SAYYoR QABULLAR – AHOLI MUROJAATLARI BILAN IŞLAŞDA SAMARALI USUL
Aholi murojaatlari bilan işlaş, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlaş va tezkor yeçim topişda respublikamizning barça hududlarida ötkazilayotgan sayyor qabullarning ahamiyati katta. Uşbu samarali usulning yölga qöyilgani, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilayotgani aholining ertagi kunga işonçini mustahkamlamoqda.
Amudaryo tumanida ham Prezident Qabulxonasi, sektorlar rahbarlari iştirokida reja asosida barça hududlarda sayyor qabullar taşkil etilib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar ötkazilayotir.
10-sentyabr kuni Manğit şahridagi Olmazor, Gulzor, Oybek nomli mahallalar aholisi hayoti bilan tanişiş, ularni qiynayotgan muammolarga yeçim topiş maqsadida 1-sektor masʼullari va tumandagi Prezident qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovning sayyor qabuli bölib ötdi.
Tadbirda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova, tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, Olmazor, Gulzor, Oybek nomli mahallalar fuqarolar yiğinlari raislari, hokim yordamçilari, xotin-qizlar faollari, yoşlar yetakçilari, profilaktika inspektorlari, tumandagi korxonalar, taşkilotlar rahbarlari, banklar boşqaruvçilari va mahallalardan 30 nafardan ziyod fuqarolar iştirok etdilar.
Tadbirda dastlab mahallalarda hokim yordamçilari, yoşlar yetakçisi, xotin-qizlar faoli lavozimlari joriy etilganligi aholi bilan işlaş, mavjud muammolarni aniqlaşda va bartaraf etişda juda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
Joriy yilning özida yangi iş örinlarini yaratiş, aholini tadbirkorlikka jalb qiliş va doimiy daromadga ega bölişlari uçun mazkur mahallalarda ham öndan ziyod tadbirkorlik subʼektlari taşkil etildi, kam taʼminlangan ehtiyojmand oilalar qöllab-quvvatlandi, ayrim işsiz yoşlar tadbirkorlikka, kasb-hunarga öqitilib, faoliyatini boşlaşlari uçun kreditlar ajratildi.
Şu kuni sayyor qabul davomida 10 nafar fuqarolar turli muammolar yuzasidan murojaat qildilar. 10ta murojaatning 2tasi yaʼni Oybek nomli mahallada istiqomat qiluvçi fuqaroning yaşaş hovlisi oldidagi elektr liniyasi ötgan yoğoç ustun çirib, atrofdagilarga xavf solayotgani xususidagi, Gulzor mahallada yaşovçi fuqaroning hovlisi oldidagi yaşil hududga ekilgan daraxtlar elektr simiga tegib, xavfli vaziyat yuzaga kelgani xususidagi murojaatlari böyiça soha masʼullariga muammolarni hal etiş topşirildi.
Qolgan 8ta – bankdan kredit oliş, köçalarning içki yöllarini taʼmirlaş va bolalar maydonçasi quriş kabi murojaatlar ham hal etiş uçun nazoratga olindi. Şuningdek, masʼullar tomonidan aholini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javoblar berildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶