Jöqorği Kenges Raisi qiliçboylik faollar bilan uçraşdi
11-sentyabr kuni Qoraqaloğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanining Qiliçboy ovulida mahalla faollari, köçaboşçilari va nuroniy oqsoqollari bilan uçraşdi.
Taʼkidlaş joizki, bugungi kunda olis hududlarni obodonlaştiriş işlari Respublika böyiça keng miqyosda davom etmoqda.
Taxtaköpirdagi “Beltau”, Qoraözakdagi “Qaraözek”, Törtköldagi “Qumbasqan” ovullaridan tortib, Nukus şahridagi şaroiti oğir mahallalarda ham bunday çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Uçraşuvda şunday tadbirlarning davomi sifatida Amudaryo tumanidagi mahallalarni keng kölamda obodonlaştiriş, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga har tomonlama yeçim topiş çoralari Qiliçboy mahallasidan boşlanişi aytib ötildi.
Şuningdek, Osiyo taraqqiyot banki mablağlari evazidan amalga oşiriladigan dastur böyiça Qiliçboy suv taqsimlaş qurilmasini rekonstruktsiya qiliş hamda Qiliçboy, Ayoqçi, Xizr eli ovul va mahallalari hududida jami 40 km. uzunlikdagi köçalarga suv tarmoğini tortiş işlarini jadallaştiriş böyiça masʼullarga topşiriqlar berildi.
Öz navbatida mahalla faollari va nuroniylar Prezidentimizning topşiriğiga binoan ovulga qaratilayotgan alohida eʼtibor uçun, hudud ahlining farovon turmuş keçirişiga munosib şaroit yaratilayotgani uçun minnatdorçilik izhor etdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶