oradan sal ötib, Toşkent şahrida ötkazilgan Özbekiston kubogi musobaqalarida Jaloliddin Aminov yana kumuş medal sohibi böldi va şu musobaqadan söng tumanimizning ikki nafar sportçisi–Jaloliddin Aminov bilan Jasurbek Pölatov Özbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilindilar. Şunisi eʼtiborga molikki, mazkur musobaqada 1999-yilda tuğilgan yoş sportçi Jaloliddin Aminov 63 kilogramm vazn toifasida Özbekistonda birinçi raqamli boksçi sifatida tan olingan Toşkent şahrilik Temur Merjanov ustidan katta farq bilan ğalaba qozondi va hakamlar hayʼati tomonidan öz vazn toifasidagi eng kuçli boksçi deb tan olindi.

–Men Jaloliddinning kelajagiga işonaman, -deydi Jasurbek Nurimbetov. –U faqat oldinga intilişni yaxşi köradi. Qolaversa, Jaloliddin endi 15 yoşga qadam qöydi. Yoşiga nisbatan juda irodali. Iroda esa sportçining öz jismiga kuç yiğişida juda muhim. U 15 yoşgaça 19 ta jang ötkazib, şundan 17 tasida ğalabaga erişgan. Eng muhimi, ğalabani ham, mağlubiyatni ham tan oladigan mardlik bor unda. Nihoyatda tarbiyali.

Jasurbek öz şogirdlari haqida faxrlanib, işonç bilan sözlaydi. Ayni paytda hali yoş bölişiga qaramay, boks sporti böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi terma jamoasi katta murabbiyi lavozimida faoliyat olib borayotgan Jasurbek Nurimbetov özi uçun qadrdon bölib qolgan 1-sonli BÖSMdan ham qöl uzgani yöq. Bu yerda boks sporti bilan şuğullanişni istagan köplab ösmir yoşlarga mahorat va toblaniş maşğulotlarini ötkazişdan aslo çarçamaydi. 2015-yilda Xorazm viloyatida, Urganç şahrida bölib ötadigan «Umid nihollari» sport musobaqalariga Qoraqalpoğiston Respublikasi terma jamoasi boksçi-yoşlarini tayyorlaş, terma jamoa tarkibini kuçli sportçilar hisobiga mustahkamlaşdek masʼuliyatli vazifa ham yoş va umidli murabbiy Jasurbek Nurimbetov zimmasiga yuklatilgan.

– Sport-mening hayotim mazmuni, –deydi u mamnuniyat bilan.

– Qolaversa, sport-soğligim kafolati. Men sport bilan oşno bölib, kelajakka dadil qaraşni örgandim. Şogirdlarimda ham juda katta ijobiy özgarişlarni sezib, quvonib ketaman. Çunki ularning deyarli barçasi sport bilan şuğullaniş jarayonida faqat va faqat yaxşi tomonga özgarişdi. Qani endi, hamma ommaviy ravişda sportning öziga maqbul turi bilan şuğullansa.

- Qanday yaxşi! –deymiz Jasurbekning orzulariga şerik bölib.

Bugungi yoşlar –Prezidentimiz aytganlariday bizdan köra aqlli, kuçli bölib voyaga yetayotganlaridan quvondik. Bu quvonçimizni yoş sport murabbiysi Jasurbek Nurimbetov amalga oşirayotgan ezgu işlarda, öz kelajagiga dadil boqib, faqat oldinga intilişga örgangan ösmir yoşlar –Jasurbekning şogirdlari timsolida kördik. Va biz ham ularga işondik:

Şunday bir kun keladiki, amudaryolik sportçilar jahon sport arenalarini titratib yuboradigan katta ğalabalarga erişadilar!

Robiya YÖLDOŞEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

amunews.uz veb-sayti muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026