16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:24
Jamiyat 👁 278

BOYOVUL MAHALLASIDA ISTIQLOL ShUKUHI

BOYOVUL MAHALLASIDA ISTIQLOL ShUKUHI

Istiqlolimizning 32 yillik tantanasi yaqinlashayotgan ayni kunlarda mustaqil yurtimiz aro bayram shukuhi kezmoqda. Xalqimiz uchun aziz va qadrli boʻlgan Mustaqillik shunday ulugʻ neʼmatki, u oʻzimiz va oʻzligimizni, milliy anʼana va qadriyatlarimizni anglash imkonini berdi. U tufayli oʻzligimizga qaytib, milliy davlatchiligimiz, boy tariximiz va maʼnaviyatimiz, asosiysi, haq-huquq va qadr-qimmatga ega boʻldik. Diyorimizning har bir goʻshasidagi oʻzgarishlar, bunyodkorliklar, obodlik va farovonliklar hammasi mustaqillik bergan imkoniyatlar mevasidir.

Bayram yaqinlashayotgan ayni kunlarda har bir mahalladagi xonadonlardan tortib, taʼlim muassasalari, tashkilot va korxonalarda Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligini munosib kutib olinayotgani, bunda ularga “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori yanada koʻtarinkilik baxsh etayotganini koʻrish mumkin.

17-avgust kuni Boyovul mahallasidagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi hovlisida fuqarolar yigʻini masʼullari va koʻchaboshchi ayollar tomonidan tashkil etilgan ”Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Soburova hamda fuqarolar yigʻini masʼullari, koʻchaboshchi va faol ayollar, mahalla aholisi, 16-sonli maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirga tashrif buyurganlar mahallada yashovchi hunarmandlarning qoʻl mehnatlari namunalaridan tashkil qilingan koʻrgazmani tomosha qildilar. Koʻrgazmaga qoʻyilgan milliy va zamonaviy ayollar liboslari, quroq koʻrpacha va yostiq jildlari, yumshoq oʻyinchoqlar, rangli iplardan toʻqilgan turfa gullar, uy-roʻzgʻor buyumlari, temirchilik mahsulotlari mehmonlarga nihoyatda manzur boʻldi.

Ochiq dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tadbirini fuqarolar yigʻini raisi Erkin Husainov ochib berdi va barchani mustaqillik bayrami bilan qizgʻin qutladi. Shuningdek, tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Soburova va mahallaning yoshi ulugʻ nuroniylari ham soʻzga chiqib, istiqlol bergan neʼmatlar, imkoniyatlar haqida soʻz yuritdilar. Tumanimizda bugun yoshlarimiz barcha sharoitlar yaratilgan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya olishayotgani, koʻplab oilalar oʻzining zamonaviy tipdagi hovlisi, uy-joyi, yurtimizda ishlab chiqilgan yengil avtomashinasiga egaligini, mahallalarda tinchlik va totuvlik hukmronligi, xursandchilik, toʻy-tantana va bayramlar avjidaligi, bularning barchasi, mustaqillikning bizga bergan ulugʻ neʼmati ekanligini faxru-iftixor bilan soʻzlab oʻtishdi.

Shundan soʻng, 16-sonli maktab va mahallaning faol ayollari ishtirokida tayyorlangan bayram tomoshalariga navbat berildi. Ayollar sahna koʻrinishlarida milliy urf-odatlarimizga koʻra qiz tanlash, sovchi kutish, qiz uzatish kabi marosimlarni chiroyli tarzda ifodalab berishdi. Onaxonlar oʻz ijrolari orqali azaldan kelin-kuyov tanlash ota-onaning vazifasi hisoblangani, avval boʻlgʻusi kelin tanlanishi, bunda yoshlarning yulduzi toʻgʻri kelish-kelmasligi, qizning nasl-nasabi surishtirilishi, qiz topilgach, uning uyiga sovchilikka borilishini, toʻy marosimlarida keksa yoshli, baʼmani nuroniylar ishtiroki, ularning bosh boʻlishi zarur va oʻta muhim hisoblanishini koʻrsatib berishdi.

Kayvoni, gapga chechan onaxonlar ijrosidagi “Yor-yor” va “Kelin salom”lar, asrlar osha davom etib kelayotgan udumlarimiz ham yoshlarga nihoyatda manzur boʻldi. Dutorchi qiz Shohinur Madaminova chalgan kuy-navolar, oʻquvchi-qizlarning dilrabo raqslari bayram ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Mehmonlar bayram dasturxonidagi turli noz-neʼmatlar, milliy taomlardan tatib, shunday dorilomon kunlarga yetkazganiga shukronalar aytishdi, mustaqilligimiz abadiy boʻlishini tilab, duolar qilishdi.

Qiziqarli oʻtgan tadbir butun mahalla ahliga bayramona ruh, koʻtarinkilik baxsh etdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026