ERTA TURMUŞ QURIŞNING SALBIY OQIBATLARI YuZASIDAN DAVRA SUHBATI ÖTKAZILDI
Oilalarda, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatuvçi holatlarning oldini oliş, xususan, yoşlar örtasida erta turmuş qurişning zararli jihatlari, qarindoşlar örtasidagi nikoh tufayli kelib çiqadigan jiddiy muammolarni keng jamoatçilikka tuşuntiriş maqsadida amunews.uz veb-sayti tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan “Soğlom muhit – soğlom hayot” nomli grant loyihasi doirasida mahallalarda, taʼlim-tarbiya muassasalarida mutaxassislar, köpni körgan nuroniylar va yoşlar iştirokida davra suhbatlari ötkazib kelinmoqda.
Ana şunday tarğibot tadbirlaridan biri joriy yilning 14-dekabr sanasida Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi köptarmoqli markaziy poliklinikada ham ötkazildi.
Tadbirda poliklinikaning nikohlanuvçilarni körikdan ötkaziş xonasi masʼul mutaxassislari, Tuman tibbiyot birlaşmasining Salomatlik bölimi masʼullari, şafokorlar hamda tumanning turli hududlarida istiqomat qiluvçi aholi vakillari iştirok etişdi.
Tadbirni loyiha koordinatori, jurnalist Robiya Yöldoşeva oçdi va mazkur loyihani amalga oşirişdan kutilayotgan natijalar haqida qisqaça maʼlumot berdi. Şu barobarida erta turmuş qurişning salbiy oqibatlari, yaqin qarindoşlar örtasidagi nikoh tufayli kelib çiqadigan muammolar va bu muammolarning yoş oilalar hayotiga salbiy taʼsiri xususida batafsil töxtaldi.
Şundan söng, Tuman tibbiyot birlaşmasining Salomatlik bölimi mudiri Jumaboy Yavqaşev köptarmoqli markaziy poliklinika koordinatori Alijon Örinboyev, akuşer-ginekolog şifokor Şarofat Yoqubovalar sözga çiqişib, yoşlarni turmuşga tayyorlaş, erta turmuş va yaqin qarindoşlar örtasidagi nikohning oldini oliş borasida umumiy amaliyot şifokorlari, hududlarga birkitilgan patronaj hamşiralar tomonidan amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar xususida söz yuritdilar.
Darvoqe, nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş tartibini takomillaştiriş va soğlom oilani şakllantiriş, bu boradagi davlat dasturi ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi mutaxassislari tomonidan keng qamrovli tarğibot-taşviqot işlari amalga oşirilmoqda. Xususan, köptarmoqli markaziy poliklinika huzurida nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş uçun maxsus xona ajratilgan, bu xonada doimiy ravişda nikohlanuvçi şaxslar bilan tibbiy körikning ahamiyati töğrisida suhbat ötkaziladi, ötkaziladigan tibbiy körik hajmi, qoidalari va tibbiy körikdan ötiş muddatlari haqida yoşlarga zarur maʼlumotlar beriladi.
Nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkazişda OITSga tahlil topşiriş uçun maxsus “Işonç xonasi” taşkil etilgan va mutaxassislar, tegişli asbob-anjomlar bilan taʼminlangan. OITS laboratoriyasi ham maxsus asbob-uskunalar, VIÇga test preparatlari bilan töliq taʼminlangan. Flyuorografik tekşirişlar uçun flyuorografiya uskunasi mavjud.
Nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkazişda ularni röyxatga oliş jurnali yuritiladi va bu jurnalda FHDYo organlari tomonidan tibbiy körikdan ötiş uçun berilgan yöllanma raqami, tibbiy körikdan ötiş uçun murojaat qilingan sana, tibbiy körik xulosasi va sanasi, tibbiy körikdan ötkazişga masʼul xodim imzosi va kelin-kuyov imzolari qayd qilinadi. Tibbiy körikdan ötiş uçun murojaat qilgan nikohlanuvçi şaxslarga alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, bu tibbiyot kartasida tegişli mutaxassislar va şifokorlarning tibbiy körik xulosalari qayd qilinadi. Tibbiy körikni samarali taşkil qiliş uçun ixtisoslik böyiça oliy va birinçi toifali şifokorlar va mutaxassislar biriktirilgan.
2023-yilning 11 oyi davomida 3175 ta nikohlanuvçi şaxs tibbiy körikdan ötkazilgan bölib, ulardan 14 nafarida ruhiy kasallik, 56 tasida somatik kasalliklar aniqlangan. Kasalligi aniqlangan şaxslar davolaniş uçun tegişli mutaxassislarga yönaltirilgan. Tibbiy körikdan ötgan nikohlanuvçi şaxslarning tibbiy körik natijalari, tekşirişlar xulosalari oşkora qilinmaydi, yaʼni tibbiy körik natijalari maxfiyligi saqlanadi. Muassasada tibbiy körik xulosasidan norozi bölganlar umuman yöq.
2023-yilning 11 oyi davomida tibbiy körikdan ötayotgan şaxslarga 3000 dan ortiq “Soğlom ona – soğlom bola” va “Özingizni, öz farzandingizni va oilangizni OIVdan himoya qiling” mavzusidagi bukletlar tarqatildi va buklet tarqatilgan. 3100 dan ortiq nikohlanuvçilar bilan esa yakkama-yakka suhbat ötkazildi.
Bölib ötgan tadbir davomida iştirokçilar tomonidan erta turmuş quriş oqibatida erta homiladorlik, erta tuğruq tufayli yoş onalar organizmida yuz berişi mumkin bölgan salbiy özgarişlar, baçadon va umurtqa poğonasi kasalliklari yuzasidan savollar berildi. Barça savollarga mutaxassis şifokorlar batafsil javoblar, zarur tuşunça va tavsiyalar ham berişdi. Erta nikoh va yaqin qarindoşlar orasidagi nikohning nafaqat yoş kelin-kuyovlar, balki oilalar, jamiyatimiz uçun ham jiddiy muammolarni keltirib çiqarişi xususida mutaxassislar hayotiy misollar tariqasida keng tuşunçalar berişdi.
Yangi oila quriş istagida tibbiy körikdan ötayotgan yoşlar, tumanimizning turli hududlarida istiqomat qiluvçi aholi vakillari, Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari iştirokidagi “Soğlom muhit –soğlom hayot” loyihasi doirasida bölib ötgan tadbir yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatuvi holatlarning oldini olişga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶