YoŞLIK ŞIJOATI
Ilk qadam
Inson hayotida yorqin iz qoldiruvçi voqealar, holatlar köp. Hayotning ana şunday yorqin lahzalari köpinça inson uçun umr mazmuniga aylanib ketadi. Şu mazmun unga hayotdan zavq olib yaşaşnigina emas, balki özgalar umriga ham zeb beradigan ezguliklar yölida intilib yaşaş tuyğusini ham ato etadi. Bizning bugungi qahramonimiz Mansurbek Iskandarovning qalbida el-yurtga xizmat qilib, ezguliklar yölida intilib yaşaş tuyğusi uyğonganida u hali juda yoş, 8-9 yaşar bolakay edi. Juda yaxşi eslaydi: 1994 yillar edi. Birinçi sinfda öqirdi. Dadasi rahmatlik Töliboy Iskandarov bilan oila ehtiyojlari uçun xarajat qilgani bozorga çiqişdi. Avval bozor aylanişdi. Meva-çevaning narxi osmonda. Şira-şarbat sotiladigan dökonlarning peştaxtalari böm-böş. Qança dökonga kirişdi, sanoği esida yöq, un topişolmay, ança sarson bölişdi. Zörğa navbatda turib 10-15 kilo un sotib olişdi.
– Kördingmi, -dedi dadasi öşanda,- bundan buyon tadbirkorlik bilan iş tutmasak, oilamiz iqtisodi "ötirib” qoladi.
"Ötirib qoladigan iqtisod” nima ekaniga aqli yetmagan Mansurbek:
–Qayerda ötiradi, dada?–deya bolalarça soddalik bilan söradi.
Dadasi kulib yubordi. Söng jiddiylik bilan dedi:
–Bizning aqlimizda, söng esa çöntagimizda. Agar aqlingni işlatsang, iqtisod sening aqling bilan bizning hayotimizni gullatib yuboradi, boyib ketamiz, öğlim!– dedi dadasi Mansurbekning boşini silab.
Şu böldi-yu Mansurbek böş vaqt topdi, degunça avtobusga ötirib dadasining oldiga, Qipçoq ovulidagi avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasiga borib dadasining işlariga yordamlaşadigan böldi. Tumanda birinçilardan bölib tadbirkorlikka qöl urgan Töliboy Iskandarov rahbarligidagi "Qipçoq-baliq” MÇJga qaraşli Qipçoq ovuli markazidagi AYoQŞda nazoratçilik vazifasini köpinça Mansurbek bajarar, maktabdagi darslaridan böş vaqtlarini ana şu yerda ötkazardi. Özi bilan tengqur jöralari köça çangitib yurganida Mansurbek dadasidan eng avvalo hisob-kitobni,qanday iş yuritişni, mijozlar bilan muomala madaniyatini örgandi. Iqtisodiy bilim asoslarini örganiş ham öziga, ham oilasiga, ham el-yurtiga birday manfaat keltirişini anglab yetganida Mansurbek 12 yaşar bolakay edi.
–Endi öylab qarasam, -deydi Mansurbek bosiqlik bilan, ota–onam mening va aka-ukamning hayotda öz örnimizni topişimiz, har işda tadbirli, öz oila iqtisodimizni şakllantira oladigan darajada bilimli bölişimiz uçun 7-8 yoşimizdan işga örgatib, juda qattiqqöllik bilan tarbiya qilgan ekanlar…
Orzular–ezgu rejalar sari yöl
Farzandlarning hayotda öz örinlarini topib ketişida oila muhiti muhim ahamiyat kasb etadi. Mansurbek ulğaygan xonadon garçi öziga töq,hamma narsa yetarli bölsa-da, tumandagi nufuzli idora rahbari bölgan onasi Gulasal Örozimbetova ham, "Qipçoq –baliq” MÇJ rahbari, tadbirkor otasi Töliboy Iskandarov ham farzandlarining böş vaqtlari uçun alohida jadvallar tuzib, ularni şu asosda işga yoki biron hunar örganişga jalb qilişardi. Oilada har bir bolaning böş vaqtida bajaradigan öz maşğuloti bölardi. Albatta, ularning qiziqişlari ham inobatga olinardi. Mansurbek 8-9 yoşidan hisob-kitobga puxtaligi uçun böş vaqtini AYoQŞda dadasiga yordamçi nazoratçilik qilib ötkazardi. Tadbirkor dadasining işlariga yordamlaşa boşlaganda 9 yaşar bölgan Mansurbek to örta maktabni tugatib, oliy öquv yurtiga öqişga kirguniça odamlar bilan işlaşişni, hatto AYoQŞ işini yuritişning barça rasmiy-huquqiy jihatlarini ham puxta örgandi. Dadasi bilan birgalikda Nazarxon ovuli hududidagi "Soyköl”da baliq ovlaş mavsumini kuzatar, ovlangan baliq maxsulotini qanday usulda sotiş böyiça rejalar tuzişda qatnaşardi. Şunday kunlarning birida u dadasiga:
–Ovlangan baliq mahsulotlarini töğridan-töğri xaridor-mijozlarga arzongarov berib yuborayapmiz, uni qayta işlaş yölini qilib körmaymizmi? –dedidiliga tugib yurgan orzusi haqida.
Dadasi öylanib qoldi. Axir "Soyköl”da baliq yetiştiriş, ovlaşning öziga qança kuç, mablağ sarflanadi. Xaridorlar ovlangan baliqni arzon-garovga sotib olişadi-yu tayyor yoki yarim tayyor mahsulot sifatida oşxona va bufetlar orqali ikki-uç hissaga pullaşadi. Mansurbek aytganiday, şu işni özlari yölga qöyişsa-çi?
–Öğlim, –dedi Töliboy Iskandarov. Mansurbekning yelkasiga qölini qöyib, –rejang zör, lekin sen öqib, bilimingni oşirişing kerak. Agar iqtisodni örgansang, kelajakda baquvvat tadbirkor bölasan.
Şu yiliyoq Mansurbek Iskandarov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetining iqtisodiyot fakultetiga hujjatlarini topşirdi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötib, universitet talabasi böldi.
Ammo hayot sinovlarga, taşvişlarga töla. Mansurbekning oliy maʼlumotli iqtisodçi bölişini istagan Töliboy Iskandarovga öğlini mutaxasislik diplomi bilan qutlab, bağriga bosiş nasib etmadi. Universitetni tugatişiga oz qolganida bevaqt ölim bilimdon va tadbirkor inson Töliboy Iskandarovni hayotdan olib ketdi.
2012-yilda universitetni muvaffaqiyatli tugatgan Mansurbek Iskandarov onasining maslahati bilan otasi boşlab ketgan işlarni davom ettiriş, ukalariga, katta xonadonga boş bölişdek masʼuliyatni öz zimmasiga oldi. Bu masʼuliyat 25 yoşga tölgan Mansurbek uçun qay darajada zalvorli bölsa, şu qadar katta işonç ham edi. Endi Mansurbekning oldida uzun va maşaqqatli, şu bilan birga şarafli yöl turardi. Bu– unga işongan, unga suyangan yaqinlari va el-yurtga yaxşilik ulaşib yaşaşga daxldorlik tuyğulariga oşno hayot yöli edi.
Işonç–
yuksaliş omili
Ana şu tuyğu yoş tadbirkorga kuç bağişladi. Otasi yaxşi niyatlar bilan boşlab ketgan işlar kölamini yanada kengaytirdi.
"Qipçoq-baliq” MÇJ tasarrufidagi "Soyköl”dan ovlanadigan baliq miqdorini köpaytirdi. Avval yiliga 4-5 tonna baliq ovlansa, bu körsatkiç 2013-yil oxiriga kelib 6-7 tonnaga yetkazildi. Avval 2 nafar kişi işlasa, endilikda "Soyköl” baliqçilari safi 5 nafar böldi. Mansurbekning puxta işlab çiqqan rejasiga monand olib borilgan işlardagi mana bu raqamlarning el-yurt dasturxoniga qançalik fayz olib kirişini bir tasavvur qiling-a! Faqat 2013-yilning özida 227,3 million sömlik daromad yoş tadbirkor rahbarligidagi "Qipçoq-baliq” MÇJ hisobiga töğri keldi.
–Dadam rahmatlik bilan köp işlarni reja qilgan edik, –deydi Mansurbek iş qoğozlarini birma-bir oçarkan. –Aslida "Viktoriya-Xolding” MÇJ faoliyatini yölga qöyiş fikri ham dadamdan çiqqan. Hatto u kişining özlari uşbu tadbirkorlik yönalişini taşkil etişning iqtisodiy asoslarini onam bilan birgalikda işlab çiqqan edilar.
Hozirgi kunda Manğit-Qipçoq yölining şahardan çiqaverişidagi çorraha qismining öng tarafida qad rostlagan, peştoqiga "Meros”deb yozib qöyilgan muhtaşam binoda "Viktoriya-Xolding” MÇJning ofisi, tantanalar zali, supermarket, umumiy ovqatlaniş va ulgurji savdo şoxobçalari joylaşgan. Şarq va ğarb meʼmorçiligi uyğunlaşgan tarzda barpo etilgan bu körkam binoning tamal toşini Töliboy Iskandarov qöyib bergan bölsa, bu yerdagi tadbirkorlik işlarini yölga qöyiş, rivojlantiriş, zamonga munosib ravişda şakllantiriş Mansurbekning zimmasida. Korxonaning bir maromda faoliyat yuritişi uçun esa 6 nafar kişi doimiy iş bilan taʼminlangan. "Viktoriya-Xolding” MÇJ ham qisqa vaqt içida faqat foyda körib, xalqqa manfaat yetkazib işlaydigan korxonaga aylandi. Yaʼni, 2013-yilda öz faoliyatini boşlagan korxonaning bir yillik daromadi 79,3 mln. sömni taşkil etdi.
– Hozir biz 2014 yil yakunlari böyiça hisob-kitob işlarini olibborayapmiz. Bu yilgi daromadlarimiz yanada yuqori böladi, – deydi yoş tadbirkor işonç bilan.
Işonç–eng avvalo masʼuliyat, qolaversa, yuksaliş omili. Mansurbekning tadbirkorlik qobiliyatiga işongan yaqinlari, bundan ham muhimi,el-yurt qalbiga yöl topiş uçun masʼuliyat hissi bilan qöygan har bir ezgu qadami tadbirkorlik işlari kölamini yanada kengaytiriş imkonini berdi. U oldinga, faqat oldinga intilib, öziga qatʼiy işonib yaşaşni örgandi.
Tadbirkorning yana bir ezgu qadami
Xuşxabarning qanoti bor, – deydilar. Xuşxabar – eng avvalo yaxşilikdan darak, ezgulikning qanot yoygani.
Yoş tadbirkor Mansurbek Iskandarovning faoliyati haqida uşbu oçerkni tayyorlaş uçun maʼlumot yiğib yursak, yana bir xuşxabar yetib keldi tahririyatimizga:
–Mansurbek öz tadbirkorlik faoliyatini yana kengaytiribdi, yana bitta MÇJ şaklidagi korxona oçibdi!
Oçiği, quvondik. Mansurbekni izlab topib, uçraşdik. Tinib-tinçimagan bu yigit endi "Beruniy invest plyus” MÇJ - ohak işlab çiqariş korxonasini davlat röyxatidan ötkazib, allaqaçon korxonaning bir qismini işga tuşirişga ham ulguribdi.
– Hozir korxonaning bir qismidagina işlab çiqariş yölga qöyilgan, - deydi Mansurbek öz rejalari haqida gapirarkan. –Korxona 2015-yilning aprel oyidan töla quvvat bilan faoliyat boşlaydi.
Mansurbekning rejalari aniq, puxta. Hisob-kitoblarida aniq mezon bor. Mezon şuki, 2015 yilning aprelidan boşlab "Beruniy invest plyus” MÇJ korxonasi quriliş taşkilotlari uçun zarur xom aşyo - kuniga 15 tonna ohak işlab çiqara boşlaydi va bu korxonada 15 nafar odam doimiy iş bilan taʼminlanadi. Ham baliqçi, ham dökondor, sanoatçi-tadbirkor Mansurbek Iskandarov hali juda yoş. Endigina 28 yoşga qadam qöydi. Ammo el-yurt manfaati yölida qilgan, qilayotgan ezgu işlari bir inson umriga tatigulik. Oddiygina yakka tadbirkorlik faoliyatini yölga qöya olmay, tadbirkorlikning zahmatini kötaraolmay aro yölda işni yiğiştirib qöyayotganlar kammi? Mansurbekda, avvalo öziga işonç, qatʼiyat, talabçanlik bor. Öziga nisbatan qattiqqöllik xislati bor unda. Ana şu fazilatlar uyğunlaşib uning yuragiga, jismiga çidam, iroda kuçini bergan. Şu kuçiga suyanadi u! Axir 28 yoşida biri-biridan yirik va faoliyat yönalişlari har xil bölgan uçta korxonani boşqariş, uçta korxonaning öziga xos iqtisodiy asoslarini işlab çiqiş, xalqqa foydasi tegadigan, özi ham, oilasi ham manfaat köradigan katta işlarga boş böliş hammaning ham qölidan kelavermaydi.
Yoş tadbirkorning iqtisodiy hisob-kitoblariga kiritmaydigan yana bir faoliyati haqida töxtalmay ötolmaymiz. Uning bu faoliyat kölami ham ançayin keng. Bu- homiylik himmati. U özidan yordam sörab kelguvçini heç qaçon noumid qaytargan emas. Deyarli har yili turli sanalar munosabati bilan nuroniy keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlardan moddiy va maʼnaviy yordamini ayamaydi. 2011-2014-yillarda 1 million 100 ming sömlik homiylik yordamlari körsatgani uçun tuman hokimi R.Yöldoşev imzosi bilan "Taşakkurnoma” ham oldi. Tuman nogironlar jamiyatiga, nuroniy keksalarga, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölimiga hamda Oybek nomli mahallaga körsatgan homiylik yordamlaridan el-yurt minnatdor.
– Boylik–qölning kiri, mansab–umrning, –deydi Mansurbek. – Hamma boy va mansabdor bölmasligi mumkin. Oramizda kamxarjroq va kamtar kişilar köp. Ularning könglini kötariş uçun bir oğizgina şirin söz, salgina moddiy kömak kifoya. Eng muhimi, maʼnaviy bağrikenglik, maʼnaviy töqlik bölsin. Ana şunda odamlarni bir-biriga boğlab turgan mehr-oqibat riştalari yanada mustahkam böladi...
Mansurbek Iskandarov bilan bölgan suhbatimiz ğoyat maroqli keçdi. Agar yölingiz tuşib, peştoqiga "Meros” deb yozib qöyilgan muhtaşam binoga kirib qolsangiz, yaxşilab razm soling: bu maskandagi öziga xos tartib-intizom, hayoti va qilayotgan işidan mamnun xizmatçilarning xuşmuomalaliklari, bufet-oşxona, ulgurji savdo şoxobçasi va supermarketdagi qizğin iş faoliyatlarini körib havas qilasiz. Albatta, havasga loyiq işlar bular. Bu Mansurbekning bitta korxonasidagi qaynoq hayot, qaynoq faoliyat. Siz "Qipçoq-baliq” MÇJ tasarrufidagi AYoQŞga, "Soyköl”ga yoki "Beruniy invest plyus” MÇJning ohak işlab çiqariş tsexlariga bir borib köring-a! Nainki havasga, balki tahsinga loyiq ezgu işlarning guvohi bölasiz.Dilingizda havas-u tahsinga qorişib hayrat uyğonadi.
–Köz tegmasin, yoşgina yigitning bir özi şunça işga boşmi, şunça işni uddalayaptimi?!- deysiz hayrat bilan.

Ha, şunday, azizlar. Bugunning havosidan nafas olib,ertangi kunga dadil boqib, kelajakka, istiqbol yöllariga şahdam qadam qöygan Mansurbek Iskandarov kabi şijoatli yoşlar omon bölişsin! Ular el-yurt faxri, ona Vatan işonçi!
Robiya YÖLDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
www.amunews.uz veb-sayti muxbirlari.
Suratda: (tepada) yoş
tadbirkor M.Iskandarov (örtada) iş jarayonida.
Pastda - korxonaga qaraşli savdo şoxobçasi iş jarayoni.
(Reklama huquqi asosida).

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶