ÖQITUVÇILAR OILASINING MUNOSIB VORISI
Dunyo tarixiga nazar solsangiz, eng rivojlangan davlatlar taraqqiyotiga taʼlim-tarbiya tizimiga yuksak eʼtibor qaratilgani sabab bölganini köramiz.
Ha, yurt osoyiştaligi, avlodlar barkamolligi ustoz-muallimlarning mahoratiga, taʼlim- tarbiyasi samarasiga boğliq. Zero murğak qalblarga ezgulik uruğini soçadigan, oilasiga, döstlariga, ona yurtiga muhabbat hissini tarbiyalaydigan, ilmga havas uyğotadigan tabarruk insonlar öqituvçilar.
Amudaryo tumanidagi 16-sonli maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Rahimajon Safarboyeva ana şunday möʼtabar kasbni tanlab, şu tufayli şaraf topayotganlarning biri.
Uning muallimlik kasbini tanlagani bejiz emas. Çunki u öqituvçilar oilasida dunyoga kelib, yoş avlodga mehr-muhabbatni, ularni ilm-maʼrifatli qiliş yölidagi fidoyilikni ota-onasidan örgandi, otasi Sobir aka Safarboyev, elning eʼzozli nuroniy onaxonlaridan biriga aylangan Gulora Eşimbetovalar bir umr 16-sonli maktabda öqituvçilik qilişdi. Ulardan ibrat olgan farzandlar ham zaxmatlaridan çöçimay, ustozlik yölini tanlaşdi, Rahimajondan taşqari akasi Azimboy, singillari Dilfuza, Dilşodalar ham bugungi kunda mahoratli va taniqli ustozlar bölib yetişdilar.
Rahimajon Safarboyeva 1991-yilda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika instituti (hozirgi şu nomdagi Universitet)ni matematika-informatika öqituvçisi ixtisosligi böyiça tamomlab, 36-sonli maktabda ilk öqituvçilik faoliyatini boşladi. 1994-yildan 2016-yilgaça 16-sonli maktabda öquvçilarga matematika-informatikadan dars berdi. 2016-yildan beri esa şu maktabda maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari vazifasini aʼlo darajada uddalab kelayotir. U maktab öqituvçilar jamoasida soğlom maʼnaviy muhit yaratib, ularning faoliyati samarali bölişiga intiladi.
Maktab – muqaddas dargoh, u yerda kelajagimiz egalari kamolga yetadi. Ularni yuksak iqtidorli, salohiyatli qilib voyaga yetkazişda öqituvçilar, ayniqsa, maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça direktor örinbosari saʼy-harakatlari ham juda muhim. Buni çuqur his etgan Rahimajon öquvçilar bilan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar, davra suhbatlari ötkazadi, “Beş muhim taşabbus” doirasidagi va fan tögaraklari faoliyatini nazorat qiladi, öquvçilar orasidagi intellektual salohiyatli va iqtidorlilari bilan öqituvçilarning alohida ham şuğullanişiga şaroit yaratadi. Natijada erişilayotgan natijalar biri-biridan quvonarli.
Bu borada gap ketganida maktab öqituvçilar jamoasi haqida aytib ötiş örinli. Maktabning 17 nafar öqituvçilari turli toifadagi milliy, xalqaro sertifikatlar sohibi, köpçiligi oliy toifali.
Ular taʼlim-tarbiya bergan, 2021-2022 öquv yilida maktabni tugatgan 75 nafar bitiruvçilarning 25 foizi turli oliygohlar talabalari bölişdi. Joriy yilda 93 nafar bitiruvçilarning oliygohga kiriş test sinovlarida imtiyoz beruvçi milliy, xalqaro sertifikatlarni himoya qilib olganlari bor. Bu yilgi bitiruvçilarning oliygohlarga kiriş körsatkiçlari oşişi kutilmoqda.
Buningdek yutuqlarda maʼnaviyat fidoyisi Rahimajon Safarboyevaning ham munosib hissalari bor.
Biz uning kelgusi işlariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶