ÖTKIR IÇAK KASALLIGIDAN EHTIYoT BÖLING!
Ötkir içak infektsiyalari – patogen enterobakteriyalar, şartli patogen qözğatuvçilar va viruslar çaqiradigan oşqozon-içak traktining jarohatlanişi, intoksikatsiya va degidratatsiya hamda turli asoratlar bilan keçadigan kasalliklardir.
Ulardan bakterial dizenteriya, yaʼni şigellyoz – asosan yöğon içakning yalliğlanişi bilan keçadigan ötkir va baʼzan surunkali davom etadigan yuqumli kasallikdir. Dizenteriya kasalligining qözğatuvçisi enterobakteriya avlodiga mansub bölgan şigellalar bölib, ularning Disenteria, Flexner, Boydi va Zonnae turlari farqlanadi. Uşbu qözğatuvçilar morfologik jihatdan bir-biridan farq qilmaydi, harakatsiz, spora hosil qilmaydi, grammanfiy bölib, bir-biridan bioximik va serologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Kasallikning yuqiş mexanizmi fekal-oral bölib, suv, maişiy muloqot yöli orqali yuqadi.
Kasallik yil davomida qayd etiladi, mavsumiy kötarilişi may-iyun oylariga, kamayişi oktyabr-noyabr oylariga töğri keladi. Ötkir içak kasalliklariga gumon qilingan bemorlarni aniqlaş – davolaş-profilaktika muassasalar şifokorlari tomonidan tibbiy körik vaqtida, uyma-uy yurişda, dispan-serizatsiyaning barça bosqiçlarida amalga oşiriladi. Epidemiologik anamnez, kasallikning klinik belgilari va laboratoriya xulosalariga asosan kasallikka taşxis qöyiladi.
Maʼlum bir hududda ötkir yuqumli içak kasalliklari körsatkiçlarining kötarilişi epidemiologik ahamiyatga ega bölgan obʼektlarda yöl qöyilgan kamçiliklarni aniqlanişni taqozo etadi. Tekşiruvga kiritilgan kontingentlar va tekşiruvlar hajmi vraç-epidemiolog tomonidan belgilanadi. Maʼlum bir korxona tomonidan işlab çiqilgan mahsulotga boğliq bölgan ötkir içak kasalliklari qayd etilganda, belgilangan tartibda faoliyati töxtatiladi, barça işçilarning 2 marotabadan bakteriologik tekşiruvdan ötişi tayinlanadi va töliq klinik tekşiruvlar taşkil qilinadi.
Agar bolalarning ham ötkir içak kasalliklariga şikoyati bölsa, zudlik bilan alohidalanadi. Bolaning içi suyuq kelgan bölsa, qayt qiliş holatlari kuzatilgan bölsa, undan laboratoriya tekşiruvi uçun tahlil olinadi. Bolani davolaş va uni kuzatiş hududiy vraç-pediatr yoki infektsionist tomonidan amalga oşiriladi.
Kasallik asosan zararlangan oziq-ovqat, suv, kundalik işlatiladigan buyumlardan yuqişi mumkin. Şuning uçun uşbu kasallik tarqoq, guruhli tarzda va epidemiya, kamdan-kam hollarda kasallik epidemik va pandemik holatlarda qayd etiladi. Oğir oqibatlarga olib keluvçi ötkir içak kasalligidan himoyalaniş uçun, albatta, tozalik va gigiyena qoidalariga amal qiliş kerak.
M.Qalandarova, tuman SEO va JSB bakteriologiya
laboratoriyasi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶