36-SONLI MAKTABDA “WE LOVE ENGLISH” DEB NOMLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini örganiş bugungi davrda rivojlaniş va taraqqiyotning asosiy şartlaridan biridir. Şu sababli umumtaʼlim maktablarida yoş avlodning uşbu fanga bölgan qiziqişini oşiriş, til örganişlariga imkoniyat yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Davr talabiga köra maktablarda ustoz-muallimlar interfaol, innovatsion va qiziqarli usullardan foydalanib, darslarni mazmunli ötişga, taʼlim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini olib kirib, ulardan maqsadli va töğri foydalanişga, şu orqali öquvçida çet tillarga bölgan qiziqişni oşiriş, öqitiş samaradorligini yaxşilaşga harakat qilişmoqda.
27-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 36-sonli maktabda ham “We love English” deb nomlangan tadbir ötkazildi. Tadbir boşlanişida mos tarzda bezatilgan maktab foyesida öquvçilar bilan öyin tarzidagi maşğulotlar ötkazildi. Öquvçilar ingliz va rus tili fanlaridan kerakli sözlarni topib, krossvordlar yeçişdi va özlarining uşbu fanlarni mukammal özlaştirişganini namoyon etişdi.
Maktabning ingliz va rus tillari öqituvçilari tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirda direktor örinbosarlari Sarvar Qutlimurodov hamda Bahrom Xöjamurodovlar iştirok etdilar va keçani oçib berdilar. Ular öz sözlarida sönggi yillarda yurtimizda xalq taʼlimi tizimida çet tillarini öqitişda yangi davr boşlangani, talablar, metodika özgargani, bunda ilğor pedagogik texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullardan foydalaniş talab etilişini taʼkidlab ötişdi. Maktablarda ingliz tili fani 1-sinflardan boşlab ötilayotgani, bilimga çanqoq öquvçilarning til örganişga bölgan qiziqişlarini oşiriş, ularni ingliz tilining boy olamiga olib kiriş öqituvçilardan katta mehnat talab qilişini eʼtirof etişdi.
Tadbir öquvçilarning ingliz va rus tilidagi şeʼrlari, qöşiqlari bilan davom ettirildi. Ingliz tilini mukammal örganişga harakat qilayotgan öğil-qizlar rus va ingliz tilidagi qöşiqlarga raqsga tuşişdi. Maktabning 4-sinf öquvçilari “Rain, rain go away”, 7-sinf öquvçilari “Do you want to take” qöşiqlarini kuylaşdi, 8-sinf öquvçilari “Katyuşa” qöşiğiga va ispança kuyga raqs tuşişdi. Şuningdek, maktabning 2-, 5-, 6-, 10-11-sinf öquvçilari ham tadbir davomida faol iştirok etişdi.
Mazkur maktabda rus va ingliz tili fanlari böyiça ötkazilgan diktant, inşo, ijodiy işlar tanlovlari özining ijobiy samarasini bermoqda. Oçiq dars maşğulotlari jarayonida ham asosiy eʼtibor yangi innovatsion usullardan foydalanib, öquvçilarning bilimini oşiriş, ulardagi könikmalarni rivojlantiriş, aniqlangan böşliqlarni bartaraf etişga qaratilmoqda. Ingliz tili fani öqituvçilari Xosiyat Rajabova, Rayhon Örazboyeva, Zamira Otajonova, Dildor Xolmenova, Dilnura Babaniyozova, Şahlo Iskandarova, Nilufar Şomurodova, Dilfuza Davletova, Madina Fayzullayeva, Muhtaram Habibullayevalar öquv dasturlari doirasidagi darslardan taşqari, maktab qoşida qöşimça tögarak maşğulotlari ham taşkil qilib, öquvçi-yoşlarning til örganişga bölgan qiziqişlarini yanada oşirişmoqda.
Öqituvçi va öquvçilar iştirokida ötkazilgan “We love English” nomli tadbir nihoyatda qiziqarli ötdi. Öquvçilar darslardagi samaradorlik natijasini, özlarining özlaştiriş darajalarini, xorijiy tillarni örganişga bölgan intilişlarini tadbir davomida yaqqol körsatdilar.
Rayhon Örozboyeva, 36-sonli maktabning ingliz tili fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶