36-SONLI MAKTABDA BOBOKALONLAR TAVALLUDIGA BAĞIŞLAB “IKKI BUYuK SIYMO” DEB NOMLANGAN TADBIR TAŞKIL ETILDI
Mamlakatimizda uluğ ajdodlarimiz Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavallud kuni keng nişonlanadi va uşbu sanalar munosabati bilan turli tadbirlar, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy keçalar ötkaziladi. Tadbirlarda ösib kelayotgan yoş avlod buyuk bobokalonlarga faxru-iftixorini yaqqol namoyon etib, öz ehtiromini körsatişga harakat qiladi.
9-fevral kuni Amudaryo tumanidagi 36-sonli maktabda ham “Ikki buyuk siymo” deb nomlangan tadbir taşkil etildi. Maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi Nasiba Bobojonova hamda uning rahbarligidagi 2-“A”sinf öquvçilari tomonidan tayyorlangan uşbu tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar böyiça örinbosari Vahobjon Davletov oçib berdi. U öz sözida buyuk bobokalonlarimiz hayoti va ijodiga keng töxtalib ötdi. Ikki buyuk siymo – söz mulkining sultoni Mir Alişer Navoiy, uluğ şoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, ular qoldirgan ulkan adabiy merosning yoşlar tafakkurini östirişdagi, dunyoqaraşini boyitişdagi beqiyos ahamiyati xususida söz yuritdi.
Şundan söng, sinf rahbari Nasiba Bobojonova hamda öquvçilar Alişer Navoiy va Bobur ijodiga mansub ğazal va ruboiylardan yod aytişdi. Ifodali tarzda aytilgan ğazal va ruboyilar tomoşabinlarga nihoyatda manzur böldi. Ayniqsa, jajji öquvçilar ijrosidagi sahna körinişlari, ular gavdalantirgan Alişer Navoiyning yoşligi, Zahiriddin Muhammad Boburning qalbidagi Vatanga muhabbat va soğinç hislarini aks ettirişga harakat qilişlari barçani nihoyatda taʼsirlantirdi. Qizlar esa dilrabo raqs va qöşiqlari bilan keçaga yanada fayz kiritdilar.
Tadbirda öquvçilar ikki buyuk siymo haqida olgan bilimlarini savol-javob tarzida sinab körişdi. Navoiy va Bobur hayoti, ijodi haqidagi savollarga töliq javob berişga xarakat qilgan öquvçilar Bobur merosini çuqur örganişgani barçani quvontirdi.
Tadbir davomida har ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta örin tutişi, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot ahliga körsatgan homiyligi jihatidan ham öxşaşi yöq siymo ekanligi, ular bugun özbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, maʼnaviy kamolot timsoliga aylangani taʼkidlandi.
Navoiy ham, Bobur ham buyuk davlat arbobi bölişgani, Bobur mohir sarkarda sifatida aql-zakovati va şijoati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgani, özbek tilida yozilgan “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, “Harb işi”, Musiqa sirlari”, “Qofiya ilmi” kabi asarlari bilan jahonning maşhur tarixnavis olimlari qatoridan joy olgani töğrisidagi fikrlar bildirildi.
Şundan söng, öquvçilar örtasida Navoiy va Bobur bobokalonlarimiz hayoti töğrisida diktantlar tanlovi ötkazildi. Zukko öquvçilardan Dilfuza Yöldoşeva, Laziz Tursunboyev, Çarosoy Soliyeva, Asliddin Yusupov, Javohir Madatov, Umrbek Başirov, Şirinoy Baxtiyorovalar uşbu tanlovda faol iştirok etib, zehnli, bilimli ekanligini, iqtidorini körsatişdi.
Xalqimiz maʼnaviy dunyosining yuksalişiga ulkan hissa qöşgan ikki buyuk şaxs – Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan taşkil etilgan tadbir barçaga manzur böldi. Öquvçilar ham ikki ijodkorning hayoti, faoliyati, ijodiy merosi haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlab oldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶