ILĞOR TERIMÇILAR RAĞBATLANTIRILDI
Amudaryo tumanida joriy yilgi paxta terimi mavsumi qizğin davom etmoqda. Fermer xöjaliklari pudratçilari va terimda ularga yaqin kömakdoş bölayotgan uyuşmagan aholi vakillari dalalarda yetiştirilgan hosilni yoğin-soçinli kunlarga qoldirmay, yiğib-terib olişga va oilalariga qöşimça daromad keltirişga astoydil harakat qilişmoqda.
Kuzning iliq kunlaridan unumli foydalangan holda paxta hosilini nest-nobud qilmasdan yiğib oliş muhim masalalardan biri hisoblanadi. Buning uçun tumanning barça hududlarida ham jiddiy tayyorgarlik körildi va paxta terimiga sentyabr oyi boşlaridanoq uyuşqoqlik bilan kirişildi.
Toşyop ovulidagi Jangil Dusanova rahbarlik qilayotgan “Ozodov Musobek” fermer xöjaligida tumanda birinçilardan bölib paxta yiğim-terimiga kirişilgan edi. Xöjalikda 57 gektar maydonda paxta yetiştirildi. Bugunga kelib uşbu dalalardan 177 tonnadan ziyod paxta terib olindi. Terimçilar bir kunda 6-8 tonna hosil terib olişib, tumanning “oq oltin” xirmoni yuksalişiga munosib hissa qöşişmoqda.
Mazkur fermer xöjalik masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxta -töqimaçilik klasteri bilan jami 200 tonna paxta topşiriş şartnomasini tuzgan. Uşbu şartnoma yaqin kunlarda ado etiladi. Şu maqsadda terim surʼati kun sayin oşirilmoqda.
Aytiş joizki, tumandagi barça fermer xöjaliklarning texnika taʼminoti yaxşilanib, çigit ekiş işlari zamonaviy seyalkalar yordamida amalga oşirilgani, dalalar öz vaqtida ekişga tayyorlanib, tobida çigit ekilgani bugungi möl hosilning asosi böldi. Suvdan oqilona foydalanilgani, mineral öğitlar bilan öz vaqtida işlov berilgani natijasida hamda dehqonlarning fidokorona mehnati evaziga dalalarda möl hosil töplanişiga erişildi.
Tumanda 2023-yil paxta yiğim-terimini optimal muddatlarda amalga oşiriş maqsadida çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilgan edi. Şunga köra 310ta terim otryadi taşkil qilinib, ularga tajribali mutaxassislardan iborat rahbarlar tayinlandi.
Otryadlarga paxta-töqimaçilik klasteri va fermer xöjaliklarining jami 25 ming 682 nafar terimçilari, har bir otryadga örtaça 82 nafar terimçidan jalb qilindi. Şuningdek terimçilarga öz vaqtida terim pullarini berib boriş maqsadida bank xodimlari biriktirilgan.
Yiğim-terim tobora qizğin pallaga kirayotgan ayni paytda dala mehnatkaşlari uçun qulay iş va dam oliş şaroiti yaratilgani “Ozodov Musobek” fermer xöjaligi terimçilariga ham ğanimat kunlardan unumli foydalangan holda samarali mehnat qiliş imkonini bermoqda.
Paxta yiğim-terimi surʼatini oşiriş va terimçilarni rağbatlantiriş maqsadida mazkur fermer xöjaligidagi ilğor terimçilar 4-sektor rahbariyati va fuqarolar yiğini tomonidan rağbatlantirildi.
4-sektor rahbari hamda Toşyop ovul fuqarolar yiğini raisi paxtakorlarga kuç-ğayrat tilab, ilğor terimçilar – Nodira Haytboyeva, Sayyora Yöldoşeva,Feruza Qurbonboyeva, Navbahor Jabborberganova, Gulnoza Yöldoşeva, Şirin Xudoyberganova, Boğdagul Kamolova, Rabiga Sobirovalarga qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Şu kuni paxta terimçilar uçun dala boşida oş tortilib, sanʼatkorlar ijrosida kontsert dasturi namoyiş etildi.
Sevara Ismoilova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶