PREZIDENT SAYLOVI – EL-YuRTIMIZ FAROVON KELAJAGINI TAʼMINLAŞNING MUHIM OMILI
Şu yil 29-mart kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz tarixida ğoyat muhim ijtimoiy-siyosiy voqeadir. Zero, mamlakatimiz kelajagi, uning yanada taraqqiy topişi saylovning barça iştirokçilarining faolligi, siyosiy yetukligi va pirovard natijada saylovçilar qabul qiladigan qarorga boğliq.
Şu munosabat bilan saylovga eng yuksak taşkiliy-huquqiy va moddiy-texnik darajada tayyorgarlik köriş, uni milliy saylov qonunçiligimizda mustahkamlab qöyilgan demokratik printsiplarga töliq muvofiq holda oçiq-oşkora va adolatli tarzda ötkaziş katta ahamiyat kasb etadi. Şu maqsadda tumanimizda ham qator işlar amalga oşirildi.
Avvalo, aytiş kerakki, tumanimizda 182311 nafar aholi istiqomat qiladi. Şundan 117772 nafari ovoz beriş huquqiga ega fuqarolardir.
Saylovçilarga mumkin qadar köproq qulaylik yaratiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 1-Qoraqalpoğiston okrug saylov komissiyasi qarori bilan tuman hududida jami 58 ta saylov uçastkalari tuzildi. Saylov uçastkalarining 47 tasi umumtaʼlim maktablari, 8 tasi kasb-hunar kollejlari, 3 tasi taşkilotlar binolarida joylaşgan.
Saylov uçastkalarini taşkiliy va texnik jihatdan saylovga tayyorlaş böyiça ham barça zarur işlar öz vaqtida amalga oşirildi. Jumladan, har bir uçastka binosiga boradigan yöllarga körsatkiçlar, bino peştoqiga saylov uçastkasi raqami yozilgan peşlavhalar örnatildi. Uçastka saylov komissiyalari aʼzolari uçun xonalar ajratilib, xonalar mebel, temir seyf, telefon, faks, kompyuter, printer, televizorlar bilan taʼminlandi. Har bir uçastka davlat bayroqlari va gerblari, saylovçilar soniga qarab ikki, uç, tört xonali yaşirin ovoz beriş kabinalari, byulleten taşlaş uçun statsionar
va köçma qutilar bilan taʼminlandi.
Şuningdek, saylov uçastkalarida "Ona va bola xonalari” hamda "Tibbiyot xonalari” töliq jihozlandi. Bundan taşqari, uçastka saylov komissiyasi saylovga oid adabiyotlar, milliy saylov qonunçiligi töplamlari bilan taʼminlandi.
Xalq deputatlari tuman Kengaşining qarori bilan uçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tanlanib, 1-Qoraqalpoğiston okrug saylov
komissiyasiga tasdiqlaş uçun tavsiya etildi va okrug saylov komissiyasining qarori bilan uçastka saylov komissiyalarining tarkibi tasdiqlandi.
Uçastka saylov komissiyasi aʼzolarining huquqiy bilim saviyasini yanada oşiriş maqsadida bir neça marta öquv-seminarlari ötkazildi.
Saylovning oçiq va oşkora darajada amalga oşirilişini taʼminlaş maqsadida ovul va mahallalar hududlariga, saylov uçastkalariga, korxona, taşkilot va muassasalar binolariga hamda markaziy köçalarga çaqiruv plakatlari, bannerlar osib qöyildi.
Saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş hamda ovoz beriş kuni barça saylov uçastkalarida xavfsizlikni saqlaş, yonğin xavfsizligini taʼminlaş, issiqlik, elektr energiyasi va içimlik suvi bilan taʼminlaş, saylovçilarning röyxatini olişda uçastka saylov komissiyalariga tegişli maʼlumotlarni beriş yuzasidan tegişli muassasa, korxona va taşkilotlarga zarur topşiriqlar berildi.
Belgilangan muddatlarda barça saylov uçastkalarida saylovçilar röyxatlari maxsus stendga ilindi, hamda saylovçilarga taklifnomalar tarqatildi. Şuningdek, muddatidan oldin ovoz beriş böyiça saylov varaqalari tarqatilib, saylov kuni istiqomat joyida böliş imkoniga ega bölmagan saylovçilar muddatidan oldin ovoz berdilar.
Bir söz bilan aytganda, tumanimizda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkaziş uçun tayyorgarlik işlari belgilangan muddatlarda nihoyasiga yetkazildi va saylov uçastkalari saylovga töliq şay holga keltirildi.
Şu örinda yurtdoşlarimizni özlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda bölajak saylovlarda faol iştirok etib, özlari munosib bilgan nomzodlarga ovoz berişga çaqiramiz.
Qadrli vatandoşlar!
Unutmang,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Sizning ovozingiz muhim ahamiyatga ega. Şunday ekan, keling, yurt istiqboli va xalqimizning yoruğ kelajagiga özimizni daxldor his qilib, 29-mart kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol iştirok etaylik!
Bahodir BOLTABOYeV,
tuman hokimligi
taşkiliy-nazorat guruhi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶