Bosuv mahallasi – jinoyatçilik va huquqbuzarliklardan xoli hudud
Bugungi kunda yuksak taraqqiy etgan Yangi Özbekistonni barpo etiş yölidagi saʼy-harakatlar izçillik bilan davom ettirilmoqda. Qator sohalarda erişilayotgan yuksak marralar ozod va obod yurtimizning nufuzini oşirayapti. Bunyodkor xalqimiz öz rivojlaniş va taraqqiyot yölidan dadil odamlab, tinç, osuda turmuş keçirayapti.
Ana şunday farovon va erkin hayotimizni turli oqimlar va yovuz kuçlardan asraş, baxtiyor turmuş barqaror bölişiga erişiş bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Çunki tinçlik, osoyiştalik hukm surgan yurtda yuksaliş, taraqqiyot böladi. Şu boisdan-da globallaşuv jarayoni şiddat bilan keçayotgan bugungi davrda ogohlik va sergaklik bilan yurtimizdagi osuda hayotining bardavom bölişiga xizmat qiliş barçaning vazifasidir.
Bu boradagi Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlarga munosib hissa qöşiş maqsadida amunews.uz sayti tahririyati Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi taʼsis etgan “Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatuvçi holatlarning oldini oliş” yönalişidagi grant tanlovida “Soğlom muhit – soğlom hayot” nomli loyihasi bilan qatnaşib, ğolib böldi va ayni kunlarda mazkur loyihani muvaffaqiyatli amalga oşirib kelmoqda.
Grant loyihasi iş rejasida mahalla ahli, ayniqsa yoşlar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş, jinoyat sodir qilişga moyil, muqaddam sudlangan va jinoyat sodir qilgan şaxslar bilan işlaşiş borasida boşqalarga örnak bölayotgan ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari faoliyatini keng tarğib qiliş vazifasi ham közda tutilgan. 19-dekabr kuni tahririyat xodimlari ana şunday mahallalardan biri – Bosuv mahallasida bölib, bu borada amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi.
Aytiş joizki, uşbu mahallada 730ta xonadonda 900ta oilalar istiqomat qiladi. Özbek, qoraqalpoq, qozoq, qirğiz, rus millatiga mansub 3 ming 720 nafar aholining 1 ming 655 nafarini 30 yoşgaça bölganlar taşkil etadi.
Mahallada yoş avlodni komil insonlar qilib voyaga yetkaziş, hayotda öz örinlarini topişlari uçun ularning ilm olişlari, kasb-hunar örganişlari uçun mahalla, oila va taʼlim muassasasi örtasida mustahkam hamkorlik örnatilgan. Oilalarda dunyoga kelgan farzandlarni milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga hurmat ruhida, bir-biriga mehr-oqibatli qilib voyaga yetkazişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Taʼlim-tarbiyani bugungi kun talablari asosida olib borib, yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli qilib kamolga yetkazişga harakat qilişmoqda.
Bu haqda mahallada ötkazilgan tadbirda ham batafsil söz yuritildi. Tadbirda 26-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Hamida Ortiqova, amunews.uz sayti muxbiri – loyiha koordinatori Oygul Rajabova, hudud inspektor-psixologlari Husniddin Safarboyev, Dilşod Aminov, Bosuv mahalla fuqarolar yiğini raisi Erkin Eşmurodov, xotin-qizlar faoli Dilfuza Abdullayeva, mahalla nuroniylari Hanifa Kamolova, Qurbonboy Bobojonov, Fayzulla Şukurullayev, yoşlar vakili Şahzoda Erdoşevalar kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Sözga çiqqanlar aholi, ayniqsa yoşlar orasida jinoyatçilik, huquqbuzarliklar sodir etilişini oldini oliş borasidagi çoralarni yana ham kuçaytiriş lozimligini taʼkidladilar.
Aytiş joizki, hududdagi 26-sonli umumiy örta taʼlim maktabi tumanning eng ilğor taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. 2022-2023 öquv yilida maktabning 18 nafar bitiruvçilarining 14 nafari oliy taʼlim muassasalarining talabalari bölişdi.
Muassasada maʼmuriyat tomonidan pedagogik jamoa, öquvçilar orasida soğlom maʼnaviy muhit yaratilganligi, tuman Içki işlar bölimida faoliyat yuritayotgan inspektor-psixolog Husniddin Safarboyevning öquvçi-yoşlar bilan yaxşi iş olib borayotganligi natijasida öquvçilar orasida tartibbuzarlik, huquqbuzarlik holatlari sodir etilişining oldi olinayapti. Mahalla fuqarolar yiğini masʼullari, profilaktika inspektori iştirokida hududda tinçlik-osoyiştalik barqaror bölişi yölida tizimli işlar amalga oşirilayapti. Natijada joriy yil davomida huquqbuzarlik, jinoyatçilik holatlari sodir etilmadi. Profilaktik hisobga olingan fuqarolar, yoşlar yöq.
Ötkazilgan tadbir davomida bu boradagi işlarni yanada jonlantiriş, tumanning boşqa ovul va mahallalari örtasida ham ilğor tajribalarni keng ommalaştiriş borasida fikrlar almaşildi.
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶