16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:37
Adabiyot 👁 406

73-SONLI MAKTABNING TAJRIBALI PEDAGOGLARI TANIQLI YoZUVChI VA ShOIRLAR BILAN UChRAShDILAR

73-SONLI MAKTABNING TAJRIBALI PEDAGOGLARI TANIQLI YoZUVChI VA ShOIRLAR BILAN UChRAShDILAR

Amudaryo tumanining “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi hamisha xalq orasida, xalqni yangi marralar sari ruhlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk va maʼnaviyatli insonlar qilib tarbiyalashdek sharafli vazifani ado etishda chinakam targʻibotchilar sifatida doimo faol.

Ayniqsa, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan eʼlon qilinib kelinayotgan tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, turli yoʻnalishlardagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelishmoqda.

Xususan, yoshlar kitobxonligini rivojlantirish, ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni turli yot oqimlardan himoya qilishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga eng chekka qishloqlardagi yoshlar ham qamrab olinib, ular bilan samimiy, dildan suhbat tadbirlari, yozuvchi va shoirlar ishtirokidagi davra suhbatlari ham oʻtkazilayotgani oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, mafkura maydonining har qanday xurujlaridan himoya qilish, maʼnaviy dunyosini badiiy yetuk asarlarga singdirilgan gʻoyalar bilan boyitish maqsadida “Maʼnaviyat kunlari” doirasida oʻtkazilayotgan yozuvchi va shoirlar bilan namunali umumtaʼlim maktablarining tajribali pedagoglari, ijodkor oʻquvchi-yoshlar ishtirokidagi davra suhbatlari haqiqiy maʼnaviyat va kitobxonlik bayrami kabi ishtirokchilarga koʻtarinki ruh bagʻishlamoqda.

Amudaryo tumanining 2-sektori hududidagi taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan 73-sonli umumtaʼlim maktabida 10-yanvar sanasida “Adabiyot va sheʼriyat – yuksak maʼnaviyat sari yetaklovchi kuch” shiori ostida boʻlib oʻtgan davra suhbati ham ishtirokchilarga olam-olam zavq ulashgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Maʼnaviyat kuni”da 73-sonli umumtaʼlim maktabining tajribali pedagoglar jamoasi, ijodkor yoshlari ishtirokidagi davra suhbatida grant loyiha ijodkorlari, “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi, iqtidorli shoira Zuhra Ahmedova, Oʻzbekiston Yozuvchilari ijodiy Uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoira Robiya Yoʻldoshevalar ishtirok etishdi.

Davra suhbatini 73-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zarifboy Xoʻjaniyozov ochdi va “Maʼnaviyat kunlari” doirasida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” loyihasi va ushbu loyiha doirasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning oʻsib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasidagi ahamiyati xususida soʻz yuritdi. Shundan soʻng, davra suhbati ishtirokchilari uchun ochiq va samimiy muloqot muhiti yaratildi. Unga koʻra, yozuvchi va shoiralar bilan maktabning tajribali pedagoglari maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya borasida oʻzaro fikr almashdilar.

Ayniqsa, Robiya Yoʻldoshevaning qadim Qilichboy zaminining tarixi, bu zamindan yetishib chiqqan buyuk tarixiy shaxslar, xususan, xolimbeglik ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining qahramonona hayotlari, xolimbeglik yoshlarning iftixoriga aylangan Armiya generali Madamin Rajabov, Qilichboy arna kanalini bunyod etgan Qilichniyozboy bobo, bu zamindan yetishib chiqqan olimlar, davlat va jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlar haqidagi hikoyalari ishtirokchilarda oʻz eldoshlaridan faxrlanish tuygʻularini uygʻotdi.

Shuningdek, davra suhbatida tajribali tarix fani oʻqituvchisi Nasibaxon Matashova, maktabning amaliyotchi-psixologi Dilfuza Sultonova, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zarifboy Xoʻjaniyozovlar hozirgi zamon oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalari, oʻzbek mumtoz adabiyoti vakillarining asarlari va bu asarlarning yoshlar taʼlim-tarbiyasidagi ahamiyati xususida qimmatli fikrlar bildirdilar.

Davra suhbati qizgʻin bahs-munozaralarga ham boy boʻldi. Ijodkor yoshlar oʻzlari oʻqigan asarlar mazmun-mohiyati yuzasidan oʻzaro fikrlashib, kitobxonlikning oʻz hayotlarida tutgan oʻrni haqida toʻlqinlanib soʻzladilar.

Maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy suhbatlar qizgʻin mushoiraga ulanib ketdi. Mushoirada oʻqituvchilar ham, ijodkor oʻquvchilar ham faol ishtirok etdilar. 73-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Zaripova oʻzining qiziqarli savollari bilan, amaliyotchi-psixolog Dilfuza Sultonova oʻz ijodidan namunalar oʻqish orqali davra suhbatiga fayz bagʻishladilar.

Shundan soʻng, “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi, shoira Zuhra Ahmedova davra ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bagʻishlovchi Yangi yilni madh etuvchi sheʼrlar oʻqidi.

Tadbir davomida taniqli jurnalist, yozuvchi va shoira Robiya Yoʻldosheva ona Vatan, xalq birdamligi, doʻstlik va tinchlik, istiqlol va yoshlar kuch-qudrati madhidagi sheʼrlaridan oʻqib berdi.

Davra suhbati ishtirokchilari tumanimizda yashab ijod etayotgan taniqli ijodkorlar bilan uchrashuvdan olam-olam zavq oldilar.

Maxsus muxbirimizdan

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026