XALQ SOĞLOM BÖLSAGINA JAMIYaTDA YuKSAK TARAQQIYoTGA ERIŞILADI
Har kim soğligini saqlaş va malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqiga ega.
Konstitutsiyaning 48-moddasidan.
Mamlakatimizda tibbiy xizmatlar sifati va qamrovini kengaytirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu borada Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan işlar ham eʼtiborga molik.
Hozirgi kunda tumanimizda 1ta KTMP, 9ta oilaviy poliklinika, 4ta oilaviy şifokorlik punktlari tomonidan aholiga malakali tibbiy xizmat körsatib kelinmoqda, şu bilan birga aholiga tibbiy xizmat körsatişni yaqinlaştiriş maqsadida 2022-yildan 11ta mahalla tibbiyot punkti faoliyati ham yölga qöyildi.
Sir emas, avvallari birlamçi tibbiy-sanitariya muassasalarida oilaviy şifokor qabuliga kelgan aksariyat fuqarolarga dori-darmonlar retsepti yozib berilar, bu holat surunkali kasalligi bor va şoşilinç tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga, moddiy imkoniyati çeklangan oilalarga qiyinçilik tuğdirardi. Endilikda Soğlikni saqlaş vazirligining tegişli buyruğiga muvofiq, oilaviy şifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, köp tarmoqli markaziy poliklinikalar, tuman (şahar) markaziy şifoxonalarida va tuğuruqxonalarda körsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari röyxati belgilandi.
Har bir fuqaro elektron dastur orqali oilaviy şifokorga biriktiriladi va doimiy muloqotda böliş uçun imkoniyat yaratiladi; Davlat tomonidan bepul taqdim etiladigan tibbiy xizmatdan foydalanadi; Asossiz dori vositalarini tavsiya etiş va statsionarga yotişga çek qöyiladi. Natijada tibbiy xizmatlar uçun norasmiy tölovlar bartaraf etilib, fuqarolar soğlomlaştiriş dasturlari bilan töliq qamrab olinadi.
Prezidentimizning 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining soğlom ovqatlanişini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga muvofiq tuman Tibbiyot birlaşmasi mutaxassislari tomonidan tumandagi 49 OFY va MFYlarda, maktablarda, maktabgaça taʼlim taşkilotlari, korxona va taşkilotlarda haftaning duşanba kunlari “Stressga qarşi kuraş kuni” deb belgilanib, stress keltirib çiqaradigan kasalliklar prolfilaktikasi, seşanba – “Tuz va şakarni çeklaş kuni”da qandli diabetdan saqlaniş, çorşanba – “Tamakisiz kun”da çekişdan voz keçişning afzalliklari, payşanba – “Soğlom ovqatlaniş kuni”da soğlom ovqatlaniş tamoyillari töğrisida “Salomatlik saboqlari” tarzidagi suhbatlar ötkazilayotgani özining ijobiy natijasini bermoqda.
Haftaning juma va şanba kunlari esa şifokorlar doimo xalq bilan birga piyoda yuriş va “Salomatlik uçun ming qadam” tadbirlarida iştirok etişadi.
Jismoniy faollikning inson salomatligiga ijobiy taʼsiri, gipodinamiya oqibatida kelib çiqadigan kasalliklar profilaktikasi, aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoşlar örtasida sport, nafas maşqlari texnikasi, faol yurişning va jismoniy maşqlarning kasalliklarning oldini olişdagi ahamiyati, ayol-qizlar salomatligi kabi mavzularda tibbiyot birlaşmasi, OP, OŞPlar maydonçalarida, 30-sonli maktab sport zalida, OFY, MFYlar aholisi, muassasa, taşkilotlar xodimlari, maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlari öqituvçi, öquvçi va tarbiyalanuvçilari uçun gimnastrada, faol va sportça yuriş, sport musobaqalari taşkil qilinib, iştirokçilarga tegişli maslahatlar beriladi.
Şunisi eʼtiborliki, tibbiy muolajalarni sport-soğlomlaştiriş maşqlari bilan birgalikda olib boriş xalqimizga ruhiy tetiklik, kötarinki kayfiyat baxş etib, ularning salomatligi mustahkamlanişini taʼminlamoqda. TTBda esa aynan şu yönalişda muolaja çoralarini qöllaş uçun barça şaroitlarga ega fizioterapiya anjomlari, trenajyor zali, markaziy şifoxona hududida sport maşğulotlari olib boriş uçun möljallangan maxsus maydonça mavjud.
Yangilangan Konstitutsiyamizning 48-moddasida belgilab qöyilganidek, “Har kim soğligini saqlaş va malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqiga ega”. Bu borada aholi örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş uçun barça şart-şaroitlar yaratib berilgan. Zero, inson, xalq soğlom bölsagina jamiyatda yuksak taraqqiyotga erişiladi.
J.YaVKAŞEV,
TTB taşkiliy-uslubiy bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶