Amunews.uz veb-sayti tahririyati tomonidan Böz solma MFY qoşida yangi kutubxona taşkil qilindi
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan amunews.uz veb-sayti tahririyatining Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasida köplab tadbirlar ötkazilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi – internetdagi veb-saytda, ijtimoiy tarmoqlarda maqolalar eʼlon qiliş, faol va intiluvçan yoşlarni tengdoşlariga örnak qilib körsatiş, tuşuntiriş, tarğibot işlarini olib boriş orqali mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatuvçi holatlarning, aholi, ayniqsa yoşlar orasida öz joniga qasd qiliş, giyohvandlik, erta turmuş quriş kabi illatlarning oldini olişdan iboratdir.
Şuningdek, mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, yoşlarni har tomonlama barkamol avlod qilib voyaga yetkaziş işlarida davlat organlari bilan ijtimoiy şeriklikni kuçaytiriş, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, aholini kitobxonlikka jalb qiliş, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qiliş maqsadida tumanning eng çekka ovullarida kutubxona oçiş işlari ham loyiha doirasida közda tutilgan.
Mazkur loyihaning iş rejasiga asosan Prezidentimizning yoşlar taʼlim-tarbiyasi uçun qöşimça şaroitlar yaratiş, xotin-qizlar bandligini oşirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni öz içiga olgan 5ta taşabbusni amaliyotga joriy etiş, yoşlarning dunyoqaraşini va maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularni yot ğoya va illatlardan işonçli himoya qiliş, yoşlar örtasida kitobxonlikni yanada ommalaştiriş maqsadida tumanning eng çekka ovullaridan biri – Böz solma mahalla fuqarolar yiğini qoşida yangi kutubxona taşkil qilindi.
Mazkur kutubxonaga turli janrlardagi adabiyotlar tahririyat tomonidan sovğa qilindi. Kutubxona fondidan joy olgan şeʼriyat, nazm, mumtoz adabiyotlar, çet el adabiyoti, bolalar adabiyoti, detektiv janrlardagi adabiyotlar, darslik, qöllanmalar, tibbiyot kitoblari, odobnoma kitoblari qişloq ahlining maʼnaviy-madaniy turmuşi yanada rivojlanişiga muhim asos böla oladi.
Yangi kutubxonaning oçilişi qişloq ahlining ulkan quvonçiga sabab böldi. Tadbirda 70-sonli maktabning psixologi Muhayyo Örinboyeva, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining raisi Örozali Reyimov, mehnat faxriylaridan Xolmurod Xaytimbetov, Bibijon Rahimova, öqituvçi Gulimboy Yusupov, Bözsolma fuqarolar yiğini raisi Bahodir Matyaqubovlar sözga çiqib, yangidan oçilgan kutubxona qişloq ahli hayotida muhim maʼnaviy rol öynaşini taʼkidladilar.
Mehnat faxriysi Xolmurod Haytimbetov ham öz şaxsiy hisobidan yangi kutubxonaga badiiy adabiyotlar sovğa qildi.
Aytiş joizki, loyiha doirasidagi vazifalarni amalga oşiriş orqali hududlarda yuz berayotgan salbiy holatlarning oldini olişda davlat organlari bilan ommaviy axborot vositalarining mustahkam ijtimoiy şerikligini yölga qöyiş, turli mavzularda internatdagi veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali maqolalar, ijtimoiy roliklar eʼlon qiliş közda tutilgan.
Yil davomida loyiha doirasida ötkaziladigan tadbirlarga tumanning 10 mingdan ortiq yoşlari qamrab olinadi.
Yangi kutubxonaning oçiliş marosimi iştirokçilari kitoblarni katta qiziqiş bilan körib çiqdilar. Şu kunning özidayoq mahalla yoşlari kutubxonaga aʼzo bölib, kitob mutolaasini boşlab yuborişdi. Kutubxonada bolalar adabiyotiga oid kitoblarning köpligi qişloqdagi maktab öquvçilarida katta qiziqiş uyğotdi.
Qişloq ahli nodavlat notijorat taşkilotining çekka hududlarda yaşovçilar uçun körsatayotgan bunday hurmat-eʼtiboridan çeksiz minnatdor böldilar.
Şunisi eʼtiborliki, ötgan yillar mobaynida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti, “Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalari hamda Amudaryo televideniyesi tahririyatlari tomonidan tumanning Qangli, Kuyuk köpir, Dörman ovul fuqarolar yiğinlari, Qipçoq şaharça va Gulzor mahalla fuqarolar yiğinlari qoşida ham kutubxonalar taşkil qilingan edi.
Mazkur yönalişdagi xayrli işlar kelgusida ham davom ettiriladi.
Örozali REYIMOV

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶